Ovqat hazm qilish organlari og’iz bo’shlig’i, halqum, qizilo’ngach me’da va
ichak qismlaridan iborat bo’lib, ular oziq moddalarning maydalash va hazm qilish
vazifasini bajaradi. Me’dada qisman hazm bo’lgan oziq moddalar ichaklar orqali
harakatlanib, yo’g’on ichakda so’riladi.Qoldig’i esa to’g’ri ichak orqali tashqariga
chiqariladi.
Hazm qilish organlari kasalliklarining belgilari.
Bemorning me’dasi va
ichagi kasallangan bo’lsa, u ovqatlanganda anashu organlar og’riydi. Shu tariqa
dispeptik vaziyat, ma’za bilish va ishtahaning buzilishi, jig’ildon qaynashi, kekirish,
ko’ngil aynishi va qusish ichak peristaltikasining buzilishi, ich surish, qabziyat, qon
ketish kabi holatlar ro’y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |