Majburiy blok ONA TILI
1. yumshoq so‘zi javoblardagi qaysi so‘z bilan birikib o‘z ma’nosida qo‘llaniladi? A) non B) ovoz C) xulq D) odam
2. Tilimizda yangi paydo bo‘lgan quyidagi qaysi faol so‘z “ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini ko‘paytirish, kengaytirish”, - degan ma`noni anglatadi?
A) modernizatsiya B) strategiya
C) importatsiya D)
diversifikatsiya
3. Qaysi javobda
“do‘ppisini osmonga otmoq” iborasiga zid ma’noli so‘z keltirilgan?
A) xafa B) xursand C) hayratlanmoq D) g‘azablanmoq
4. Tarkibida so‘z yasovchi qatnashmagan so‘zni aniqlang.
A) tilshunos B) oshpaz C) kulgi D)
kitobcha
5. Qaysi gapda paronim juftiga ega daraja-miqdor ravishi ishtirok etgan?
A) Yaxshiligingiz sira-sira yerda qolmaydi.
B) Qaddini rostlab, eshikni uzoq taqillatdi.
C) Bo‘ying sal cho‘zilsin,
bironta duradgor usta topilsa, shogirdlikka topshirardim.
D) U aravani Nuriddin minganini ko‘rib, xiyla yengil tortdi.
6. Qaysi javobdagi so‘zlar o‘zaro ma’nodosh bo‘la olmaydi?
A) ayon, aniq B) ko‘rk, chiroy C) gavdali, norg‘ul D) mazali, lazzat
7. Qaysi javobda faqat teng bog‘lovchilar berilgan?
A) bir ... bir, va, toki, ya’ni B) lekin, yoki, goh...goh, hamda
C) chunki, ammo, hamda, na ... na
D) bilan, yo ... yo, na ... na, agar
8. Qaysi javobda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xatolik mavjud?
A) Bolalar oldiga issiq non va qaymoq qo‘yildi.
B) Paxta gulli piyolalarga choy quyildi.
C) Chinni kosalarga sut quyildi.
D) Bu kishi qarib ham qo‘yilmadi, yoqimsiz hazil qilaveradi.
9. Qaysi gapda o‘z sinonimi o‘rniga xato qo‘llangan ot qatnashgan?
A) Birozdan keyin ona o‘g‘ilchasi Xoliqjonning beg‘ubor basharasiga
engashib tikildi.
B) Qizini yer-ko‘kka ishonmagan
ona uni katta dabdaba bilan
uzatishni orzu qilardi.
C) Cholning ovozi o‘zgardi, o‘pkasi to‘ldi, shekilli,
birpas osuda qolib,
keyin gapirdi.
D) Bazzoz do‘konini katta o‘g‘liga qoldirib,
har kuni asir namozini
uyiga kelib o‘qir edi.
10. Qaysi qatorda imloga oid xatolik mavjud?
A) Lahim go‘shtni ovqatga soldi.
B) San’atimiz rivojlanib borayapti.
C) To‘nning adibini tiking.
D) Kiyimimga paravoz tikib berishdi.
11.
Anavini qara, o‘zimizning to‘pori Zebimi shu? Gapda olmosh turkumiga oid so‘zlar necha o‘rinda qo‘llangan?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
12. Qator undoshli so‘z qatnashmagan gapni toping.
A) Men fikrimni jamlab, hikoyamni boshladim.
B) Bu hol odamni beixtiyor ajib o‘ylarga g‘arq qiladi.
C)
Marhamat, biz sizni kutyapmiz, avvalgi joyingizda ishlayverasiz.
D) Qani, ortimdan yur!
13. Qaysi javobda berilgan so‘zlardagi nuqtalar o‘rniga bo‘g‘iz undoshi yoziladi?
A) ...iyla, ...ulosa B) sa...iy, i...tiro
C) ...ushyor, ...ozirjavob D) ...ayot, ...aridor
14. Onam, otam va opam bilan xayrlashib yo‘lga tushdim. Ushbu gapda nechta ega qatnashgan?
A) 4 ta B) 1 ta C) 3 ta D)
ega qatnashmagan
15. Ko‘makchi qatnashgan gapni aniqlang.
A) Qoziq ustida qor turmas.
B) Devor usti yomg‘irdan iviy boshladi.
C) Kitob ustida uzoq vaqt ishladi.
D) Bilim bilan aql do‘st.