YuRIDIK AHAMIYaTGA EGA HUJJATLARNING QONUN HUJJATLARIGA MUVOFIQ EMASLIGI TO‘G‘RISIDA HUQUQIY XULOSA
1. Loyihaning turi va soni
Shartnoma
2. Loyihaning nomi
2012 yil 20.02 dagi 7-sonli mehnat shartnomasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida kelishuv №7/1
3. Loyiha ishlab chiquvchisi va kiritilgan sana haqidagi ma’lumot
Buvayda tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 2022-yil 4-aprel kuni Buvayda tuman Yuridik xizmat ko’rsatish markaziga “E-huquqshunos” tizimi orqali 2012 yil 20.02 dagi 7-sonli mehnat shartnomasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida kelishuv №7/1 loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va xulosa berishlik uchun kelib tushgan.
Mazkur buyruq loyihasini o‘rganish davomida quyidagilar aniqlandi:
O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 234-moddasiga ko’ra Homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin ayolning xohishiga ko‘ra, unga bolasi ikki yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ta’til berilib, bu davrda qonunchilikda belgilangan tartibda nafaqa to‘lanadi.
Ayolga, uning xohishiga ko‘ra, bolasi uch yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ish haqi saqlanmaydigan qo‘shimcha ta’til ham beriladi.
Bolani parvarishlash uchun beriladigan ta’tillardan bolaning otasi, buvisi, buvasi yoki bolani amalda parvarishlayotgan boshqa qarindoshlari ham to‘liq yoki uni qismlarga bo‘lib foydalanishlari mumkin.
Ayol yoki ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar o‘z xohishlariga ko‘ra, bolani parvarishlash ta’tili davrida to‘liq bo‘lmagan ish vaqti rejimida yoki ish beruvchi bilan kelishib, uyda ishlashlari mumkin. Bunda ularning nafaqa olish huquqlari (ushbu moddaning birinchi qismi) saqlanib qoladi.
Bolani parvarishlash ta’tillari davrida ayolning ish joyi (lavozimi) saqlanadi, deyilgan.
Xodim arizasida o'z ish joyiga qaytarishni so'ragan. Mazkur Qo'shimcha kelishuvda mehnat qonunchiligiga zid hisoblanadi. Xodim bola ta'tilidan qaytishda hech qanday Qo'shimcha kelishuv tuzilmaydi va buyruq chiqarilmaydi. Shuningdek Mehnat qonunchiligida ishga tushishga ruxsat berish to‘g‘risida buyruq chiqarish nazarda tutilmagan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish natijalariga ko‘ra
XULOSA QILAMAN:
Buvayda tuman Buvayda tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 2012 yil 20.02 dagi 7-sonli mehnat shartnomasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida kelishuv №7/1 loyihasi O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 234-moddasiga zid ravshida ishlab chiqilganligi sababli amaldagi qonun hujjatlariga nomuvofiq deb topilsin.
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti S.Axmadaliyev
Do'stlaringiz bilan baham: |