3-mavzu
Falsafaning tarixiy-sivilizasion xilma-xilligi. G‘arb falsafasi
Reja:
1. Qadimgi Yunonistonda falsafiy tafakkurning paydo bo'lishi: Sokrat, Aflotun, Aristotel.
2. O'rta asrlar falsafasi: nominalizm, realizm. F. Akvinskiy ta'limoti. G'arbiy Evropaning
Uyg'onish davri falsafasi.
3. Hozirgi zamon va ma'rifat davri falsafiy ta'limotlari. Klassik nemis falsafasi.
4. Zamonaviy klassik bo'lmagan falsafa: asosiy yo'nalishlar va tendentsiyalar.
5. Sharq va G'arb falsafasining umumiy va maxsus jihatlari.
Qadimgi davr falsafasining yana bir silsilasi Yunoniston va Rimga tegishlidir. Bu davrdagi
falsafiy qarashlar — antik davr falsafasi deb yuritiladi. Unda Milet falsafiy maktabi, Eley
falsafiy maktabi, Suqrot, Pifagor, Aflotun, Arastu va boshqalarning falsafiy, tabiiy — ilmiy,
ijtimoiy — ahloqiy ta’limotlari o‘rganiladi.
Yunonistonda dastlabki falsafiy ta’limotlar
eramizdan avvalgi VII-VI asrlar o‘rtasida Milet shahrida yuzaga kelgan va rivojlangan.
Milet maktabi vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksimenlardir. Uning asoschisi Fales
(eramizdan avvalgi 624 — 547 yillarda yashagan). U Yunon fani va falsafasining asoschisi
bo‘lib, o‘z davrining yetuk siyosiy arbobi, jo‘g‘rofi, faylasufi bo‘lgan. Fales ta’limotiga
ko‘ra, tabiatdagi turli-tuman jism va hodisalar dastlabki ibtido — suvdan paydo bo‘lgan va
yana suvga aylanadi va bu moddiy birlik doimo o‘zgarishda bo‘ladi. Anaksimandr
(Falesning shogirdi) eramizdan avvalgi VII asr oxiri va VI o‘rtalarida yashab ijod etgan. U
«Tabiat haqida» asarini yozgan, biroq asar bizgacha yotib kelmagan. Fales olamning
asosiga suvni qo‘ygan bo‘lsa, Anaksimandr dunyo — cheksiz, gazsimon apeyrondan
iborat, issiqlik va sovuqlik, quruqlik va namlik apeyrondan ajralib chiqib, moddaning bir
holatdan ikkinchi holatga o‘tishini ta’minlaydi, deb hisoblagan. Uning ta’limotini
zamondoshi, shogirdi Anaksimen davom ettirdi. Anaksimen (eramizdan avvalgi 588-525
yillar) havo — olamning asosi, deb bilgan. Uningcha, havoning quyuqlashishidan suv, yer,
tosh kabi moddalar tashkil topgan, siyraklashishidan esa olov paydo bo‘lgan.
Yana bir yunon faylasufi Geraklit (eramizdan avvalgi 520-460 yillar) Kichik Osiyoning
g‘arbiy qirg‘og‘idagi Efes shahrida zargar oilasida dunyoga kelgan. U stixiyali dialektikaga asos
solgan, olov — olamning asosi, deb bilgan. uning fikricha, olamda hamma narsa harakatda.
«Oqar suvga bir soniyada ikki marta tushish mumkin emas, chunki suv har daqiqada yangilanib
turadi». Olamda turg‘unlik yo‘q. Harakat butun tabiatga, barcha jism va hodisalarga xosdir.
Abadiy harakat — abadiy o‘zgarishdir. Harakat qarama-qarshilik asosida sodir bo‘ladi. «Kurash
hamma narsaning otasi, hamma narsaning podshosidir», degan ekan Geraklit. Bundan Geraklit
kishilar o‘rtasida urushlarni targ‘ib qilgan ekan-da, deya xulosa chiqarish noto‘g‘ri. Geraklitning
fikricha, doimiy o‘zgarish, harakat va o‘zaro qarama-qarshi tomonlarga o‘tish — jismlar
sifatining nisbiyligi bilan bog‘liq. Masalan, dengiz suvi inson iste’moli uchun yaroqsiz bo‘lsa,
baliqlar uchun ayni muddaodir. Geraklitning qarashlari falsafiy tafakkur rivojiga katta ta’sir
ko‘rsatgan.
I. Qo'llanmalarni ko'rib chiqing
1.
Abdulla Sher. Axloqshunoslik. Darslik. -T.: UFMJ, 2010.
2.
Abdulla Sher. Estetika. Darslik. - T.:Uzbekiston, 2016.
3.
Pulatova D. , Izzetova E. Filosofiya. -T.: Sharqshunoslik, 2012. 340-b
4.
Nazarov Q.N. Bilish falsafasi. – T.: Universitet, 2005.
5.
Falsafa asoslari. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005.
6.
Falsafa. Axmedova M. tahriri ostida.-T.: UFMJ, 2006.
7.
Xusanov B. G’ulomov V. Muomala madaniyati. Darslik. - T.: Iqtisod- moliya, 2010.
8.
Sharipov M. Fayzixujaeva D. Mantik. -T.: Unversitet, 2007.
9.
Shermuxamedova N.A. Falsafa.-T.: Noshir, 2012. -1207 b.
10.
Shermuxamedova N. Falsafa va fan metodologiyasi.-T.: Universitet, 2005.
11.
Shermuxamedova N. Falsafa va fan metodologiyasi – T.: Axborot texnologiyalari,
2008.
12.
Shermuxamedova N.A. Gnoseologiya – bilish falsafasi. -T.:“Noshir”, 2011.
II. 5 betlik referat tayyorlang (bitta mavzuni tanlang). Referat mavzulari. Referatlarni
yuborishda shakli va mazmuniga e'tibor bering.
1. Foma Akvinskiyning falsafiy qarashlari.
2. Uyg'onish davri falsafasi.
3. Nikolay Kuzanskiyning falsafiy qarashlari
4. J. Brunoning falsafasi
5. Italiya Uyg'onish davri mutafakkirlarining asarlaridagi gumanizm
6. Yangi davr falsafasi: F. Bekon.
7. D.Lokk siyosiy falsafasining asosiy g'oyalari.
8. Ekzistensializm falsafasining mohiyati va o'ziga xosligi: S.Kierkegaard, K.Yaspers, J.P.
Sart.
9. Hayot falsafasi.
10. Post-pozitivizm va tanqidiy ratsionalizm falsafasi.
11. Axborot jamiyatining falsafiy tahlili.
12. Pragmatizm falsafasi.
13. M. Haidegger falsafasida metafizika, til va borliq asoslari.
14. J.P.Sartr falsafasidagi erkinlik va fojia.
III. 15 ta atama mavzusi bo'yicha GLOSSARI tayyorlang, ta'rif bering.
№
Atama
Ta'rif
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
11.
12.
13.
14.
15.
Do'stlaringiz bilan baham: |