9-modda. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar
Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar o‘z vakolatlari doirasida:
voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning
profilaktikasi, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya
qilinishini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik, huquqbuzarliklar va boshqa
g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarning profilaktikasi, ularning huquqlari, erkinliklari va
qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha kompl ks tadbirlarni
ishlab chiqadi, shuningd k ushbu tadbirlarning ro‘yobga chiqarilishi ustidan
nazoratni amalga oshiradi;
voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning
profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalarning faoliyatini
muvofiqlashtirib boradi;
voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari
himoya qilinishini ta’minlash sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini
ishlab chiqishda ishtirok etadi;
voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning
profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalarning ijobiy ish
tajribalarini umumlashtiradi va ommalashtiradi, ularga tashkiliy-uslubiy yordam
ko‘rsatadi;
voyaga yetmaganlar, p dagogik jamoalar va jamoatchilik o‘rtasida huquqiy
targ‘ibotni olib boradi;
voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning
profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalarda voyaga
yetmaganlarni saqlash, tarbiyalash va ularga ta’lim b rish sharoitlarini nazorat
qiladi;
voyaga yetmaganlarni ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalariga
joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan, shuningd k qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan boshqa masalalar bo‘yicha sudga murojaat qiladi;
ta’lim muassasalarining voyaga yetmaganlarni mazkur muassasalardan
chiqarish to‘g‘risidagi iltimosnomalarini ko‘rib chiqadi;
voyaga yetmaganlarning, ularning ota-onasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi
shaxslarning, shuningd k boshqa shaxslarning voyaga yetmaganlarning huquqlari,
erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bog‘liq shikoyatlari va
arizalarini ko‘rib chiqadi;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki ixtisoslashtirilgan o‘quv-
tarbiya muassasalaridan qaytib k lgan voyaga yetmaganlarga ishga joylashish va
479
turmushini yo‘lga qo‘yishda yordam ko‘rsatadi, davlatning ijtimoiy yordamiga
muhtoj bo‘lgan voyaga yetmaganlarni joylashtirish shakllarini b lgilashda
ko‘maklashadi;
huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etgan
voyaga yetmaganlarni qayta tarbiyalashda ota-onaga yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi
shaxslarga yordam b rish uchun zarur tayyorgarlikka, hayotiy tajribaga yoki
bolalar bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lgan fuqarolarni ularning roziligi bilan jalb
qiladi;
o‘z majlislariga mansabdor shaxslar, mutaxassislar va boshqa shaxslarni
ko‘rilayotgan masalalar yuzasidan axborot hamda tushuntirishlar olish uchun taklif
qiladi;
voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari
buzilishini bartaraf etish, tarbiya-profilaktika faoliyatini yaxshilash maqsadida
davlat organlari va boshqa tashkilotlarga taqdimnomalar kiritadi;
voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari
buzilganligi hollari to‘g‘risida prokuratura organlariga xabarlar yuboradi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslari voyaga
yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalarning qarorlarini bajarmagan, shuningd k
voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalarning voyaga yetmaganlarning
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishini bartaraf etishga doir
taqdimnomalarida ko‘rsatilgan choralarni ko‘rmagan hollarda, ularni javobgarlikka
tortish to‘g‘risida t gishli davlat organlari va boshqa tashkilotlarga takliflar
kiritadi;
voyaga yetmaganlar, ularning ota-onasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi
shaxslarga nisbatan ta’sir choralarini b lgilangan tartibda qo‘llaydi.
Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalarning tashkil etilishi va
faoliyat ko‘rsatishi tartibi O‘zb kiston R spublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan b lgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |