27-modda. Ota-onalik huquqidan mahrum qilinmagan
ota-onasi bo‘lgan voyaga yetmaganga vasiy yoki homiy tayinlash
Ota-onalik huquqidan mahrum qilinmagan ota-onasi bo‘lgan voyaga
yetmaganga vasiy yoki homiy, agar ota-onasi bilan turishi ushbu shaxsning
qonuniy manfaatlariga javob b rmasligi hamda uning hayoti yoki sog‘lig‘i uchun
vosita tahdid mavjudligi vasiylik va homiylik organi tomonidan aniqlansa,
tayinlanishi mumkin.
Voyaga yetmagan vasiylikda yoki homiylikda bo‘lgan davrda vasiylik va
homiylik organi uning oilasini ijtimoiy-p dagogik jihatdan r abilitatsiya qilish
hamda voyaga yetmaganni oilasiga qaytarish masalalari bo‘yicha, agar bu uning
qonuniy manfaatlariga zid bo‘lmasa, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim
muassasalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat
tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |