A.X.Saidov. -2-nashr. –T.: Adolat, 2013. -B.229-230
113
jarayonda xalqaro hukumatlararo tashkilotlar bilan bir qatorda xalqaro nohukumat
tashkilotlarining roli va ahamiyati ham oshib bormoqda. Shu nuqtai nazardan
ushbu tashkilotlarga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Chunki, ular xalqaro-
maydonga an’anaviy xalqaro hukumatlararo tashkilotlar bilan bir qatorda xalqaro
munosabatlarning faol aktorlari (ishtirokchilari) sifatida chiqmoqda. Bu
tashkilotlarning xalqaro-maydondagi ta’sirini kuchayib borishi, davlatlar bilan
hamkorligi k ngayib borishi va davlatlararo hamkorlikdagi masalalarni xal etishda,
ba’zida muhim rolni o‘ynashi, albatta bu tashkilotlarni ahamiyatini oshib
borayotganini ko‘rsatadi.
Xalqaro nohukumat tashkilot (XNHT) – bu muayyan maqsadlarga va ularga
erishishning o‘rnatilgan shakllariga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxslarning
assotsiatsiyasi yoki f
ratsiyasidir.
BMT Bosh Assambl yasining 1968-yil 23-maydagi 1296 (XIV)
zolyutsiyasiga muvofiq, xalqaro nohukumat tashkiloti (XNHT) – bu
hukumatlararo bitimlar asosida ta’sis etilmagan har qanday xalqaro tashkilotdir.
BMT Iqtisodiy va ijtimoiy k ngashi (EKOSOS)ning 1996-yil 25-iyuldagi 1996/31
zolyutsiyasiga asosan XNHT – bu xalqaro hukumatlararo shartnoma asosida
tashkil topmagan va tijorat maqsadlarida foyda olishni ko‘zlamagan har qanday
nohukumat tashkilotdir.
Xalqaro nohukumat tashkilotlari – hukumatlararo bitimlar asosida emas,
balki bitta davlatning milliy qonunchiligiga muvofiq ro‘yhatdan o‘tkazilgan ta’sis
hujjatlariga asosan tashkil etiladigan, o‘z faoliyatida foyda olishni va tijorat
maqsadlarini ko‘zlamaydigan va ikkitadan kam bo‘lmagan davlatlar hududida
faoliyat olib boradigan va o‘z faoliyatida BMT Ustavi ruhi va prinsiplariga hamda
xalqaro huquq normalariga muvofiq k luvchi yagona ichki maqsad yo‘lida
birlashishni maqsad qilib olgan dunyoning turli mamlakatlarining jamoatchiligi
vakillarini birlashtirgan tashkiliy shakldir
112
.
112
Xalqaro nohukumat tashkilotlarining huquqiy maqomi bo‘yicha batafsil ma’lumot uchun qarang:
Mo‘minov A.
Xalqaro tashkilotlar huquqi shakllanishining nazariy masalalari. –T.: JIDU, 2013.
114
mak, xalqaro nohukumat (yoki O‘zb kiston qonunchiligi bo‘yicha nodavlat
notijorat) tashkilotlarning huquqiy maqomi, milliy darajadagi nohukumat
tashkilotlari kabi milliy qonunchilikka asoslanadi.
Jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy maqomi va faoliyatini
huquqiy tartibga solish sohasida asosiy qonunlardan biri, 1999-yil 14 apr lda qabul
qilingan O‘zb kiston R spublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari
to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasiga ko‘ra,
Do'stlaringiz bilan baham: