Adabiy an’ana – dunyoni badiiy idrok etish, bilish sohasida davrdan-davrga, avloddan-avlodga o‘tib kelgan adabiy tajribalar: estetik qarashlar, tasviriy vositalar, tildagi obrazlilik, emotsionallik va uslubdagi rang-baranglik. O‘tmish yozuvchilarining ijod tajribasida sinalgan, ustuvor va muqim g‘oyaviy-badiiy boyliklarni yosh bo‘g‘in o‘z davri talabiga kura qayta ishlab, ijodiy rivojlantiradi. Adabiyot va san’atda an’ana tarixiy hodisa bulib, muayyan davr ijtimoiy-badiiy xususi-yatlarini aks ettiradi. O‘zbek adabiyoti eskirmagan, zamon sinovidan utgan, barhayot, ilg‘or an’anaga suyanadi. Ilg‘or Adabiy anʼana hamma vaqt novatorlikka chorlaydi. Binobarin an’ana va novatorlik orasida mantiqiy aloqa bor. Ularni bir-biridan ajratib, ham tasavvur qilib bo‘lmaydi. Biz uchun an’ana hisoblanadigan ko‘p g‘oya va mayllar uz vaqtida yangilik sanalgan. Mas, Nizomiy uchun qisman yan-gilik bo‘lgan "Hamsa" yaratish Navoiy uchun an’ana edi. Shu bilan birga Navoiy "Hamsa"si o‘tmishdoshlarining takrori, taqlidi emas. Unda zamonasining uziga xos g‘oyaviy-estetik masalalari yori-tilgan va "Hamsachilik an’anasi" yangi bosqichga ko‘tarilgan.O‘zbek mumtoz adabiyotida tazkira-chilik an’anasi ham mavjud edi. Alisher Navoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Fazliy kabi adiblar ayrim asarlarini Sharq tazkirachilik an’analariga qat’iy 180amal qilib yaratganlar. Zahiriddin Muhammad Bobo‘rning "Boburnoma" va Abulg‘oziy Bahodirxonning "Shaja-rai tarokima" kabi asarlari, Munis, Ogahiy, Bayoniy, Mirzaolim Mushriflarning tarixiy yilnomalari ham ma’lum adabiy-tarixiy an’analar asosida yaratilgan. O‘zbek adabiyotida 20-asrda vu-judga kelgan roman janrining rivojiga katta hissa qushgan Abdulla Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, O‘tkir Hoshimov, Omon Muxtorov va boshqa san’atkorlar ja-hon adabiyotidagi ilg‘or an’analarga su-yanganlar.Ortiqboy Abdullayev.
Adabiy an‟ana (traditsiya) dunyoning ijodiy o„zlashtirish davomida tajribada sinalgan estetik qarashlar, motiv, syujet, uslub va metod kabi hodisalarga munosabatda ularni yangi davr ijodkorlari tomonidan qabul etilib joriylanishi avvalgi davrlarda erishilgan ijodiy yutuqlar keyingi avlod tomonidan o„zlashtirilib davom ettirishga moyillik tug„ilgandagina u adabiy an‟anaga aylanadi. Uzoq davom etmagan yoki keying avlod adabiyotiga ta‟sir etib ular tomonidan ijodiy davom ettirilmagan hodisalar an‟anaga aylanmay qolib ketishi mumkin. Adabiyot tarixida “Hamsa” chilik an‟anasi xalq og„zaki ijodi an‟analari yoki bayonchilik an‟analari tarzida qo„llanilishi mumkin. Adabiy vorislik adabiy an‟ana bilan bir xil ma‟noda qo„llanadi. Vorislik deganda, an‟anaviy merosning davomiyligi unga egalik qilish salohiyati nazarda tutiladi. Voris an‟anani qabul qiluvchigina emas, balki uni ertangi kunga yetkazuvchi ko„rik hisoblanadi. An‟analar ko„proq milliy shakl va vositalar asosida namoyon bo„lar ekan, vorislik ham muayyan milliy adabiyotga nisbatan uning ishlatilish davomiyligi yoki mavjudlik shaklini saqlab qolishi bilan belgilanadi. Adabiy vorislik istilohi o„z ma‟no qamroviga adabiy ta‟sir izdoshlik tushunchalarini olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |