Yunusobod tumani 12-maktab biologiya fani o`qituvchisi



Download 0,97 Mb.
bet1/3
Sana27.06.2022
Hajmi0,97 Mb.
#707743
  1   2   3
Bog'liq
Ch.Darvin vord dars ishlanma


Yunusobod tumani


12-maktab biologiya fani o`qituvchisi
Yodgorova Sohibjamolning
10-sinflar uchun
Ch. Darvinning evolyutsion g`oyalari mavzusida tayyorlagan dars ishlanmasi

Mavzu: Charlz Darvinning evolyutsion g`oyalari

1.

Darsning maqsadi

Ta`limiy maqsad:O`quvchilarni Ch. Darvinning yirik asarlari,ongsiz va ongli tanlash xillari,sun`iy tanlash ishlarining ahamiyati bilan tanishtirish
Tarbiyaviy maqsad:O`quvchilarni Darvin ta`limotining mohiyati,hayoti,natijalari asosida qo`lga kiritilgan yutuqlar orqali ilmiy dunyoqarashini kengaytirish ,iqtisodiy tarbiyani shakllantirish
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni hayvon zotlari, o`simlik navlari yaratish haqidagi bilimlarini kengaytirish,darslik ustida mustaqil ishlash ko`nikmasini oshirish

2.

O`quv jarayonini tashkil etish

Darsning shakli: Noan`anaviy,ko`rgazmali, guruhlarda ishlash
Dars metodlariSavollar daraxti.Kichik guruhlar taqdimoti
Krosvord Jadval bilan ishlash
Dars uslubi:Didaktik o`yin, og`zaki bayon,guruhlar bilan ishlash
Dars jihozi: Darslik,slayd,taqatma material,Olimlar surati,krossvord jadval
Baholash-Reyting tizimi

3.

Darsning mazmuni

Darvin hayoti,dunyo safaridan so`ng erishgan yutuqlari, yirik asarlari”Turlarning paydo bo`lish asari”asosiy mazmuni,yirik asarlari haqida qisqacha ma`lumot
Sun`iy tanlash mohiyati,turlarning turg`un emasligi,sun`iy tanlash xillari
Ongli va ongsiz tanlashning mohiyati va natijalari haqida ma`lumot
Sun`iy tanlashning muvaffaqiyati haqida Darvin qarashlari
Belyayevning sun`iy tanlash ishlari bo`yicha olib borganishlari haqida tushuncha

4.

Kutiladigan natija

O`qituvchi faoliyati:Mavzu mazmunini tushuntirishda yangi texnologiyalardan foydalanadi, darsni qiziqarli o`tishi uchun zarur bilim va ma`lumotlarni to`playdi
O`tilgan dars samaradorligi va kamchiliklari haqida o`zaro fikr almashadiYangi uslublar va g`oyalar izlaydi
O`quvchi faoliyati: Darvin hayoti va qarashlari ,asarlari haqida zarur ma`lumotlarga ega bo` ladi
Sun`iy tanlash natijalari va mohiyati, ongli va ongsiz tanlashning farq va xususiyatlari haqida zaruriy bilimga ega bo`ladi

Tayanch kompitensiya : Shaxs sifatida o`z –o`zini rivojlantirish Ch. Darvin asarlarini qisqacha mazmuni va mohiyatini anglash,sun`iy tanlash va uning ongsiz vaongli tanlash shakllari natijalari bilan tanishish,darslik ustida mustaqil ishlash ko`nikmasini oshirish, nutq va muloqot madaniyatini shakllantirish


Darsning borishi-45 daqiqa
1.Tashkiliy qism -4 daqiqa
O`quvchilar bilan salomlashish, nazorat qilish ta`lim sohasida yuz berayotgan o`zgarishlar,yangiliklar bilan tanishtirish
O`quvchilarni guruhlarga bo`lish ,nomlash,dars maqsadi,mazmunini tushuntirish
2.O`tilgan mavzuni mustahkamlash -12 daqiqa
Har bir guruhdan bir o`quvchi yuqoridagi olimlar hayoti va ijodi haqida qisqacha ma`lumot beradilar

Ma`lumot

Lamark

Linney

Kyuve




1-avgust 1744 yil

23-may 1707-yil

23- avgust 1769 yil

Tug`ilgan joyi

Bazanten

Rosxult,Krunuberg,
Shvetsiya

Monbelyar

O`lgan vaqti

18-dekabr 1829 yil

10- yanvar 1778-yil

13-may 1832 yil

O`lgan joyi

Parij ,Fransiya

Uppsala, Shvetsiya

Parij Fransiya

Fuqoroligi

Fransiya

Shvetsiya

Fransiya



Olib borgan izlanishlari

Zoologiya,botanika, geologiya

Meditsina,botanika , zoologiya

Paleontologiya,
anatomiya

Ya Yaratgan
Ta` ta`limoti



Organik olam evolyutsiyasi haqidagi nazariya

Mavjud o`simlik va hayvon turlarini sistematikaga soldi

Hayvonlarda korrelyatsiya prinsipi

So`ngra o`quvchilarga Aqlli daraxtdan savollar beriladi bunda savollar tengga-teng, ya`ni yarmi mavzu ichida va mavzudan tashqarida .Bu o`quvchilarda dars faol qatnashish,zerikishni oldini olishda yordam beradi. Daraxtlarga osilgan olmalarda savollar yozilgan, olmalar raqamlangan,raqam tanlashadi ,raqam ostidagi savolga javob beradilar
1.10000dan ortiq hayvon turlarinitavsiflab bergan olim?
2.Siz nechanchi yil maktabga qabul qilingansiz?
3.Linney o`simliklarni qaysi tuzilishiga ko`ra sinflarga ajratdi?
4.Oradan 8 yil o`tib necha yoshga kirasiz?
5.1707 yilda tug`ilgan shved olimi?
6.ingliz tilida 6ta hayvon nomini ayting?
7.Sistematikaga asos solgan olim?
8.Rus tilida 6ta o`simlik nomini ayting?
9.K.linney tuzgan sistema qanday edi?
10.To`rt qong`izda necha qanot, necha oyoq?
11.Linneyni qaysi fikri xato edi?
12.Bu yilimizning nomi
13. Organik olam evolyutsiyasi haqidagi ilk ta`limotni yaratgan olim
14.Lamarkning 1809 yili yozgan asari?
15.Biologiya faniga oid topishmoq ayting
16.Biologiya atamasini fanga kiritgan olim?
17.Gullar haqida she`r ayting
18.Individlarni tabiatda real hisoblagan olim?
19.Mobil aloqa vositalaridan foydalanish haqidagi qaror?
20.Lamark hayvonlarni nechta sinfga ajratdi?Pishsa maza,pishmasa bemaza
21. Pishsa bemaza,pishmasa maza
22.Lamarkning sodda hayvonlar haqidagi fikri
23.Biologiya faningizni mualliflari
24.Tashqi muhit ta`siriga javobiga ko`ra Lamark qanday guruhlarga bo`ldi
25.Pishirsang osh, pishirmasang qush
26. Tashqi muhitning organizmga ta`siri
27.Biologiya faniga oid maqol ayting
28.Lamark ishlarining evolyutsidagi xatolari nimada?
29.6ta biolog olimni sanab bering
30.J.Kyuve ilgari surgan munozara
31.J.Kyuve hayvonlarni qaysi tuzilishiga ko`ra sistemaga soldi
32.Qaysi yili Oila deb nomlangan
33.Kyuve asos solgan prinsip
34.Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni sanang
35. Kyuve hayvonlarni necha guruhga bo`lgan?
36.Sezgi a`zolaringizni sanang
37.Qaysi olim paleontologiya sohasiga hissa qo`shgan ?
38.O`zingizga yoqmaydigan xususiyatlaringizni sanag
39. Kyuve turlarning murakkablashib borishini nima vbilan tushuntirgan?
40.Sizning idealingizdagi inson
41.Tuxum hujayrani kashf etgan olim
42.Bitta qo`lda besh barmoq ,birinchisi ......
43. Karl Ber tuxum hujayrani qachon kashf etgan
44.Eng zaharli organizm
45.19- asrning tbiatshunoslik sohasining katta yutug`i
46.Ta`lim sohasidagi qaysi qaror sizga yoqdi?
47.Hujayra nazariyasining asosi nima
48.Biologiya kitobingizda qancha mavzu bor
49.Paleontologiya nimani o`rganadi
50.Oziqbop o`simliklarni sanang
O`quvchilardagi kamchiliklar to`ldirib boriladi, faol ishtirokchilar rag`batlantiriladi
3.Yangi mavzu bayoni- 13daqiqa



Ism familyasi

Charlez Robert Darvin

Tug`ilgan yili

12- fevral 1809 yil

Tug`ilgan joyi

Shrusberi Buyuk Britaniya

O`lgan vaqti

19- aprel 1882-yil

O`lgan joyi

Daun ,Buyuk Britaniya

Fuqoroligi

Buyuk Britaniya

Olib borgan izlanishlari

Biologiya ,geologiya

Yaratgan ta`limoti

Evolyutsin ta`limot asoschisi

XIX asrga kelib Angliya sanoati , qishloq xo`jaligi rivojlangan yirik kapitalistik mamlakat sanalardi.Sanoatning gurkirab rivojlanishi chorvachilik va qishloq xo`jaligidan olinadigan xomashyoning tobora ko`payishini talab qila boshladi.Xomashyoga bo`lgan talabni qondirish maqsadida ingliz seleksionerlari ko`p mahsulot beradigan qo`y,qoramol,parranda zotlarini ,ko`p hosil beradigan savzovot va donli ekinlar navini chiqara boshladi.Seleksiya natijalari o`sha davrlarda hukmron bo`lgan hayvon,o`simlik organizmlari o`zgarmas ,degan tushunchalarga barham berdi.Ch.Darvin o`simlik va hayvonlarning yangi formalarini chiqarishda seleksiyaning ahamiyatiga yuqori baho berdi,qishloq xo`jalik amaliyotini nazariy tomondan ishlab chiqdi.Hamda undan evolutsion ta`limot yaratishda foydalandi.


Darvinni ,ayniqsa ,Janibiy Amerikaning g`arbiy qirg`og`idan 500km uzoqlikdagi Galapagoss arxipelagining hayvonot va o`simliklar olami hayratga soldi. U yerda qushlar ,sudralib yuruvchilar ko`p uchraydi.Sudraluvchilardan toshbaqalar ,chumchuqsimonlar turkumiga kiruvchi vyuroklarning har bir orolda o`ziga xos tuzilishiga ega turlarini uchratish mumkin.Vyuroklar boshqa xossalaridan tashqari,tumshug`ining tuzilishi bilan ham bir-biridan farq qiladi.Qizig`I shundaki,har xil orolda tumshug`I turlicha tuzilgan vyuroklar tarqalgan.
Umuman ilganda ,Galapagoss arxipelagining hayvonot va o`simliklar olami Janibiy Amerika hayvon va o`simliklarga o`xshash, lekin ayrim belgi , xossalari bo`yicha farq qiladi.
Qirilib ket.gan oz tishlilarning hozirgi vaqtda yashayotgan yalqov ,chumolixo`r, zirxlilarga o`xshashligi Darvinni hayratlantirdi. Bu dalillar qirilib ketgan hayvonlar bilan hozirgi davrdagi hayvonlar bilan hozirgi davrdagi hayvonlar o`rtasida o`zaro qarindoshlik bor, deb taxmin qilishga sabab bo`ldi .
Hayvonlar geografik tuzulishuning ba`zi o`ziga xos tomonlari ham safar davomida Darvinni ajablantirdi .U Shimoliy va Janubiy Amerika hayvonlarini o`zaro taqqoslab ,ular o`rtasida kata farq borligini qayd qildi.Chunonchi,Amerikada keng burunli maymunlar ,lama, tapir,yalqov, chumolixo`r, zirxli kabi hayvonlar tarqalgan.Amerikaning ikkala qismi bir bo`lib ,faunasi o`xshash bo`lgan keyinchalik esa Meksikaning janubida quruqlik ko`tarilishi tufayli hayvonlarning bir qit`adan boshqa qit`aga o`tishi uchon to`siq hosil qilgan . Oqibatda Shimoliy hamda Janubiy Amerikada faunasi o`rtasida hozirgi farq vujudga kelgan.
Darvin besh yillk safaridan juda boy kolleksiya bilan qaytdi.Bu besh yillik safar organik olam evolutsiyasi haqidagi ta`limotni yaratish uchun asos bo`lgan dalillarni to`plash imkoniyatini yaratdi va Darvinning kelajagini belgilab berdi. Darvinning yirik asarlari .Darvin dunyo bo`ylab uyushtirilgan safardan qaytgach, to`plangan materiallar ustida Angliyaning ko`zga ko`ringan tabiatshunos olmlari bilan hamkorlikda shug`ullana boshladi.Shu bilan bir qatorda yangi hayvon zotlari ,o`simlik navlarini yaratish tajribasini o`rgandi.

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish