Yunoncha aisthetikos hissiy idrok, sezgi voqyelikni hissiy ta'sirchan, emotsional o‘zlashtirish; estetik faoliyat qonuniyatlari to‘g‘risidagi fan, nafosatshunoslik



Download 3,77 Mb.
bet1/2
Sana25.04.2022
Hajmi3,77 Mb.
#581316
  1   2
Bog'liq
Эстетика

  • ESTETIKA (yunoncha aisthetikos - hissiy idrok, sezgi) – 1) voqyelikni hissiy ta'sirchan, emotsional o‘zlashtirish; 2) estetik faoliyat qonuniyatlari to‘g‘risidagi fan, nafosatshunoslik. Estetikaga oid dastlabki ta'limotlar miloddan avvalgi 2-3 ming yil muqaddam Qadimgi Misr, Hindiston, Xitoyda vujudga kelib, Qadimgi Yunonistonda Aflotun, Arastu, rimlik Lukretsiy, Goratsiy singari mutafakkirlarning asarlarida har tomonlama rivojlandi. O‘rta asrlarda Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda ham o‘ziga xos estetik g‘oyalar vu-judga keldi. Nizomiy, Sa'diy, Yusuf Xos Hojib, Navoiy, Behzod kabi san'atkorlar ijodida go‘zallik va ezgulikning uyg‘unligini tarannum etuvchi estetik tasavvurlar tarkib topdi. Shuningdek, tasavvufona qarashlar keng yoyildi.
  • O‘rta asrlar Yevropasida "ilohiy go‘zallik" (Avreliy Avgustin, Foma Akvinskiy) haqidagi tasavvurlar keng yoyildi. Uyg‘onish davri arboblari (Leonardo da Vinchi, L.Alberti, M.Monten, V.Shekspir, M.Servantes) tabiat bilan jamiyat mohiyatan go‘zaldir, san'atkor esa, tabiat va insonning go‘zalligini kuylashi kerak, degan estetik tamoyilni qo‘llab-quvvatladilar. Nemis mutafakkirlaridan Lessing, Gerder, shuningdek, Gyote, Shiller san'atda haqqoniylik g‘oyasini ilgari surdilar; Kant, Fixte, Shelling, Gegel kabi donishmandlar estetik tafakkur taraqqiyotiga samarali hissa qo‘shdilar. Chunonchi, Gegel estetika predmeti nafis san'atdagi go‘zallikdan iboratdir, degan g‘oyani ilgari surdi. XVIII asr o‘rtalarida nemis ma'rifatparvari Aleksandr Gotlib Baumgarten (1714-1762) "Poetik asarga doir ba'zi masalalar xususida falsafiy mulohazalar" (1735) asarida estetikani alohida fan deb hisobladi va uning san'atda yorqin namoyon bo‘lishini ko’rsatdi.
  • ESTETIK DID - voqyea-hodisalarning estetik sifatlarini idrok etish va baholash jarayonida olinadigan qoniqish yoki qoniqmaslik tuyg‘usi, estetik mezon. Estetik did insonning fikr-mulohazalari, xulq-atvori, xatti-harakatlari moddiy va ma'naviy ijod mahsulotlarida o’z ifodasini topadi. Estetik did zaminida go‘zallikni xunuklikdan ajrata bilish va undan beg‘araz shodlanish hamda lazzatlanish qobiliyati yotadi. Estetik did odamlarning dunyoqarashidan, ayniqsa, estetik qarashlaridan ajralmagan holda amal qiladi. Estetik bilimlar va qarashlar didda ifodalanishi uchun ular shaxsning ichki dunyosiga, idrok qilish jarayonining o‘ziga singib ketishi, shaxsning mustahkam e'tiqodiga aylanishi lozim. Estetik did o‘zida bevosita va bilvosita, hissiy va aqliy, yakka odam va jamiyat estetik didi qarama-qarshiliklari birligini mujassamlashtiradi.
  • Estetik didning ziddiyatli tabiati haqida dastlab Kant munosabat bildirgan edi. Kant nazarida did yakka odamga xos bo‘lgan insonning tug’ma qobiliyatidir. Did shu qadar yakka tartibda ifoda topadiki, uni hech qanday dalillar bilan inkor etib bo‘lmaydi. Did mulohazasi nihoyatda shaxsiy tabiatga molikdir. Shu boisdan ham "did to‘g’risida bahslashmaydilar". Lazzatlanish ob'yekti bo’lgan hissiylik, nafosat barcha uchun barobar darajada ahamiyatlidir, u faqat mazkur shaxsning o‘zigagina emas, balki hammaga yoqadi. Inson o‘ziga yoqqan narsalarni boshqalarga ham yoqadi deb o‘ylaydi. Demak, didlar uchun umumiy hisoblanadigan tomonlari ham bor. Shu sababli did to‘grisida bahslashish asoslilir. Kant ikkala mulohazani antinomiya sifatida ta'riflaydi. Inson amaliyotining boy va xilma-xilligi ma'naviy munosabatlarning ham boy va xilma-xil bo‘lishiga olib keladi, did esa, ularning eng muhim namoyon bo‘ladigan tuyg‘ularidan hisoblanadi. Alohida shaxsning estetik didi uning betakror hayotiy tajribasi zaminida shakllanadi
  • Tabiiyki, alohida tarbiya sharoitlari, hayotiy tajriba, tabiati va ehtirosi ta'siri ostida u yoki bu estetik qadriyatlar tabiat hodisalari, inson moddiy faoliyati mahsulotlari, badiiy qiymatlarga ko‘proq moyillik vujudga keladi. Estetik ong bilan badiiy ongni tenglashtirib bo‘lmaganidek, estetik did bilan badiiy didni ham tenglashtirish mumkin emas. Estetik did badiiy did bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘p jihatdan uning ustiga quriladi, lekin u bilan qo‘shilib ketmaydi. Badiiy va estetik did o‘rtasidagi tafovug ularning turlicha idrok etish ob'yektlariga ega bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Ikki did o‘rtasidagi farqni hisobga olish bilan birga, ularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘ymaslik lozim. Badiiy did hamma vaqt estetik didga asoslanadi, undan kelib chiqadi.
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish