Klassik mexanika - fizikaning makroskopik jismlar harakatini oʻrganuvchi sohasidir. U fan va texnikaning eng qadimiy va katta sohalaridandir. Klassik mexanika baʼzan Nyuton mexanikasi bilan adashtiriladi, biroq u klassik mexanikaning xususiy holidir. Relyativistik mexanika - fizika boʻlimi; tezliklari yorugʻlikning vakuumdagi tezligiga yaqin boʻlgan jismlar harakatini oʻrganadi. R.m: yoki "katta tezliklar mexanikasi" 1905-yilda A. Eynshteyn yaratgan nisbiylikning maxsus nazariyasida fazo va vaqt tushunchalarini qayta koʻrib chiqilishi natijasida vujudga kelgan. Relyativistik mexanikada berilgan jism massasi uning harakat holatiga bogʻliq
Do'stlaringiz bilan baham: |