T e s t – 05
-
Yunon afsonalariga ko’ra dastlab butun dunyo dengizlar bilan o’ralgan davrda ularning hukmdori kim bo’lgan?
A) Zevs B) Uran C) Atlas D) Okean
2) Aleksandr Makedonskiy tomonidan Doro III ning mag’lub etilishidan 200 yil avval…….
A) Forslar Bobilni zabt etishdi B) Frada qatl etildi
C) Kir II massagetlar ustiga yurish boshladi D) Kambiz Misrga yurish qildi
3) Frada qo’zg’aloni va uning bostirilishi haqida ma’lumot beruvchi manbani aniqlang.
A) Gerodotning “Tarix” asari B) Behistun bitiklari
C) “Avesto” D) Poliyenning “Harbiy hiylalar” asari
4) Tarixchi Poliyen qaysi davrda yashagan?
A) mil.av. II asrda B) mil.av. IV asrda C) milodiy II asrda D) mil.av. I asrda
5) Markaziy Osiyoda yashovchi qaysi qabila Marafon jangida fors qo’shinlari markazida muvaffaqiyatli urushgan edi?
A) massagetlar B) saklar C) baqtriyaliklar D) xorazmliklar
6) Qaysi davrda O’rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqalgan?
A) mil.av. I asrda B) mil.av. III-II asrlarda C) mil.av. V-IV asrlarda D) mil.av. VII asrda
7) Tarixiy voqealar qaysi javobda xronologik jihatdan to’g’ri ketma-ketlikda berilgan?
1. Fradaning qatl etilishi 2. Xeroneya jangi 3. Doro I ning saklar ustiga yurishi
4. Parfenon qurilishi 5. Salamin jangi 6. Arestotelning O’rta Osiyoga kelishi
A) 1,2,3,4,5,6. B) 3,1,4,5,2,6. C) 1,3,4,5,6,2. D) 1,3,5,4,2,6.
8) O’rta Osiyoda birinchi bo’lib A. Makedonskiy yo’lini to’sgan shahar - ………
A) Nautaka B) Maroqand C) Baqtra D) Bobil
9) A. Makedonskiy Maroqandni egallagach qaysi shaharga yurish qilgan edi?
A) Kurushkatga B) Panjob vodiysiga C) Nautakaga D) Zariaspga
10) Marg’iyona Antioxiyasi bu - ……..
A) Kurushkat B) Hirot C) Marv D) Balx
11) Mil.av. V-IV asrlarda Xorazmda bunyod etilgan va mahalliy hukmdor qarorgohi bo’lgan qal’ani aniqlang.
A) Tuproqqal’a B) Qal’aliqir C) Ko’zaliqir D) Jonbosqal’a
12) Mil.av. II asr oxirida …….
A) Xitoy qo’shinlari Dovon davlatini egalladi B) Xorazmda taqvim yaratildi
C) Xon sulolasi hukmronligi boshlandi
D) Qang’ qabilalarning eng qudratli davlat birlashmasiga aylandi
13) “Bu diyorda 70 tacha katta-kichik shahar bor; aholisining soni bir necha yuz mingga yetadi. O’q-yoy va nayzalar bilan qurollanishgan. Xalqi ot choptirib o’q otishga mohir” Xitoy sayyohi Chjan Syan yuqorida qaysi davlat to’g’risida so’z yuritgan?
A) Qang’ B) Dovon C) Kushon D) Ansi (Eron)
14) Sho’raboshat, Uchqo’rg’on kabi dehqonchilik vohalari qadimgi qaysi davlat hududida joylashgan?
A) Dovon B) Qang’ C) Kushon D) Xorazm
15) Mil.av. V-IV asrlarga oid xum sirtiga chekilgan xorazm yozuvi namunalari qayerdan topilgan?
A) Qo’yqirilganqal’adan B) Ayritomdan C) Oybuyurqal’adan D) Surxko’taldan
16) Mil.av. III asrda O’rta yer dengizida hukmronlik uchun qaysi davlatlar o’rtasida urush boshlangan edi?
A) Rim-Yunoniston B) Yunon-Troya C) Fors-Yunon D) Rim-Karfagen
17) Yunon-Rim xudolari qaysi javobda bir-biriga mos ravishda ko’rsatilgan?
1) Zevs 2) Artemida 3) Poseydon 4) Gipnos 5) Dionis 6) Femida
a) Diana b) Morfey c) Yupiter d) Yustitsiya e) Baxus f) Neptun
A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e, 6-e. B) 1-c, 2-a, 3-f, 4-b, 5-e, 6-d.
C) 1-f, 2-c, 3-e, 4-a, 5-b, 6-d. D) 1-c, 2-e, 3-a, 4-b, 5-d, 6-f.
18) Yunon-Troya urushida yunonlarga yog’och ot yasashni kim maslahat qilgan edi?
A) Kohin Laokan B) Femistokl C) Odissey D) Axilles
19) Qaysi imperator vafotidan so’ng Rim imperiyasi ikki qismga ajralib ketgan edi?
A) Feodosiy B) Konstantin C) Romul Avgustul D) Trayan
20) Berilgan atamalarga mos kelmaydigan atamani aniqlang: Taran, Katapulta, Sagaris, Nika
A) Taran B) Katapulta C) Sagaris D) Nika
21) O’rta Osiyoda buddaviylikning tarqalishida dastlabki markaz bo’lgan manzilgohlarni aniqlang.
A) Eski Termiz, Ayritom, Dalvarzintepa B) Xolchayon, Oybuyurqal’a, Jarqo’ton
C) Surxko’tal, Sho’raboshat, Uchqo’rg’on D) Fayoztepa, Tuproqqal’a, Ershi
22) Bir yilda bo’lib o’tgan voqealarni aniqlang.
A) – Genrix Shlimann tomonidan Troya shahri harobalarining aniqlanishi
- Dyuperon tomonidan Avestoning fransuz tiliga tarjima qilinishi
B) – Amudaryo xazinasining topilishi
- Rixtgofen tomonidan “Ipak yo’li” atamasining fanga kiritilishi
C) - Olimpiya o’yinlarining to’xtatilishi
- Rim imperiyasining ikki qismga bo’linishi D) A,B,C.
23) Fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari quyidagi qaysi manzilgohdan topilgan?
A) Ayritomdan B) Xolchayondan C) Dalvarzintepadan D) Eski Termizdan
24) Buyuk Ipak yo’li savdosida O’rta Osiyoga ip-gazlama, paxta chigiti qayerdan keltirilgan?
A) Hindistondan B) Erondan C) Xitoydan D) Misrdan
25) Mil.av. 138 yilda Xitoy imperatori U-Di qanday maqsadda Chjan Syanni O’rta Osiyoga elchi qilib yuborgan edi?
A) Samoviy otlarni olib kelish uchun B) Qang’ davlatiga qarshi ittifoq tuzish uchun
C) Buyuk Ipak yo’lini ishga tushirish uchun D) Xunlarga qarshi ittifoqchi toppish uchun
26) Etrusklar Italiyaga qayerdan kelib o’rnashgan?
A) Yunonistondan B) Etrusklar Italiyaning tubjoy aholisi hisoblanadi
C) Kichik Osiyodan D) Sharqiy Yevropa va Uraldan
27) 24 harfdan iborat yunon alifbosi yaratilgan davrda……..
A) Avestoning ilk matnlari paydo bo’ldi B) Midiya davlati tashkil topdi
C) Yunonistonda turarjoylar va jamoat binolari toshdan qurila boshlandi
D) Etrusklar Italiyada 12 ta shahar-davlatga asos solishdi
28) Qadimgi lotin qabilalarini qo’shni qabilalar hujumidan himoya qiluvchi tabiiy to’siqni aniqlang.
A) mudofaa devorlari B) daryo va botqoqliklar
C) Vezuviy tog’i D) kuchli va muntazam armiya
29) Kandida – bu …….
A) Senatorlikka nomzod kishi B) o’rta maktab
C) oq-harir libos D) Rimdagi yetti tepalikdan biri
30) Qaysi javobda tarixiy xatolik mavjud?
A) Rim respublikasida qonun senatda muhokama qilinmasdan turib, xalq majlisi tomonidan qabul qilinmas edi
B) Rimda dictator cheklanmagan hokimiyatga ega bo’lgan, biroq olti oydan ortiq hukmronlik qilmagan
C) Konsullar rimliklarni sud qilish huquqiga ega edi
D) Rimda 14 yoshga to’lgan bolalar gimnastika bilan shug’ullangan
31) Qadimgi rimliklar e’tiqodida qaysi xudo xalqlar va davlatlar taqdirini boshqarib turgan?
A) Fortuna B) Yupiter C) Mars D) Merkuriy
32) Qadimgi rimliklar xudosi Yustitsiya o’ng qo’lida nima bilan tasvirlangan?
A) rul yoki shar B) torozi C) qilich D) qalqon
33) Boshqalariga nisbatan uzoq davom etgan jarayonni aniqlang.
A) Sin Shi-Xuandi maqbarasining qurilishi B) Puni urushlari
C) Yunon-fors urushlari D) A. Makedonskiyning harbiy yurishlari
34) Biror marta mag’lubiyatga uchramagan sarkardani aniqlang.
A) Gannibal B) Spitamen C) Kir II D) Tutmos II
35) Qadimgi Rimda respublika boshqaruvi qancha vaqt mavjud bo’ldi?
A) 460 yil B) 509 yil C) 540 yil D) 380 yil
36) Rim imperiyasining “Oltin asri” qaysi davrni o’z ichiga oladi?
A) mil.av. II asr B) milodiy II asr C) mil.av. I asr D) milodiy IV asr
37) Qaysi yili xunnlar Italiyaga bostirib kirgan edi?
A) 410 yilda B) 455 yilda C) 476 yilda D) 452 yilda
38) Qadimgi Rim tarixchilari berilgan javobni aniqlang.
A) Gerodot, Strabon, Demosfen B) Plutarz, Arestotel
C) Tit Liviy, Tatsit, Kursiy Ruf D) Gomer, Kursiy Ruf, Platon
39) Gomer “Iliada” dostonida yunonlarni qanday nomlagan?
A) ellinlar B) danaylar C) diadohlar D) varvarlar
40) Payg’ambar Iso qaysi daryoda cho’qintirilgan edi?
A) Po B) Stiks C) Iordan D) Nazaret
41) Qaysi ixtirodan so’ng Rimda inshootlar gumbaz shaklida ustunlarsiz quriladigan bo’ldi?
A) akveduk B) beton C) pishiq g’isht D) korinf uslubi
42) Afsonalarga ko’ra yer yuzidagi ilk inson – Odam Ato qayerga dafn etilgan?
A) Quddusga B) Nazaret shahriga C) Golgof tog’iga D) Kapitoliy tepaligiga
43) Yevangeliya (Injil) so’zining ma’nosi - ……….
A) O’qish B) Kitob C) Xudolar kalomi D) Xushhabar
44) Iso payg’ambarni o’lim jazosiga mahkum etishga majbur bo’lgan rim noibi kim edi?
A) Pontiy Pilat B) Iosif C) Konstantin D) Pompey
45) Qaysi geografik nom o’rniga Oltin Olov atamasi ham ishlatiladi?
A) Zarautsoy B) Zarautkamar C) Tyanshan D) Hindiqush
46) Rimda o’rta maktabga nisbatan qo’llanadigan atamani aniqlang.
A) palestr B) pedagog C) grammatika D) still
47) Rimlik qashshoqlar mehrini qozonishga intilgan Rim imperatorlari poytaxt aholisi uchun …………
A) termlar qurdirgan B) Kolizeyda teatr tomoshalari uyushtirgan
C) triumflar nishonlagan D) hayriya ishlarini yo’lga qo’ygan
48) G’arbiy Rim imperiyasining so’nggi imperatori Romul Avgustul kim tomonidan saroydan haydab yuborilgan edi?
A) Xunlar sardori Attila tomonidan B) Saroy soqchilari qo’mondoni tomonidan
C) Germanlar sardori Odoakr tomonidan D) Gotlar sardori Alarix tomonidan
49) Qaysi davlat hukmdorlari o’zlarini jahon hukmdori, poytaxtni esa “boqiy shahar” deb ta’riflaganlar?
A) Xitoy B) Misr C) Rim D) Yunoniston
50) 455 yilda Rimga bostirib kirgan vandallar qancha vaqt davomida shaharni talagan edi?
A) 8 kun B) 2 hafta C) 1 oy D) 1 hafta
51) Rim imperiyasining asoschisi bo’lgan hukmdorni aniqlang.
A) Yuliy Sezar B) Tarkviniy C) Konstantin D) Oktavian Avgust
52) Kanishka hokimiyat tepasiga kelishidan 20 yil o’tgach …….
A) Kaligula hukmronligi boshlandi B) Trayan Rim imperatori bo’ldi
C) Parfiyaliklar bilan bo’lgan jangda Rim sarkardasi Krass halok bo’ldi
D) Oktavian Avgust vafot etdi
53) Ma’lumki Rimda Vesta ibodatxonasida muqaddas olov saqlanib, vestachi kohinalar uni saqlab turishgan. Nima sababdan olov bu qadar ulug’langan?
A) olovni sun’iy hosil qilish imkoni bo’lmagani uchun
B) rimliklar e’tiqodida olovga sig’inish yuqori o’rinda turgan
C) chunki, olov yonib turar ekan davlat ham mavjud degan tushuncha mavjud edi
D) A,B,C.
54) Asar va uning muallifi to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.
1. “Arilar”, “Qushlar”, “Baqalar” 2. “Antigona”, “Shoh Edip” 3. “Forslar”
a. Sofokl b. Aristofan c. Esxil
A) 1-a, 2-b, 3-c. B) 1-c, 2-a, 3-b. C) 1-b, 2-c, 3-a. D) 1-b, 2-a, 3-c.
55) Dastlab qaysi hukmdor jangchilari o’z qalqonlariga xoch (+) tasvirini tushirib olgan va g’alabalarga erishgan?
A) Pontiy Pilat B) Konstantin C) Trayan D) Feodosiy
Do'stlaringiz bilan baham: |