Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 12-avgustda qabul qilingan
nat tomonidan 2010-yil 28-avgustda ma’qullangan
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va
huquqbuzarliklarning profilaktikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan
iborat.
2-modda. Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va
huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning
profilaktikasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun hamda boshqa qonun
hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zb kiston R spublikasining xalqaro shartnomasida O‘zb kiston
spublikasining voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va
huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda
tutilganidan boshqacha qoidalar b lgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari
qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |