Yunoniston, Qadimgi Yunoniston



Download 78,34 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.02.2022
Hajmi78,34 Kb.
#427230
Bog'liq
Qadimgi Yunoniston - Vikipediya



Qadimgi
Yunoniston
YUNONISTON, Qadimgi 
Yunoniston
— Bolqon ya.o.ning jan., 
Egey
dengizidagi orollar, 
Frakiya
sohillari, Kichik Osiyoning gʻarbidagi dengiz sohilida joylashgan qadimiy yunon davlatlari
hududining umumiy nomi.
Tarixi. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Yu. hududida odamlar paleolit davridan yashab kelmoqda.
Xalkidika ya.o.dan neandertal odamining bosh suyagi chiqqan. Neolit davrida Yu. aholisi
dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullanib, oʻtroq hayot kechirgan. Yu.ning jez davri madaniyati
shartli ravishda Kritmiken madaniyati yoki Egey madaniyati deb atalgan. Miloddan avvalgi 3-
ming yilliqda Yu. etnik tarkibi rangbarang(pelasglar, leleglar va boshqalar) boʻlgan; ularni
protoyunon qabilalari — axeylar, ioniyaliklar siqib chiqarib oʻz tarkiblariga singdirib yuborganlar.
Miloddan avvalgi taxminan 20—17-asrlarda Krit o.da axeylarning ilk davlatlari (Knos, Fest,
AgiaTriada, Mikena, Tirinf, Pilos va boshqalar) barpo etilgan. Miloddan avvalgi taxminan 1260 yil
Mikena, Tirinf, va boshqalar davlatlar Troyani bosib olib, uni vayron etishgan (qarang 
Troya
urushi
). Doriy qabilalarining kirib kelishi (miloddan avvalgi taxminan 1200 yil) oqibatida davlatlar
parchalanib, urugʻchilik munosabatlari jonlangan. Miloddan avvalgi 9-asrga kelib Shim. Yu.da —
eoliylar, Oʻrta Yu. va Peloponnesda — doriylar, Attika va orollarda — ioniyaliklar istiqomat qilgan:
8—6-asrlarda yunonlar Oʻrta dengiz, Marmar va Qora dengiz sohillarini kolonizatsiya qilganlar. Bu
davrda Yu.da polislar (shahar davlatlar) shakllangan. Dehqonlar va hunarmandlarning urugʻ
zodagonlari bilan kurashi natijasiga qarab polisdagi davlat hokimiyati yo demokratik (Afinada)
yoxud oligarxik (Sparta, Krit o.da) tarzda boʻlgan. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan polislarda
(Korinf, Afina va boshqalar) qulchilik keng tarqalgan; Sparta, Argos va boshqalarda urugʻchilik
tuzumi qoldiqlari saqlanib qolgan. Miloddan avvalgi 6-asrda polislar Sparta boshchiligida
Peloponnes ittifoqiga va Fiva rahbarligi ostida Beotiya ittifoqiga birlashganlar. 5— 4-asrlar
polislarning eng ravnaq topgan davri sanaladi. U yunonfors urushlarida (500—449) yunonlarning


gʻalabasi natijasida Afinaning yuksalishi va Delos ittifoqining (Afina boshchiligida) barpo etilishi
bilan bogʻliq boʻlgan.
Perikl hukmronligi davri (443— 429) Afina kuchqudratining eng kuchaygan, siyosiy tuzumning
eng demokratlashgan va madaniyatning ravnaq topgan davri hisoblanadi. Afina Yu.ning asosiy
iqtisodiy va madaniy markaziga aylanadi, u dengizda hukmronlikni oʻz qoʻliga olgan. Afina bilan
Sparta oʻrtasida Yu.da gegemon boʻlish, savdo yoʻllariga egalik qilish uchun kurash Peloponnes
urushi (431—404)ga olib kelgan, u Afinaning magʻlubiyati bilan tugagan. Spartaning yunon
davlatlari ichki ishlariga aralashuvi miloddan avvalgi 395—387 yillardagi Korinf urushini keltirib
chiqargan. 4-asrda Fiva vaqtinchalik yuksalgan. Levktra jangida (miloddan avvalgi 371 yil)
fivaliklar Sparta qoʻshinini tormor keltirishgan. 4-asr oʻrtasida Yu.ning shim.da Makedoniya
yuksalgan. Uning podshohi Filip II Xeroneya jangida (338) yunon shaharlari koalitsiyasi ustidan
gʻalaba qozonib Yu.ni tobe etgan. Aleksandr (Iskandar) saltanati parchalangach, ellinizm davrida
(3—2-asrlar) Yu.da hukmron boʻlish uchun kurashayotgan harbiylashgan tipdagi davlatlar va
ittifoqlar koʻp boʻlgan (Makedoniya, Axey ittifoqi, Etoliya ittifoqi). Miloddan avvalgi 197 yil
Kinoskefal jangida Rim qoʻshinlari Makedoniya ustidan gʻalaba qozongach, Rim Yu.dagi
oligarxiyani quvvatlab, mamlakatning ichki ishlariga aralasha boshlaydi. Miloddan avvalgi 148 yil
Makedoniya, Illiriya va Epir Rim provinsiyasiga aylantirilganlar. 146 yildan (Axey ittifoqi rimliklar
tomonidan tormor etilgandan soʻng) Yu.Rimga tobe boʻlgan (miloddan avvalgi 27 yildan uning
hududida Rimning Axaya provinsiyasi barpo etilgan), faqat nomiga Afinagina erkin shahar deb
hisoblangan. Milodiy 4-asrdan Yu.Vizantiyaning asosiy tarkibiy qismini tashkil etgan.
Falsafasi. Antik falsafa falsafa tarixida muhim oʻrin tutadi. U avvalo, falsafa tushunchasining
fanga kirib kelishiga sababchi boʻldi, hozirgi kungacha boʻlgan barcha falsafaga hal qiluvchi taʼsir
koʻrsatdi. Yuz yil davom etgan tayyorgarlik davridan soʻng yunon falsafasining mumtoz davri
boshlandi. Uning gullab yashnashi miloddan avvalgi 7—6-asrlarga toʻgʻri keldi, taʼsiri esa ming yil
mobaynida sezilib turdi. Vizantiya va islom mamlakatlarida yunon falsafasining hukmron taʼsiri
keyingi ming yillikda saqlanib qoldi; keyinchalik, Renessans va gumanizm davrlarida, Yevropada
yunon falsafasining uygʻonishi yuz berdi, bu esa Renessans davri platonizmi va aristotelizmidan
boshlab Yevropa falsafiy tafakkurining butun taraqqiyotigacha boʻlgan davrdagi ijodiy
yangilanishlarga olib kedsi.
Yunon falsafasi miloddan avvalgi 6—5-asrlarda butun Yu.dagi yunon polislari falsafasining
davomchisi boʻlgan mumtoz yunon ellinistik falsafasi (miloddan avvalgi 4-asr) va ellinistikRim
falsafasiga, yaʼni miloddan avvalgi 3-asrdan milodiy 6-asrgacha davom etgan Rim imperiyasiga
tarqagan ellinistik falsafaga boʻlinadi. Ellinistik falsafa Sokratgacha boʻlgan falsafa (miloddan
avvalgi 6—5-asrlar) va mumtoz (klassik) falsafaga (Sokrat, Platon, Aristotelʼ — miloddan avvalgi
4-asr) ajraladi. Sokratgacha falsafa, oʻz navbatida, kosmologik (gilozoistik) falsafaga (miloddan
avvalgi 6—5-asrlar) va antropologik falsafaga (miloddan avvalgi 5—4-asrlar) boʻlinadi.


Yunon falsafasi ilkkosmologik— Sokratgacha falsafa davri, ruhoniylar bilan birga siyosiy
yoʻnalishdagi mutafakkirlar va yetti donishmand tomonidan tayyorlangan olimlar davri bilan
boshlanadi. Ulardan biri miletlik Fales boʻlib, Aristotel uni birinchi faylasuf deb hisoblagan; u
birinchi kosmolog , torroq maʼnoda ioniya naturfalsafasi maktabining vakili, bu maktabga
Anaksimandr, Anaksimen, Ferekid, Diogen va boshqalar ham mansub edi. Undan soʻng Eleya
maktabi vujudga kelib borliq falsafasi bilan shugʻullandi (miloddan avvalgi 580—430), bu
maktabga Ksenofan, Parmenid, Eleyalik Zenon, Meliss mansub edilar; ayni vaqtda bu maktab
bilan birga Pifagor maktabi ham mavjud edi. Bu maktab vakillari uygʻunlik, oʻlchov, son masalalari
boʻyicha tadqiqot olib bordilar. Bu maktabga Fillolay (miloddan avvalgi 5-asr oxiri) krotonlik
Alkmeon (taxminan miloddan avvalgi 520), musiqa nazariyotchisi, faylasuf va matematik Arxit
Tarentskiy (taxminan miloddan avvalgi 400—365) va uning tarafdori haykaltarosh Katta Poliklet
(miloddan avvalgi 5-asr oxiri), Heraklit, keyin Empedokl va Anaksagor mansub edi. Hamma
narsani qamrab oluvchi qomusiy tafakkur egasi Demokrit, uning mashhur oʻtmishdoshi Levkipp
hamda Demokrit maktabi vakillari Sokratgacha kosmologiyaning oxirida turadilar. Shu bilan birga
soʻnggi davrda antropologik sofistikada rivojlanish yuz berdi (taxminan miloddan avvalgi 475—
375), uning vakillari, asosan, Protagor, Gorgiy, Gippiy, Prodik boʻlgan. Yunon falsafasining eng
mashhur 3 vakili — Sokrat, Platon, Aristotel tufayli Afina taxminan 1000 yil yunon falsafasining
markazi boʻldi.
Tarixda birinchi marta Sokrat tomonidan insonni falsafiy anglash masalasi qoʻyildi. Platon
falsafani tugallangan dunyoqarash — siyosiy va mantiqiyetnik sistema sifatida yaratdi; Aristotel
esa falsafaga haqiqiy mavjudlikni tadqiqiynazariy oʻrganuvchi fan sifatida qaradi. Bu 3 mashhur
yunon mutafakkirining har biri oʻsha vaqtdan buyon oʻzicha alohida va turli shakllarda 2 ming
yildan buyon jahon falsafasining rivojlanishiga taʼsir koʻrsatib keladi. Yunon falsafasining
ellinistikrim davri bir-biri bilan parallel ravishda mavjud boʻlgan muhim falsafiy maktablarning
paydo boʻlishi bilan boshlanadi (miloddan avvalgi 4-asr); faqat neoplatonizm keyinroq — 500
yildan soʻng vujudga keldi. Sokrat taʼsirida butun bir maktablar guruhi tashkil topadi: sokratchilar
(asosiy vakili Ksenofont), megar maktabi (unga Evbulid va imkoniyat tushunchasining birinchi
nazariyotchisi Diodor Kronos (miloddan avvalgi 307 yilv.e.) mansub boʻlgan), siniklar (Antisfen,
Diogen), birmuncha keyinroq jamiyatni diniy qayta oʻzgartiruvchi pruzalik Dion Xrizost;
pirovardida kirena maktabi (Aristipp va Evgemer). Bu maktablar unchalik uzoq yashamadi.
Platon tarafdorlari Platon akademiyasi nomi ostidagi falsafiy maktabga birlashdilar (qad.
Akademiya — miloddan avvalgi 348—270, oʻrta Akademiya — miloddan avvalgi 315—215, yangi
Akademiya — miloddan avvalgi 160 — milodiy 529; oʻrta Akademiyaning vakillari — Arkesilay va
Karnead; yangi Akademiyaning vakillari — Sitseron va Mark Terensiy Varron (miloddan avvalgi
116 — miloddan avvalgi 28); Akademiyadan keyin ("yangi"sidan farq qilgan holda) platonizm
vujudga keldi. Unga boshqa faylasuflar bilan birga Plutarx (taxminan 45—120) va Frasill (Platon
sharhlovchisi) kirgan.


Aristotel tarafdorlarining katta qismi aniq fanlar bilan shugullangan, peripatetik deb nom olgan
mashhur olimlar boʻlgan; qadimiy peripatetiklar bilan birga mashhur botanik Teofrast, musiqa
nazariyotchisi Aristoksen (taxminan miloddan avvalgi 350), tarixchi va siyosatchi messinalik
Dikearx; keyingi peripatetiklar orasida fizik Straton, geograf va astronom samoslik Aristarx
(Stratonning shogirdi, taxminan miloddan avvalgi 250) va Klavdiy Ptolemey (taxminan milodiy
150), vrach Galen, Aristotelning sharhlovchisi Rodoslik Andronik (taxminan miloddan avvalgi 70)
boʻlgan.
Epikur asos solgan maktab keng yoyildi, bu maktabga boshqalar bilan birga Lukretsiy ham
mansub edi. Skeptik maktabning vakillari (unga Akademiya vakillaridan koʻplari kirgan edi) Pirron
va keyinchalik vrach Sekst Empirik edi. Stoya maktabi juda muhim falsafiydiniy harakatga
aylandi, neoplatonizm va xristianlikning paydo boʻlishiga qadar mavjud boʻldi. Kitionlik Zenon
asos solgan bu maktabni qadimiy Stoyada Xrizip adabiy jihatdan pishitdi; oʻrta Stoyada
boshqalar bilan birga Panetsiy Rodoslik va Posidoniy bor edi; bu maktabga tarixchi Polibiy ham
yaqin turgan. Keyingi Stoya davrida, asosan, 3 Rim faylasufi — Seneka, Epiktet va Mark Avreliy
asosiy rol oʻynadi.
Neoplatonizmda, uning asoschisi Plotin fikricha, Rim, Afina, Aleksandriya, Siros, xristian falsafiy
maktablari bir-biridan farq qiladi. Plotin bilan birga Porfiriy, Prokl, ayolfaylasuf Gipatiya, Yamvlix,
imperator Yulian Apostat (332—363), ensiklopedist Marsian Kapella (5-asrning 1-yarmi),
Boetsiy mashhur neoplatonchi boʻlishgan. [[El[[
linizm
davrida gʻarb va sharq dini hamda
falsafasini oʻzida birlashtirgan gnostika rivojlandi. Bobil gnostikasidan moniylik va uning yorugʻlik
hamda zulmat olami haqidagi taʼlimoti paydo boʻldi. Milodning birinchi yuz yilligi falsafasi uchun
Filonning Bibliyani majoziy, platonchastoikcha talqini jiddiy taʼsir koʻrsatdi. U Aleksandriya
maktabiga asos soldi, uning anʼanalarini aleksandriyalik Kliment va Origen davom ettirdi, bu esa
gʻarb falsafasiga koʻproq taʼsir koʻrsatgan xristian falsafasining boshlangʻich holati edi. Yunon
falsafasining turli xil koʻrinishlari islom falsafasida mavjud, uning taʼsirini hind falsafasida ham
payqash mumkin.
Adabiyoti. Yu.da yozma badiiy ijodning ilk namunalari taxminan 2700—2800 yillar muqaddam
paydo boʻla boshlagan. Bu adabiyot miloddan avvalgi 3-asrda Rim madaniyatining barpo
etilishida, tarkib topishida ham muhim ahamiyat kasb etgan. "Iliada" hamda "Odiseya" dostonlari
yunon yozma adabiyotining bizga qadar yetib kelgan eng qadimiy namunalaridir. Bu kabi yuksak
badiiy asarlar uzoq muddatli adabiy harakatning davomi, uning yetuk mahsuli sifatida maydonga
kelgan. "Odisseya" dostonida Demodok kabi ajoyib baxshilar — rapsodlar botirlik haqida
dostonlar aytib, davra ahllarini rom qilgan. Platon, Herodot kabi allomalar va shu zamonning baʼzi
yozuvchilari Homerdan ilgari Orfey degan shoir yashab oʻtganligini xabar qiladilar. Biroq bu
shoirning goʻzal navolari haqida afsonaviy rivoyatlardan boshqa tarix sahifalarida bironta ham
misra saqlanib qolmagan.


Yunon xalqi oʻrtasida keng tarqalgan rivoyatlarda Orfeydan tashqari yana bir qancha shoirlar:
Muze, Evmolp, Tamir, Olen va boshqalar tilga olinadi.
Barcha xalqlarning tarixida boʻlgani kabi yunon adabiyoti ham xalq ogʻzaki ijodi zaminida vujudga
kelgan. Tarix sahifalarida yunon folkloridan juda kam namunalar saqlanib kelgan boʻlsada,
shularga asosan ibtidoiy qabilachilik davrlarida yunon xalqining anʼanasi boy va rangbarang
ogʻzaki adabiyoti — ertaklari, maqollari, matallari, topishmoqlari, qoʻshiqlari boʻlganligini aniqlash
mumkin. Ibtidoiy jamiyatdagi mavjud ogʻzaki adabiyot shu jamiyat kishilarining tabiat haqidagi
tushunchalarini ifoda etgan.
Yunon mifologiyasi uzoq tarixga ega. Shu uzoq muddat davomida ijtimoiy ongning oʻsishi bilan
miflar ham oʻzgargan, yangi maʼnomazmun kasb etgan. Yunon kishisi ibtidoiy qabilachilik davrida
tevarak atrofdagi tabiiy hodisalarning hammasini jonli his qilib, ularga sigʻinishgan, ulardan madad
tilashgan, yovuz kuchlarni moyil qilish uchun qurbonliklar qilingan. Tabiat hodisalari qarshisida
ibtidoiy insonning butun hayoti qoʻrquv va tahlikada oʻtgan. Keyinchalik qabilachilik tuzumining
yemirilishi va harbiy aristokrat tabaqalarning kuchayishi natijasida quyi tabaqa vakillarining ahvoli
yanada ogʻirlashgan, boylarning zulmi kuchaygan. Bu holat insonlarning diniy eʼtiqodlariga ham
oʻz taʼsirini oʻtkazgan. qadimiy inson tasavvurida falak hukmronlari — odam qiyofasidagi Olimp
maʼbudalari paydo boʻlgan. Zevs — momaqaldiroq hamda bulutlar hukmdori, maʼbudlar maʼbudi;
Poseydon — dengiz hukmroni; Aid oxirat xoqoni, Zevsning rafiqasi Gera — osmon maʼbudasi,
maʼbudalar malikasi va h.k.
Maʼbudlarni odam qiyofasida tasavvur etish, oʻz navbatida, mifologiyani haqiqiy hayotga
yaqinlashtirgan va uning obrazlariga chinakam hayotiylik bagʻishlagan. "Iliada" dostonida
muallifning butun diqqati asarning bosh qahramoni Axillning gʻazabiga qaratilgan boʻlib, qolgan
voqealar faqat 50 kun ichiga sigʻdirilgan. Tinglovchi va kitobxon toʻla taassurotga ega boʻlishi
uchun asar davomida muallif yoʻlyoʻlakay chekinishlar yasab, turlituman hodisalar bilan asosiy
voqeani toʻldirib borgan. Xuddi shu uygʻunlik, muxtasarlik "Odisseya" dostonida ham bor.
Jafokash Odisseyning oʻz vataniga qaytishi, har safar mobaynida uning boshidan kechgan
mushkulotlar, uchragan ajoyibot, gʻaroyibotlar — asarning asosiy mavzusidir.
Qahramonlarning qiyofasini ular, ning tabiati, xattiharakatini koʻrsatish bobida — realistik tavsifi
nihoyatda sezilarli. Dostonlarda hayotning turli pogʻonalarida turuvchi ilohiy kuchlar, odam
bolalari: Olimp togʻining maʼbud va maʼbudalari, devlar, parizodlar afsonaviy maxluqlar,
podshohlar, pahlavonlar, oddiy jangchilar, malikalar, kanizaklar, qul va choʻrilar, goʻdaklar va h.k.
koʻz oʻngida gavdalanadi. Yunon xalqi asrlar davomida botirlik haqidagi oʻz tuygʻu va orzularini
ana shunday qahramon nomi bilan bogʻlab kelgan.
Yunon xalqining botirlik, gʻayrat va jasorat tushunchalarini yozuvchi Axill obrazida talqin etgan
boʻlsa, shu xalqning hayot bobida orttirgan donishmandligi, aql va zakovatini Odissey obrazi
orqali koʻrsatgan. Boshqa qahramonlardan tashqari (har ikkala) dostonda ikkinchi darajali


shaxslar bor: Agamemnon — takabbur, Menelay — botir, Diomed — sergʻayrat, Nestor — nuroniy,
Baris — xudbin, olifta, Gektor — oriyatli va h.k.
Yevropa xalqlari oʻz taraqqiyotlari davomida katta ishtiyoq bilan necha bora yunonlar hamda
rimliklar yaratgan sanʼat va adabiyotga murojaat etib, ular asosida qalblarini bezovta qilgan
tuygʻu va gʻoyalarni hal etishga uringanlar. Uygʻonish davrining buyuk allomalari qoʻlida antik
(qadim) dunyoning ilmu fani, sanʼat va adabiyoti, falsafiy taʼlimotlari eng kuchli qurol boʻlib
xizmat qilgan. "Uygʻonish" soʻzining dastlabki maʼnosi ham qadimgi madaniyatni qayta tiklash,
yangidan oyoqqa turgʻizish demakdir.
17-asr Yevropa klassitsizm adabiy oqimi ham 100—150 yil davomida antik dunyo badiiy ijodiga
taqlid shiori ostida rivojlandi, bu davr mobaynida qariyb butun Yevropa sahnasi, asosan, Yunon va
Rim tragediyalari mavzulari bilan yashadi. Elin madaniyati Oʻrta Osiyo madaniyatining ravnaq
topishiga samarali taʼsir etgan. Salavkiylar va YunonBaqtriya podsholigi hukmdorlari davrida
Oʻrta Osiyo, Eron va boshqalar oʻlkalar aholisining faol ishtirokida sharqiy ellinizm madaniyati
vujudga keldi, u yunon madaniyatini ham boyitdi (yana q. [[El[[
linizm
).
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Yunon meʼmorlari va tasviriy sanʼat namoyandalari koʻp asrlar osha
turli xalqlar uchun goʻzallik, uygʻunlik, yuksak did namunasini oʻtagan sanʼat yodgorliklarini
yaratgan. Asarlar asosan sodda afsonaviy mavzularga asoslangan boʻlsada, borliq va inson
muvozanatini his etib, tabiiy muhit, inson tanasining tabiiy goʻzalligi va uygʻunligini anglab aks
ettirdi. Bu nisbatlar meʼmorlikda ham aniq ifodasini topgan. Yunon badiiy yodgorliklari Bolqon
ya.o. dagina emas, shuningdek, Kichik Osiyo, Janubiy Apennin ya.o., Oʻrta dengiz orollari hamda
Shim. Qora dengiz sohillarida ham saqlangan.
YU. sanʼati Miken madaniyati negizida paydo boʻlgan; mikenlar bilan miloddan avvalgi 2—1-ming
yillik sanʼatining oʻzaro bogʻliqligi kulollik va meʼmorlik boʻyama naqshlarida koʻzga aniq
tashlanadi. Yunon sanʼati taraqqiyoti (miloddan avvalgi 11—1-asrlar) tarixan gomer, arxaika,
klasika, ellin kabi bir necha davrlarga ajratiladi.
Homer davri (miloddan avvalgi 11—8-asrlar) da boʻyama naqshli kulollik taraqqiy etgan,
geometrik uslub miloddan avvalgi 7-asrgacha hukm surgan, eng taraqqiy etgan davri (8-asr)da
%abr yodgorliklari vazifasini oʻtagan roʻzgʻorga moʻljallangan dipilon koʻza va idishlar bezagi,
naqsh va inson shaklining aniq ritmi, chiziqlar ifodaliligi bilan ajralib turadi. Geometrik uslubda
terrakota haykallar va idishlarga haykaltaroshlik bezaklari (qopqoq, shakldor dastalar) ham
yaratildi. Meʼmorlik haqida maʼlumotlar deyarli yoʻq, baʼzi bino qoldiqlari, ibodatxonalarning
terrakota modeli va adabiy yozma manbalarda ayrim maʼlumotlar uchraydi.
Arxaika (miloddan avvalgi 7—6-asrlar) davrida polislar shakllandi, shaharlar yuzaga keldi,
shaharsozlikning asosiy belgilari muqaddas joy (akropol) va jamoat savdo markazlari (agora)


boʻlib, ular atrofida turar joy mavzelari joylashtirilgan, shaharlar bunyod etilgan. Yetakchi oʻrinni
ibodatxonalar (haykallari boʻlgan "xudolar uyi") egallagan.
Ibodatxonalar bilan bir qatorda turli vazifalarni bajaruvchi jamoat binolari (teatr, stadion, palestr
va boshqalar) bunyod etilgan. Inshootlar toshdan qurishga oʻtilgach, order turlari shakllandi
(qarang 
Meʼmorlik orderlari
), ibodatxonalar boʻrtma tasvirlar, haykallar bilan bezatildi; dahshatli
maxluqlar bilan olishayotgan xudolar va qahramonlar (Gerakl, Tesey, Persey va boshqalar)ning
qatʼiy tasvirlari yaratildi; ularning hajmdorligi ibodatxonalardagi meʼmoriy shakllar bilan uygʻun.
Ioniy uslubidagi ibodatxonalarning haykaltaroshlik frizlari dinamikasi va murakkab kompozitsiyasi
bilan ajralib turadi. Dastlabki oʻzaro bogʻlanmagan kam shaklli frizlardan oʻzaro uygʻun va koʻp
shaklli yaxlit kompozitsiyalarga oʻtish kuzatiladi, ilk frontonlardagi relyeflar (Kerkira o.dagi
Artemida ibodatxonasi) dumaloq haykallar bilan almashadi.
Haykaltaroshlikda kichik bronza haykallar ("Fivalik Apolon", miloddan avvalgi 7-asr 1-yarmi)dan
yalangʻoch oʻsmir (kuros)lar va uzun koʻylakli qiz (kora)lar shaklini yasashga oʻtildi. Harakatsiz
shakllar oʻrniga harakatlarni shartli ifodalash yuzaga keldi ("Delosli Nike", miloddan avvalgi 6-asr
oʻrtalari). Haykaltaroshlar inson mimikasini ifoda vositasi sifatida kam qoʻllasalarda, ayni vaqtda
boy hajm, kiyimlar burmalarining goh qatʼiy, goh nafis talqini bilan ifodali obraz qurilishiga
erishdilar. Arxaika haykallarida ayrim mahalliy farklar kuzatiladi: ioniy uslubidagi kora va kuroslar
lirik va hayotbaxsh obrazlari, shakllarning mayinligi bilan qatʼiy qiyofali va keskin shaklli doriy
uslubidagi haykallardan ajralib turadi. Bu davrda yunon koʻzalari (amfora va boshqalar) tugal
shakllandi, buyumlarga butun yuzasi qoplab gilama usulida mujassamotlar yaratildi, shartli qatʼiy
chiziqlar va geometrik uslubdagi naqshlar oʻrnini syujetli sahnalarning tez-tez qoʻllanishi egaladi.
Korinf, keyinroq Afina (7—6-asrlar)da qora shaklli uslub qaror topdi (Klitiy, Eksekiy, Amasis va
boshqalar), qora shakli uslubdan qizil shakli uslubda koʻzalar yasashga oʻtish yuzaga keldi
(Andokid va boshqalar).
Klasika (miloddan avvalgi 5-asr — 4-asr 3-choragi)da shaharlar rivojlandi, muntazam tarhli shahar
tipi shaklandi (Milet, Pirey), shaharlarni toʻgʻri burchakli koʻchalar toʻri bilan qismlarga boʻlish,
turar joylarni majmua tarzida qurish kabi asosiy qoidalar yuzaga keldi. Polislarning oʻziga xos
ramzi boʻlgan ibodatxonalarning tipik xususiyatlari individuallik bilan qoʻshilib ketgan, bir tipdagi
qurilishlarda yagona order tuzilishidagi nisbat va koʻlamlarnigina oʻzgartirib takrorlanishi bilan har
bir shahar — davlat bosh inshootlarida oʻziga xos meʼmoriy qiyofalar yaratishga erishildi. Shu
jihatdan umumiy tarhli va order elementlari boʻlgan 
Afina
Afayi (taxminan miloddan avvalgi 500
—480, Egin o.da), Gera II ("Poseydon ibodatxonasi", miloddan avvalgi 5-asr 2-choragi,
Poseydoniyada
), 
Zevs
(miloddan avvalgi 468—456, Olimpiyada) ibodatxonalari oʻziga xos
sifatlari bilan bir-biridan farqlidir.
Miloddan avvalgi 6—5-asrlar chegarasida tasviriy sanʼatda keskin oʻzgarishlar roʻy berdi,
haykaltarosh va rassomlar inson qiyofasi va uning harakatini mukammal ifoda etdilar, fronton,


frizlarda koʻp shaklli lavhalarni dadil bajardilar. Klasika boshida yuzaga kelgan "qatʼiy uslub"
hususiyatlari koʻzalarga ishlangan tasvirlarda aniq ifodasini topdi (Epiktet, Yevtimid, Yefroniy).
Qizil shakllar uslubida ijod qilgan Brig afsonaviy mavzular bilan bir qatorda maishiy lavhalar
(bazm, maktabdagi mashgʻulotlar, stadiondagi atletlar)ni ham yaratdi. "Qatʼiy uslub" miloddan
avvalgi 5-asr 1-yarmidagi haykaltaroshlikda ham koʻzga tashlanadi; Egin o.dagi Afina Afayi
ibodatxonasi frontoni, Olimpiyadagi Zevs ibodatxonasi fronton va metoplari kabi sanʼat
durdonalari yaratildi. Klassikaning ilk davrida qahramonlar obrazlari bilan bir qatorda koʻtarinki
ruhdagi real obrazlar ham yuzaga keldi (Miron va boshqalar). Inson tanasini mukammal ishlanishi
yunon sanʼatiga umrboqiy gʻoyalar (goʻzallikning xunuklik ustidan gʻalabasi)ni ifodalash imkonini
berdi. Miloddan avvalgi 5-asr oʻrtalarida klassika sanʼati ("yuksak klassika" deb nomlangan)
gullab yashnadi. Perikl davrida Afina Elladaning siyosiy va badiiy markaziga aylandi. Vayron
boʻlgan Akropolda Fidiy boshchiligida mohir meʼmorlar va haykaltaroshlar ishladi: tasviriy
ansambllar hosil qilindi, yangi ibodatxonalar bunyod etildi, haykallar oʻrnatildi, goʻzallik va
uygʻunlik tarannum etildi (maʼbudlarning yuksak mavqei, tantanalarda viqor bilan yurishlari,
kentavrlar bilan olishuvlari va boshqalar). Ozod ellin fuqarolik ruhi, gʻoyaviy, axloqiy va jismoniy
mukammalligi Fidiy asarlarida, Parfenon bezaklarida, Poliklet haykallari, Polignot koʻzalari,
freskalar, terrakota haykallari, relyef va tangalarda yorqin ifodalangan.
Miloddan avvalgi 4-asr boshlarida yunon polislari demokratiyasi inqirozi bilan ayrim shaxslar
xohishi polislar xohishini siqib chiqardi. Diniy inshootlar qurish oʻrnini insonning kundalik hayoti
bilan uzviy bogʻliq boʻlgan inshootlar (palestr, teatr va boshqalar) qurish egalladi (jumladan, Epi
davrdagi teatr, miloddan avvalgi 350—330 va boshqalar).
Vazifasiga mos aniq kompozitsiyali yunon teatrlari jahon meʼmorligidagi tomosha inshootlarining
keyingi taraqiyotiga asos boʻldi. Memorial ansambllarda inson shaxsini abadiylashtirish anʼanalari
yuzaga keldi (mas, Galikarnasl&t maqbara, taxminan miloddan avvalgi 353). Tasviriy sanʼatda
inson xarakteriga qiziqishning ortishi haykaltaroshlik portretlarini rivojlanishini taʼminladi.
Afsonaviy kompozitsiyalarda kurash dramatizmi, insonning ruhiy qudrati va jismoniy shijoatini
tasvirlagan Skopas ijodida voqelikdagi qarama-qarshiliklar oʻtkir ifodasini topdi, bu jihatdan
Praksitel haykallari, Lisipp asarlari diqqatga sazovor.
Ellin davri (miloddan avvalgi 4-asr oxiri — 1-asr) yunon madaniyati mintaqalarining kengayishi
uning Aleksandr davlati va uning vorislari davlati tarkibiga kirgan xalqlar madaniyati bilan oʻzaro
qoʻshilishi bilan belgilanadi (qarang [[El[[
linizm
). Afina badiiy hayot markazi mavqeini yoʻqotdi.
Kichik Osiyoning yirik shaharlari yangi qarash (nuqtai nazar)larni yaratuvchiga aylandi, qurilish
beqiyos darajada oʻsdi, koʻplab muntazam tarhli yangi shaharlar yuzaga keldi (Istanbul va
boshqalar), yirik inshootlar qurildi (Istanbuldagi Faros mayogʻi), mahobatli meʼmoriy ansambllar
bunyod etildi (Pergamdagi Akropol) oddiy uydan bosh saroygacha boʻlgan turar joy tipi
shakllandi, anʼanaviy ichki hovli tarhli uylar ustunlar bilan oʻralgan peristilga aylantirildi. Elin
haykallaridagi qiyofalar qoʻrquv, davrni fojiaviy anglash bilan yoʻgʻrilgan. Ellin davri sanʼatiga


mintaqaviy maktablar, yoʻnalishlarning hamda badiiy obrazli masalalarning rangbarangligi xos:
haykal portretlar rivojlandi, klassikaning inson — fuqaro uygʻunligi oʻrniga buyuklarni ulugʻlash
qaror topdi. Ijtimoiy kelib chiqishi har xil boʻlgan odamlarga, ularning yoshidaga xarakterli
xususiyatlarga qiziqish ortdi. Yunoniston Rim tomonidan zabt etilishi bilan ellinlar sanʼati gʻoliblar
madaniyatining rivojlanishi bilan qoʻshilib, uni oʻzining koʻp asrlik anʼanalari bilan boyitdi,
shuningdek, oʻzining mustaqilligini ham yoʻqotib bordi.
Teatri — yunon dramasi va teatri Dionis sharafiga oʻtkaziladigan qishloq xoʻjaligi bayramlaridan
boshlangan. Uning asosida tabiatning qishki oʻlik mavsumi va bahorgi uygʻonish davri bilan
bogʻliq qadimiy yer egalarining oʻyinlari yotadi. Miloddan avvalgi 4—1-asrlargachaYunon teatri. 1.
Getera niqobi. 2. Tropik kahramonniqobi. 3. Andromedaning teatr libosidagi tasviri (vazadagi
rasm). 4. Tragik aktyor (fil suyagidan ishlangan haykalcha).dramatik chiqishlarda xor asosiy rol
oʻynagan. 6-asrning 2-yarmida alohida ijrochi — aktyor (dramaturgning oʻzi) paydo boʻldi. Esxil
sahnaga 2 aktyorni olib kirdi. Sofokl esa sahna dekoratsiyasida tasviriy bezaklardan keng
foydalandi, fojialarda 3 aktyor paydo boʻldi. Aktyorlar, asosan, niqob kiyib oʻynaganlar. Teatr
yunonlar hayotida alohida oʻrin egalladi. Ayniqsa, quldorlik davri gullagan paytda teatr ahamiyati
yanada ortdi. Teatr, asosan, 3 qism: orxestr, tomoshabinlar uchun joy va chodirdan iborat boʻldi.
Bulardan eng qadimiysi orxestryumaloq maydon boʻlib, unda aktyor va xor ijrochilari tomosha
koʻrsatganlar. Dastlab barcha tomoshabin orxestr atrofida oʻtirganlar, keyinchalik omma uchun
alohida joylar ajratilgan. Teatr binolaridan qadimiysi Afinadagi Dionis teatri binosi hisoblanadi.
Keyingi eng katta Afina teatri miloddan avvalgi 4-asrning 2-yarmida qurildi. Teatrda tragediya va
komediyadan tashqari mifologik syujetga ega satirik spektakllar ham qoʻyilgan. Dastlab ayollar
rolini erkaklar niqob kiyib ijro etgan, Esxil, Sofokl, Yevripid, Aristofan kabi buyuk dramaturglarning
ijodida Yu. quldorlik demokratiyasining ravnaqi va ziddiyatlari aks etdi. Mifologik syujetli
pantomimik raqslar keng tarqaldi. Ularda ayol aktyorlar ham qatnashdi. [[El[[
linizm
davrida
(miloddan avvalgi 3—1-asrlar) teatr Sharqda yunon madaniyatini targʻib qilishda asosiy
vositalardan biriga aylandi. Teatrlar nafaqat yirik savdo markazlarida, balki kichik shaharlarda
ham qurila boshladi. Dionis sharafiga oʻtkaziladigan bayramlarda tragediya va komediyalar
namoyish etildi. Qishloq komediyasi yoʻqola bordi. Yangi komediyalar (Menandr, Filemon va
boshqalar) oʻzaro hayotiy munosabatlarni, inson ichki kechinmalarini aks ettirdi. Miloddan
avvalgi 5-asrda Yu.da mimlarmaishiy va hajviy harakterdagi kichik sahnalar yuzaga keldi.
[[El[[
linizm
 davrida ilk bor professional aktyorlar ijod qildi. Aktyorlar uyushmasi paydo boʻldi. Bu
davrda aktyorlar katta hurmatga, yuridik huquqga ega boʻlganlar. Tomosha koʻrsatish uchun
aktyorlar hatto urush paytlarida ham xohlagan yerlariga borish, oʻzlari va narsalariga daxlsizlik
huquqi berilgan. Aktyorlarning oʻzlari esa har qanday harbiy xizmatdan ozod etilganlar (miloddan
avvalgi 3-asr boshlarida bu haqda maxsus qonun qabul qilingan). Yu. teatri jahon teatrining
rivojlanishida muhim rol oʻynadi.
Musiqasi. Yu. musiqasini badiy (mas, "Iliada" "Odiseya") va ilmiy (
Platon

Aristotel

Pifagor
,
Aristoksen
) meros hamda tasviriy sanʼat yodgorliklari orqali tasavvur qilish mumkin. Yu.da


musiqa sanʼati ijtimoiy hayotda muhim oʻrin olib, uni oʻrganish yoshlar tarbiyasi tizimiga kiritilgan,
qoʻshiqchilik va sozandalik boʻyicha turli musobaqalar oʻtkazilgan. Turli xalq qoʻshiqlari —
georgik (dehqonchilik bilan bogʻliq), epitalama (nikoh toʻylarida aytiladigan), trenos (yigʻi),
embateriy (harbiy) kabi janrlar, Apolon (pean), Dionis (difiramb, fallik^) va boshqalar xudolarga
bagʻishlangan aytimlar keng oʻrin olgan. Shoirxonanda (aed, rapsod — Homer va boshqalar)lar
oʻzi yaratgan epik qoʻshiqlar va dostonlarni cholgʻu (torlitirnama forminks va boshqalar)larni
chalib ijro etgan. Musiqaning odamlarga sehrli taʼsiri, mashhur xonanda va sozandalar (Olimp,
Marsiy, Orfey va boshqalar) faoliyatiga doir bir necha rivoyat va afsonalar bizgacha yetib
kelgan.
Olimp avlos chalish yoʻllarini hamda garmoniya (enarmonika) qonunlarini, lesboslik Terpandr
kifarani kashf qilganlar. Olimpning shogirdi kritlik Talet xor qoʻshiqchiligini kiritgan. Musiqa,
ayniqsa, xor qoʻshiqchiligi katta ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlib, vatanparvarlik ramzi darajasiga
koʻtarilgan. Harbiy (marshsimon) kuylari bilan birga lirika yoʻnalishidagi janrlar (mas, Sapfoning
ishqiy qoʻshiqlari, Pindarning gimn va odshtari, elegiya) rivoj topgan.
YU. tragediya va komediyasida musiqa muhim dramaturgik vazifalarni bajargan. Uning ijodkorlari
(Esxil, Frinix, Sofokl, Yevripid va boshqalar) kuylarni ham yaratib, dramatik asarlarga xor va
raqslar, yakka xonandalik shakllarini kiritgan. "Antigona" (Sofokl) tragediyasidagi xor Afinaning
milliy madhiyasiga aylangan. [[El[[
linizm
davrida katta cholgʻu ansambllar, organ kabi musiqa
cholgʻu asboblari paydo boʻlgan.
YU. musiqa madaniyatiga Kichik Osiyo hamda Yaqin Sharq xalqlari musiqa anʼanalari taʼsir etgan.
Oʻz navbatida, Yu. musiqasi hamda musiqa nazariyasi Sharq musiqa ilmi (Yunus alKotib, Ibn
Surayj, Ishoq alMavsiliy, Forobiy, alKindiy, AbulFaraj, Isfahoniy va boshqalar)da rivoj topgan. 9-
asrda Bagʻdodda Aristotel, Aristoksen, Nikomax, Ptolemey va boshqalarning koʻpgina musiqa
risolalari arab tiliga tarjima qilingan. Forobiy Aristotel tizimini, al-Kindiy yangi platoniklar
gʻoyalarini rivojlantirgan. Yunoniston musiqa nazariyasida qaror topgan tushunchalar (musiqa,
melodiya, ritm, gamma, monodiya, garmoniya, diatonika va boshqalar) hozirgi musiqashunoslikda
ham joriy etilmoqda.
Qadimgi yunon falsafasi


Soʻnggi tahrir 9 oylar avval Malikxan tomonidan amalga oshirildi
Vikipediya
Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Qadimgi_Yunoniston&oldid=21
68717
" dan olindi

Download 78,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish