Mexanika
Mexanika [yun. mechanike (teche) —
qurol, inshoot] — tashqi kuch taʼsirida
jismning fazoda harakatlanishi va
muvozanatini oʻrganish bilan
shugʻullanadigan fan. Moddiy nuqta M.si,
moddiy nuqtalar tizimi M.si, mutlaq
qattiq jism M.si, gruntlar M.si va tutash
muhit M.si kabi boʻlimlarga, bularning har
qaysisi dinamika, kinematika va statika
boʻlimlariga boʻlinadi. M.ning mexanika
qonunlarini amaliy masalalar —
mashinalar, me-xanizmlar va boshqa
inshootlar yasashga tatbiq qilish bilan
shugʻullanadigan soxasi amaliy (tatbiqiy)
M. deb ataladi; inshootlar va ularning
qismlarini mustahkamlik va ustuvorlikka
hisoblash usullarini ishlab chiqish bilan
shugʻullanadigan sohasi qurilish M.si
deyiladi.
M. bilimlari kadimdan mavjud. Neolit va
jez davrida gʻildirak maʼlum edi, bir oz
keyin esa richag , polispast va boshqa
qoʻllanilgan. Qadimgi (miloddan avvalgi
3-asr) Misr exrom (piramida) lari, Bobil,
Xitoy, Xorazm, Sugʻdiyona va Eronda
saqlanib qolgan suv inshootlari ularni
qurishda richag , pona, qiya tekisliklardan
foydalanilganligini koʻrsatadi. Oʻrta
Osiyoda qadimdan charxpalak va
chigʻirdan foydalanilgan.
Nazariy M. dastlab Yunonistonda
(miloddan avvalgi 6—5 a.larda) paydo
boʻlgan deb hisoblanadi. "Mexanik
muammolar" asari M. boʻyicha yozilgan
eng qad. asardir (miloddan avvalgi 3-
asr). Bu asarning muallifi Aristotel, degan
taxminlar bor. Statikaning geometrik
yoʻnalishi Arximed (miloddan avvalgi 287
—212 yil) nomi bilan bogʻliq. Geronnkng
"Mexanika", "Pnevmatika", "Avtomatlar
haqida", "Belo-poyika" degan asarlari
tatbiqiy M.ga oid. Kinematika qoidalarini
ishlab chiqish bilan Yevdoks Knidskiy
(miloddan avvalgi 4-asr), Platon, Arximed,
Kalipi, Apolloniy, Pergayos, Gipparx,
Ptolemey shugʻullangan.
M. fanining bundan keyingi taraqqiyoti 9—
12-asrlarga toʻgʻri keladi. Bu davrda
Sharq allomalari Banu Muso (aka-uka)
lar, Sobit ibn Qurra, Abu Rayhon Beruniy,
Abu Abdulloh Yusuf elXorazmiy, Abu Ali
ibn Sino, Umar Xayyom, alhaziniy, Axmad
al-Fargʻ-oniy M. taraqqiyotiga salmoqli
hissa qoʻshganlar. M. ning bu davrdagi
taraqqiyoti — Aristotel, Geron,
Arximedlarning asarlarini tarjima qilish va
sharhlashdan boshlanadi. Abu Abdulloh
Yusuf alXorazmiy "Fanlar kaliti" asarining
2- kitobida M.ga bir bob ajratilgan. Sobit
ibn Qurra oʻzining "Karastun haqidagi
kitobi"da tarozida tortish nazariyasini
yoritgan. Beruniy, Umar Xayyom va al-
Xoriniylar metall va qimmatbaho toshlar
solishtirma ogʻirligini anikdash usullarini
ishlab chiqqanlar. Ibn Sino "Donishnoma"
asarining fizika boʻlimida qarakat haqida
chuqur fikr bildirgan. Yulduzlar harakatini
tushuntiruvchi kinematik modellar Sobit
ibn Qurra, ibn Sino va Beruniyning
koʻpgina risolalarida berilgan.
M. Yevropada Uygʻonish davrida yanada
kuchli taraqqiy etdi. Bu davrda M. fani
oldiga koʻpgina yangi masalalar qoʻyildi,
mas, jismning urilish kuchi, sna-
ryadlarning uchish nazariyasi, kemalar
chidamliligi, mayatniklar tebranishi va
boshqa Nazariy M.ning asosiy qonunlari
ham xuddi shu davrda ishlab chiqildi va
bunda Leonardo da Vinchi, N. Kopernik, I.
Kepler, G. Galiley, I. Nyutonning oʻrni katta
boʻldi. Nazariy M.da moddiy obʼyektlar
sifatida moddiy nuqta va mexanik
tizimlar (mas, mutlaq qattiq jism) olinadi.
Fazo, zamon va vaqt, kuch va massa,
inersial sanok sistemasi, oʻzgaruvchan
tutash mu-hitlar haqidagi tushunchalar
nazariy M.ning asosiy tushunchalaridir.
Galiley — Nyuton inersion qonuni, harakat
tenglamasi (Nyutonning ikkinchi qonuni),
taʼsir va aks taʼsirning tengligi haqidagi
qonun (Nyutonning uchinchi qonuni)
nazariy M.ning asosiy qonunlari
hisoblanadi. Bu qonunlardan mexanik
sistema harakatini tekshirishda J. L.
Lagranjnit birinchi va ikkinchi tur
tenglamalari, U. R. Gamiltonnmt kanonik
tenglamalari, Gamilton — Yakobi
tenglamasi, Ap-pel tenglamalari,
dinamikaning umumiy teoremalari
chiqariladi. Shuningdek, K. F. Gaussshtt
kichik yoʻnalishlar prinsipi, Gamilton, B. S.
Yakobi, L. Eyler va Monertyunning
variatsion prinsiplari M.ning asosiy
prinsiplaridir. Harakat ustuvorligi
(turgʻunligi) nazariyasi osmon balli-stikasi
va osmon M.si — nazariy M. ning tatbiqiy
ahamiyatga ega boʻlgan sohalaridir.
Harakat ustuvorligi nazariyasi avtomatik
boshqarish texnikasi (samolyot va raketa,
kosmik kemalar parvozini boshqarish)
ning asosidir. Bu nazariya harakat
ustuvorligi shartlarini, texnik tizimlar
ustuvorligi xususiyatlarini oshirish
yoʻllarini koʻrsatadi, osmon ballistikasida
kosmik apparatlar harakatining
temperaturayektoriyasi hisoblab
chiqariladi.
Amaliy (tatbiqiy) M.da mexanik sistema
harakatini boshqarish usullari nazariy M.
ning umumiy qonunlari va prinsiplari
asosida koʻriladi, mexanik sistemaning
tegishli xususi-yatga ega boʻlish yoʻllari
aniqlanadi. Amaliy M. boshqariladigan
sistemalarni boshqarishda muhim rol
oʻynaydi. Boshqarish obʼyekti sifatida
mexanik xususiyatli obʼyektlar, mas,
oʻziyurar va uchar apparatlar (kemalar,
samo-lyotlar, raketa hamda vertolyotlar),
turli mashinalar (stanoklar, turbinalar,
elektr va elektron mashinalar, kuyish va
prokat mashinalari) va sinaluvchi
mexanik qurilmalar, rostlagichlar, reaktiv
dvigatellar va boshqa koʻriladi.
Deformatsiyalanuvchi qattiq jismlar,
gazeimon suyuq jismlar harakati tutash
muhitlar M.sida oʻrganiladi. Elastiklik va
plastiklik nazariyasi, gidrodinamika va
aeromexanika, gaz va toʻlqin dinamikasi
tutash muhitlar M.sining eng rivojlangan
sohalaridir. Tutash muxitlar M.sida qattiq
jism, suyuklik va gazlarnnng strukturasi
uzluksiz struktura deb, shuningdek,
tutash muxit hajmining har bir elementi
qoʻshni elementlar bilan oʻzaro taʼsirida
boʻladi, deb qaraladi. Magnit
gidrodinamikasp, aeroelastiklik
nazariyasi va yorilish nazariyasi tutash
muhitlar M.sining sohalari hisoblanadi.
M. koʻpgina muammolarni hal qilishda
asosiy omil hisoblanadi. Ulardan baʼzilari:
suvda katta (100 m/s va undan yuqori)
tezlikda harakat qiladigan jismlarga
qarshilik kuchini kamaytirish;
temperaturasi million gradusga yetadigan
plazmalar yaratish va ularni saqlash;
katta bosim hamda temperaturalar
taʼsiridagi materiallar Yaususiyatini,
portlash kuchining inshootlariga taʼsirini
aniqlash; havo aylanishi (sirkulyasiya) ni
tushuntirish; obhavoni oldindan aytish;
oʻsimlik va tirik organizmlardagi mexanik
jarayonlarni oʻrganish; oʻzgaruvchan
massali jismlar M. si, kosmik parvozlar
dinamikasi, plazmalarning magnit
maydonidagi harakati va boshqa Yulduz
evolyusiyasi va Quyoshda sodir
boʻlayotgan hodisalar bilan bogʻliq
masalalarning koʻpchiligi klassik
mexanika sohalarida, mas, kvant M.,
statistik fizika, elektrodinamika va
boshqalarda qaraladi.
Katta tezlikda harakatlanayotgan
sistemaga oid hodisalarni klassik M.
qonuniyatlari asosida tushuntirib
boʻlmaydi. Bu hodisalar A. Eynshteynning
relyativistik M.sida qaraladi. Atom va
yadrodagi hodisalar kvant M.da berilib,
unda mexanik masalalarni matematik
masalalarga keltirish usullari koʻriladi.
Lekin M. ning har qanday masalasini
matematika yoʻli bilan hal etib boʻlmaydi.
Bunday hollarda masalalar har xil
mexanik gipoteza va intuitsiyalar asosida
takriban yechiladi. M. fani taʼsirida
matematikaning qator sohalari taraqqiy
etdi.
Mac, kompleks oʻzgaruvchi funksiyalar
nazariyasining baʼzi sohalari, xususiy
hosilali tenglamalar nazariyasi va boshqa
Fizika va M. masalalari orasidagi
oʻxshashliklarni aniqlashda
matematikaning roli katta. Mas, M.dagi
tebrangichlar (mayatnik) bilan fizikadagi
tebranish konturlari orasidagi oʻxshashlik
shular jumlasidan. M. ning koʻp
masalalari magnit maydonida
plazmalarning harakatlanishi bilan bogʻliq
(magnit gidrodinamika).
Gidrodinamikayaya koʻpgina muhim
masalalalar aviatsiyadagi katta tezliklar,
ballastika, turbosozlik va dvigatelsozlik
muammolari bilan bogʻlangan.
Oʻzbekistonda M. sohasida mashina va
mexanizmlar, konstruksiya va
inshootlarning mustahkamligi, binolarning
seysmodinamikasi, koʻp fazali va koʻp
komponentli muhitlar, gazlamalarning
pishiqligi, parashyutlar nazariyasi,
paxtachilik kompleksidagi mexanizmlar,
qobiklar nazariyasi, iqtisodiy kibernetika,
tutash muxitlar mexanikasiga doyr va
boshqa sohalarda i.t. ishlari olib boriladi.
Oʻzbekistonda M. muammolariga doyr
i.t.lar Oʻzbekiston FA Mexanika va
inshootlarning seysmik mustaxkamligi
instituti, Matematika instituti,
"Kibernetika" ilmiy ishlab chiqarish
birlashmasi, Oʻzbekiston milliy unti,
Toshkent texnika unti, Avtomobil
transporti va yoʻllari instituti,
viloyatlardagi universitetlarda olib
boriladi. M.ning rivojlanishiga oʻzbek
olimlari M. Oʻrozboyev, X. Raxmatullin, H.
Usmonxoʻjayev, M. Hojinova, V. Krbulov, T.
Rashidov, J. Fayzullayev, I. S. Arjanix, M.
F. Shulgin, A. D. Glushchenko, O. V.
Lebedev, S. Qodirov va boshqa oʻz
hissalarini qoʻshishgan.
Tursun Rashidov, Abror
Noʻʼmonxoʻjayev.
[1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-
yil
Manbalar
Soʻnggi tahrir 2 yillar avval Malikxan tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Mexanika&oldid=2047239
" dan
olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |