"Yulduzli tunlar" romani bo'yicha testlar (1-son)


D) A va В javoblar to’g’ri



Download 220 Kb.
bet29/29
Sana12.04.2022
Hajmi220 Kb.
#546800
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
YULDUZLI TUNLAR MUKAMMAL

D) A va В javoblar to’g’ri
15. Bobur: «Vatanimga o‘zim qaytolmasam ham, asarlarim qaytmog’i mumkin. Endigi orzum - men tug’ilgan yurtimga qilolmagan farzandlik xizmatimni asarlarim qilsa...», - degan armonlarini kimga aytgan?
A) Xondamirga B) Mohimga
C) Humoyunga D) Tohirga
16. Shayboniyxon Shoh Ismoilga elchilari orqali nimalarni
sovg’a qilib jo’natadi?
A) o’lik qush jasadi va tuxum
B) kashkul va hassa
C) kamon o’qi va suyak
D) chavgon to’pi va cho’pi
17. Shayboniyxon qizilboshlarga qarshi qaysi sarkardalarsiz jang qiladi?
A) Ko’pakbiy va Qambarbiy
B) Ko’pakbiy va Ubaydulla Sulton
C) Qambarbiy va Temur Sulton
D) Temur Sulton va Ubaydulla Sulton
18. Shoh Ismoil Shayoniyxonning somon tiqilgan boshini
kimga “sovg’a” qilib yuboradi?
A) Temur Sultonga B) Ubaydulla Sutonga
C) Boyazid II ga D) Boburga
19. Hurramshoh kim edi?
A) Shayboniyxonning jiyani
B) Xadichabegimning nabirasi
C) Xonzodabegimning o’g’li
D) Ibrohim Lo’diyning oshpazi
20. “O’lging kelsa, Qunduzga bor” maqoli qaysi xalqqa
tegishli?
A) hindlarga B) afg’onlarga
C) tojiklarga D) turkmanlarga

1. Asar qahramoni Tohirning otasi tushdagi qonni qanday ta'bir qiladi?


a) ezgulik
b) yorug'lik
c) qorong'ulik
d) g'am-tashvish
2. Abubakir dug'lat ismli bosqinchi qayerga bostirib kelmoqda edi?
a) Qashqar
b) Xo'jand
c) O'zgan
d) Axsi
3. Asardagi "buzdil" so'zining ma'nosi?
a) qo'rqoq
b) ko'ngli buzuq
c) musulmonlikdan chiqqan
d) alg'ov-dalg'ov
4. Kim Umarshayx mirzoning vafotida o'zini ayblaydi?
a) Qorako'z begim
b) Qutlug' Nigorxonim
c) Eron Davlat begim
d) Fotima Sulton begim
5. Asarda uchraydigan "O'zing uchun o'l yetim" degan gap kimga tegishli?
a) Tohir
b) Umrzoq
c) Mahmud
d) Fazliddin
6. "Bir yog'och" taxminan necha chaqirimga teng?
a) 10
b) 17
c) 12
d) 16
7. ... - podshohning xos chodiri.
a) Bura
b) Xirgoh
c) Borgoh
d) Bug'ra
8. Boburning qo'shini Samarqandni qamal qiladi va bu qamal Boysunqur mirzoning yaqin odamlari bilan yashirincha qochib ketganidan so'ng tugaydi. Samarqandliklar qancha vaqt qamal azobida qoladilar?
a) 7 oy
b) 8 oy
c) 10 oy
d) 12 oy
9. "Ilm-u hunar ahliga tig' tortish uyat!" deb kim aytadi?
a) Bobur mirzo
b) Xonzoda begim
c) Jahongir mirzo
d) Ali Do'stbek
10. "Fatorat" so'zining ma'nosi nima?
a) sotqinlik
b) sharmandalik
c) jur'at
d) alg'ov-dalg'ov
11. Kim Bobur mirzoning pinjiga kirib olib, undan dorug'alikdan ham kattaroq inoyatni kutayotganini bildiradi?
a) Qosimbek
b) Yuzboshi
c) Ali Do'stbek
d) Xo'ja Abdulla
12. Bobur Samaraandga 240 kishilik lashkari bilan tavakkal qilib kelgan bir paytda Shayboniyxonning lashkari qancha bo'lgan?
a) 5-6 ming kishi
b) 2-3 ming kishi
c) 2 ming kishi
d) 10 ming kishi
13. Tohir Robiyani qancha muddatdan keyin topadi?
a) 7yil
b) 5yil
c) 4yil
d) 6yil
14. Bir muhmal uchun buncha inoya bo'ldi,
Musta'mal agar desam nelar bo'lg'usidir!
Bu yerda "muhmal" so'zi qanday ma'noda ishlatilgan?
a) noaniq
b) hom
c) pishiq
d) mukammal
15. Qaysi so'z "temir qo'rg'on" ma'nosini beradi?
a) Ko'hak
b) Musta'mal
c) Dabusiya
d) Saripul
16. Shayboniyxondan sulh tuzish taklifi kelganini Boburga kim aytadi?
a) buvisi
b) darvish
c) Qosimbek
d) onasi
17. Yarim tunda Bobur bilan Shayxzoda darvozasiga yig'ilganlar orasida kim yo'q edi?
a) Tohir
b) Oyisha begim
c) Robiya
d) Xonzoda begim
18. Kimning laqabi "Qorako'z begim" edi?
a) Oyisha begim
b) Xonzoda begim
c) Qutlug' Nigorxonim
d) Roziya Sulton
19. Qutb valiysining karomatidan so'ng, kimning nomiga "Hizabrulla" unvoni qo'shib aytilgan?
a) Zunnunbek
b) Badiuzzamon mirzo
c) Bobur mirzo
d) Muzaffar mirzo
20. Kim Boburga " Sizdek mard podshohni umrimda birinchi ko'rishim deb aytadi?
a) Mirzoquli
b) Sulton
c) Tohir
d) Mamat
21. Mahfuri - ...?
a) lavozim turi
b) gilam
c) qal'a
d) daryo nomi
22. Shoh Ismoil Marvni qamal qilayotib ishlatgan harbiy nayrangni Shayboniyxon qachon ishlatgan edi?
a) 10 yil oldin
b) 11 yil oldin
c) 12 yil oldin
d) 13 yil oldin
23. Mohim begim qayerlik edi?
a) Xuroson
b) Hirot
c) G'azna
d) Marv
24. Muhammad payg'ambardan qolgan davlatga birinchi bo'lib kimni xalifa qilib ko'taradilar?
a) Umar
b) Abubakir
c) Ali
d) Usmon
25. Ulamolar Boburga o'g'li Humoyun tuzalib ketishi uchun eng suyukli narsangizni qurbon qilishingiz, ya'ni baxsh etishingiz kerak deganda nimani nazarda tutishgan bo'lishadi?
a) o'z jonini
b) Ko'hinurni
c) sevimli otini
d) sevimli kanizagini
26. Boburning erishayotgan g'alabalari sharafiga uyushtirilayotgan ichkilik bazmlari birinchi marta qayerda boshlangan edi?
a) Qunduz
b) Samarqand
c) Urganch
d) Qorako'l
27. Ey mug‘bachai dahr, bideh jomi mayam,
Ki omad zi nizoyi sunni-yu, shia qayam.
Go‘yandki, Jomiyo, chi mazhab dori?
Sad shukrki, sagi sunni-yu, xari shianayam!
Asarda keltirilgan ushbu o'tkir ruboiy kimning qalamiga mansub?
a) Alisher Navoiy
b) Zahiriddin Muhammad Bobur
c) Abdurahmon Jomiy
d) to'g'ri javob yo'q
28. Ozar ila necha guftigo‘ qilg‘aysiz,
Ozurda bo‘lurni justiju qilg‘aysiz.
Munchaki ko‘ngullarga yetishdi ozor,
May bila magarki shustisho‘ qilg‘aysiz.
Ushbu parchada keltirilgan "justiju" so'zining ma'nosi nima?
a) gaplashish
b) yuvish
c) qidirish
d) dil g'uborini yuvish
29. "Chunki shu vaqtgacha turkiy tilda bitilgan eng ulug‘ she’riy asar «Xamsa» bo‘lsa, shu vaqtgacha turkiy tilda bitilgan eng ulug‘ nasriy asar, menimcha, «Boburnoma» bo‘lg‘usidir."
Asardan olingan ushbu so'zlar kimga tegishli?
a) Tohir
b) Qosimbek
c) Fazliddin
d) Xondamir
30. Qaysi javobdagi huduga Tohir «Boburnoma»dan ko‘chirilgan nusxalarni eltib topshirmagan?
a) Samarqand
b) Toshkent
c) Andijon
d) Urganch

1. Dili o'zining sulolasi vakili - Mahmudxonda bo'lgan Shayboniyxonning yoshi nechada edi?


A) 32
B) 42
C) 34
D) 36
2. Amir Temur Mo'g'uliston xonlariga qarshi necha marta yurish qilgan?
A) 10 marta
B) 7 marta
C) 9 marta
D) 12 marta
3. Maxmudxon Tilba sulton bilan tuzilgan ahdnomaga ko'ra necha ming kishilik qo'shinini Ahmadbekka yordamga yuboradi?
A) 4
B) 6
C) 10
D) 5
4. Tilba sultonning Maxmudxonni Ahmad Tanbalga yordam uchun lashkar jo'natishga ko'ndirgani haqidagi maxfiy axborotlarni Bobur mirzoga kim aytadi?
A) Ali Do'stbek
B) Qosimbek
C) Tohir
D) Eson davlat begim
5. “O’lsam, tekis yerga dafn qilinglar, qabrim ustidan mingta ot yurib o’tsin, toki ko’milgan joyimni hech kim topa olmasin!” Asardan olingan ushbu so’zlar kimga tegishli edi?
A) To’xtamishxon
B) Chingizxon
C) O’g’izxon
D) Chig’atoyxon
6. Bobur 18 yoshda, Oyisha begim necha yoshda edi?
A) 14 yosh
B) 15 yosh
C) 16 yosh
D) 17 yosh
7. Bobur va Oyisha begim o’tirgan dasturxonga choshnagir ayol qanday kabob keltiradi?
A) Buzoq go’shtli
B) Kiyik go’shtli
C) Qo’y go’shtli
D) Tovuq go’shtli
8. Tog’ning boshi qorsiz bo’lmas, yigitning boshi - …
A) Yovsiz
B) Dushmansiz
C) Xatarsiz
D) Xavfsiz
9. Bobur Samarqandga jangga ketganda Oisha begim nimani afzal ko’radi?
A) U bilan Samarqandga borishni
B)O’ratepada jang tugaguncha kutishni
C) Toshkentga ketishni
D) Andijonda qolishni
10. Sulton Ali mirzoning “ O’g’rini qaroqchi urganday bo’lubdur” degan gapi kimga qarata aytilgan edi?
A)Muhammad Sulton
B) Mamadali kitobdor
C) Abu Yusuf Arg’un
D)Xo’ja Yahyo
11. Quyidagilardan qaysi biri to’g’ri emas?
A) Sulton Ali mirzo fitnachi beklarni qo’lga olishni buyurdi
B) Sulton Ali mirzo onasini to’xtatishiga qaramay So’zangaron darvozasiga bordi
C) Muhammad Sulton fitnachi beklarning hovlilarini talashda bevosita ishtirok etishga ruxsat oldi.
D) Yarim tunda Abu Yusuf va Muhammad Sultonning navkarlari Bobur lashkarini kamondan o’qqa tutishdi
12. Zuhra begim tuni bilan uxlolmaydi va nimalar haqida o’ylaydi?
A) Boburning Samarqandni yana qamal qilishi mumkinligi haqida
B) Xo’ja Yaxyo xalqqa fatvo berib qo’zg’olon ko’tarishi mumkinligi haqida
C) Shayboniyxon unga maxfiy xabar yuborgani va unga uylanmoqchi ekani haqida
D) Barcha javoblar to’g’ri
13. Nima uchun Zuhra begim Shayboniyxonning unga uylanmoqchi ekani Samarqandni jangsiz olish uchun deb o’yladi?
A) Ko’chadan ayol qichqirig’ini eshitgandan so’ng birdan shu fikr hayoliga keldi
B) Maxfiy ayg’oqchilar xabar keltirishdi
C) O’g’li bilan suhbatlashganda o’g’li unga shunday dedi
D) To’g’ri javob yo’q
14. Sulton Ali mirzo Shayboniyxonning qopqoniga tushganini qachon anglaydi?
A) Shayboniyxon unga to’rdan emas, quyidan joy ko’rsatganida
B) Onasini ham Chilustun ko’shkiga taklif qilganida
C) Onasi bilan Xo’ja Yahyo ham kelishi kerakligini aytganida
D) Uni adovatli beklar bilan tashlab chiqib ketganida
15. “Xiyonat yo’li bilan obro’ orttirgan beqaror turk” kim edi?
A) Qambarbiy
B) Muhammad Solih
C) Abu Yusufbek
D) Ko’pakbiy
16. Shoir Muhamad Solih qayerda o’sgan?
A) Andijonda
B) Samarqandda
C) Xorazmda
D) Toshkentda
17. Zuhra begim Shayboniyxonga yozgan maktubida maktub boshida unga qaysi ta’rifni ishlatmaydi?
A) Iskandari soniy
B) Hazrati imomi zamon
C) Halifai rahmon
D) To’g’ri javob yo’q
18. Mulla Abdurahimning temuriylar haqida gapirgan gaplari orasida quyidagilardan qaysi bir yo’q edi?
A) Abdullatifning o’z otasi Ulug’bekni o’ldirtirgani
B) Husayn Boyqaroning o’z nevarasi Mo’min mirzoni o’ldirtirgani
C) Mahmudxonning kirdikorlari
D) Bobur mirzo va Jahongir mirzoning o’rtasidagi munosabat
19. Shayboniyxonning nazdida temuriylar saltanatining ichdan yemirilish sababi nima edi?
A) Mahmudxonning kirdikorlari
B) Diniy rahbarlar o’zalaricha mustaqil hukmdor bo’lib olishgani
C) Beklarning bir-biri bilan kelisha olmasligi
D) To’g’ri javob yo’q
20. “Yaxshi bo’lsa oshini yer, yomon bo’lsa boshini!” Shayboniyxon tomonidan aytilgan ushbu so’zlar kimga qarata aytilgan edi?
A) Zuhra begimga
B) Zuhra begimning o’g’liga
C) Temurxonga
D) Beklaridan biriga
21. Samarqandga kirish arafasida Shayboniyxonning qo’shini qancha edi?
A) 4 mingta
B) 5 mingta
C) 6 mingta
D) 10 mingta
22. Zuhra begim kimga nikohlab beriladi?
A) Shayboniyxonga
B) Muhammad Solihga
C) Ko'pakbiyga
D) hechkimga
23. Noto'g'ri javobni toping?
A) Xo'ja Yahyoni yo'lda o'ldirishadi
B) U bilan birga bo'lgan ayollarni ham o'ldirishadi
C) Ahmad mirzoni ham o'ldirtirishadi
D) Zuhra begim o'z o'g'lining boshsiz tanasini tobutda ko'rib, kallasiga mushtlarini urib yig'laydi
24. Bobur o'zining 4 ta ishonchli navkarini dehqon qiyofasida qayerga yuboradi?
A) Feruza darvozasi oldiga
B) G'ori Oshiqon degan jarlikka
C) Fondaryo bo'ylariga
D) Puli Mag'oq ko'prigi oldiga
25. Qo'rg'onga tiralgan narvondan kim birinchi chiqadi?
A) Qosimbek
B) Bobur
C) No'yon Ko'kaldosh
D) Tohir
26. Bobur Chorraxa darvozasini egallash uchun navkarlarining bir qismini kimga qo'shib jo'natadi?
A) No'yon Ko'kaldoshga
B) Tohirga
C) Qosimbekka
D) O'zi boradi
27. Novvoylik rastasi oldida nima bo'ladi?
A) Tohir toshbo'ron bo'layotgan xon navkarlarini hammasi o'lib yotganini ko'radi
B) Novvoydan non olib ketadi
C) Robiyani ko'rib qoladi
D) Mamat ismli kishini ko'rib qoladi
28. Tohir Roiyani qayerdan topadi?
A) Shahar dorug'asi tortib olgan Xo'ja Yahyoning uyidan
B) Xon saroyidan
C) Fozil Tarxonning uyidan
D) Olomon orasidan
29. Tohir Robiyani qancha izlaydi?
A) 3 yil
B) 4 yil
C) 5 yil
D) 6 yil
30. Robiya Fozil Tarxonning nechanchi xotini edi?
A) 1-xotini
B) 4-xotini
C) 5-xotini
D) 7-xotini
31. Navoiy Boburga yozgan maktubida nima haqida yozmagan edi?
A) Uni Samarqandni munosib hamla bilan olgani haqida
B) Uning she'r yozishga qiziqishini bir me'mordan eshitgani haqida
C) Uni avval ham Samarqandni bir marta olgani haqida
D) Boburni ijodidan namunalar o'qimoqchi ekanligi haqida
32. Kim Boburni boshqalardan-da ulug'lab, unga hazratim deb murojaat qilardi?
A) Oyisha begim
B) Xonzoda begim
C) Qutlug' Nigorxonim
D) Qosimbek
33. "Agar o‘sha yili...
...da men rozi bo‘lsam, ehtimol keyin Ahmad Tanbal sizga buncha yog‘iylik qilmas edi." Xonzoda begim nomidan aytilgan ushbu jumlalarni to'ldiring.
A) Axsi
B) Andijon
C) O'sh
D) O'ratepa
34. Bobur "Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir..." deb boshlanuvchi ruboiysini yozayotganda uni nima sababdan bezovta qilishadi?
A) Binoiy kelgani uchun
B) Onasi, singlisi va ayoli O'ratepadan kelgani uchun
C) Navoiydan maktub kelgani uchun
D) Boshqa ellardan unga g'alaba qultovi kelgani uchun
35. Bobur "Shu qiyomatlik qarzni uzmaguncha, Samarqanddan qo‘zg‘almaymen!" deb qaysi qarz haqida aytadi?
A) Samarqand ahliga Andijondan yegulik va urug'lik keltirib bermoqchiligi uchun
B) Binoiyga Tarixi arba ulus kitobini ko'chirtirgani uchun
C) Binoiyga "Majmuati Rashidi" kitobini ko'chirtirgani uchun
D) To'g'ri javob yo'q
36. "Bir muhmal uchun muncha inoyat bo‘ldi,

Musta’mal agar desam nelar bo‘lg‘usidir!"


Parchadagi "muhmal" so'zining ma'nosi nima?
A) xom
B) noaniq
C) pishiq
D) mukammal
37. Binoiy Bo'stonsaroyga 2-marta qachon keldi?
A) 1 kundan keyin
B) 2 kundan keyin
C) 1 haftadan keyin
D) 2 haftadan keyin
38. Quyidagulardan no'to'g'ri javobni toping?
A) Bazzozlar ko'k ro'molga "Nozi Alisheriy" deb nom qo'yib sotdilar
B) Ba'zilar arzimagan narsalarga ham "Alisheriy" deb nom qo'yib pul ishladilar
C) Binoiy eshagini egariga "Alisheriy" deb nom qo'ydi
D) Binoiy o'z eshagiga "Alisheriy" deb nom qo'ydi.
39. "Temir qo'rg'on" ma'nosini beruvchi so'z?
A) Darg'om
B) Chaqardiza
C) Dabusiya
D) Rum
40. Bobur Shayboniyxon bilan jangga kirish uchun qayerdan yordam kelishini kutayotgan edi?
A) Andijon, Qo'rg'ontepa
B) Toshkent, Andijon
C) Shahrisabz, Toshkent
D) Yordam kutmayotgan edi
41. Shayboniyxon nima uchun eng uchqur va chopqir otlarni saralab olgan edi?
A) Jangda yengilganda tezroq qochish uchun
B) Samarqandga tezroq yetib borib, uni egallash uchun
C) To'lg'ama usulidan foydalanish uchun
D) Tezroq qo'rg'onga qaytib ketish uchun
42. Boburni chekinayotganini ko'rgan Shayboniyxon navkarlariga nima deydi?
A) Boburni tirik yo o'lik keltirganga bo'yi barobar oltin berishini
B) Uning boshini keltirganga bo'yi barobar oltin berishini
C) Uni o'zi o'ldirmoqchi ekanini
D) Uni chekinganiga g'alaba qilishganini e'lon qiladi
43. Asad oyi kirgan paytda Samarqand qanchadan beri qamalda edi?
A) 5 oy
B) 3 oy
C) 4 oy
D) 7 oy
44. Mamat 3-4 ta eski kosib oshnasi bilan qo'rg'ondan tashqariga meva terish uchun chiqqanda, Ko'pakbiy va uning lashkarlari boshqa meva o'g'irlagani chiqqanlarga ibrat bo'lsin, deb ularni qanday jazolashadi?
A) hammasini qulog'ini kesishadi
B) hammasini burnini kesishadi
C) 3 tasini burnini, 2 tasini qulog'ini kesishadi
D) 2 tasini burnini, 3 tasini qulog'ini kesishadi
45. Bobur Qosimbek va Tohir bilan kelishib, yov halqasini yorib chiqishga qaror qilishdi va qaysi darvozada yov kuchlari zaif ekanini aniqlashdi?
A) Shayxzoda
B) Feruza
C) Ohanin
D) Chorraha
46. Shayboniyxondan sulh taklifi kelganini Boburga kim birinchi bo'lib aytadi?
A) Qosimbek
B) Tohir
C) buvisi
D) onasi
47. Xonzoda begim Shayboniyxonning taklifiga ko'ngani haqida kim aytadi?
A) Qosimbek
B) Tohir
C) buvisi
D) onasi
48. Yarim tunda Shayxzoda darvozasiga yig'ilganlar orasida kim yo'q edi?
A) Qutlug' Nigorxonim
B) Xonzoda begim
C) Robiya
D) Oyisha begim
49. Toshkent qo'rg'onining nechta darvozasi bor edi?
A) 9 ta
B) 10 ta
C) 12 ta
D) soni berilmagan
50. Bobur 50 tacha askari bilan Maxmudxon saroyiga borib, lashkarning qolgani ularni qayerda kutib turishi kerak edi?
A) O'ratepa
B) Shayhantohur
C) O'qchi
D) Qoratosh
51. Shayboniyxonning elchisini aytishicha, u qayerni egallamoqchi emasdi?
A) Hisor
B) Farg'ona
C) Xuroson
D) Eron
52. Oyisha begim farzandining bevaqt o'limi tufayli kasalmand bo'lib qolgan edi. Shuning uchun uni Toshkentga avvalroq jo'natishgan edi. U Toshkentga qachon kelgan edi?
A) 1 oy oldin
B) 1 hafta oldin
C) 2 oy oldin
D) 2 hafta oldin
53. Kimning laqabi "Qorako'z begim" edi?
A) Xonzoda begim
B) Oyisha begim
C) Roziya Sulton
D) Zuhra begim
54. Maxmudxon nega Boburni kech qabul qiladi?
A) Ahmadbekni elchisi kelgani uchun
B) O'zi uxlab yotgani uchun
C) Boburning izzat-nafsini qo'zg'amoqchi bo'lgani uchun
D) Shayboniyxonning elchisi bilan shatranj o'ynab o'tirgani uchun
55. Bobur toj-u taxtdan voz kechdim, darveshlikni afzal bildim deganda uning barcha lashkari nega unga ergashadi?
A) Ular ham shu holni afzal ko'rishadi
B) Maxmudxon saroyida qolishni istashmagani uchun u bilan kelishadi
C) Uning bu gapini achchiq ustida aytgan, deb jiddiy qabul qilishmagani uchun
D) Qutlug' Nigorxonim shuni xohlagani uchun
56. "Giriftem olam ba mardi-yu zo‘r,

Va lekin naburdem bo xud ba go‘r".


Bobur ushbu tojikcha she'riy parchani qachon toshga o'ydirib yozdiradi?
A) 1500-yil
B) 1501-yil
C) 1502-yil
D) 1505-yil
57. Tohir Boburni yalangoyoq yurganida etigini kiyib olishini aytadi. Keyin ular qisqa suhbatlashishadi. Qaytishda Tohir kulib qo'yadi. Nima uchun uning ko'ngli ko'tariladi?
A) Tohirni o'ziga yaqin olib gapirgani uchun
B) Yalangoyoq yurishga moslashmoqchi ekanini eshitganidan so'ng
C) Podshohlik da'vosidan voz kechgani chin emasligini bilgani uchun
D) Oyisha begim bilan ajrashgani uchun
58. Uning vafodor beklaridan bo'lmish Qosimbek unga Maxmudxonning Ahmadbek bilan qancha muddat olishganini va baribir yengilganini aytadi?
A) 5 oy
B) 6 oy
C) 7 oy
D) 9 oy
59. Qaysi javobda Qosimbek Boburga aytgan so'zlari xato berilgan?
A) Shayboniyxon Maxmudxonning qizini o'z nikohiga olgani
B) Jon shirinlik qilib haram va qo'rg'onni Shayboniyxonga jangsiz ochib bergani
C) Maxmudxonning singlisini Shayboniyxon o'ziga 3-xotin qilib olgani
D) Maxmudxonni qo'rg'onni ochib betgani uchun tirik qoldirgani
60. Bobur Oqsuv bo'yidagi qishloqda bo'lgan to'yda qaysi g'azalning kuyga solinganini eshitadi?
A) Navoiyning g'azallaridan birini
B) O'zining "Tole yo'qi jonimg'a balolig' bo'ldi..." deb boshlangan ruboiysini
C) O'zining "Topmadim" g'azalini
D) To'g'ri javob yo'q
61. Bobur cho'pon bilan nimalar haqida suhbatlashadi?
A) Cho'ponning otasi bilan akasini Bobur o'ldirgani haqida
B) Uni aslida Bobur emas, Ahmad Tanbal o'ldirgani haqida
C) Uning g'azalining kuyga solinganini Oqsuvdagi to'yda eshitgani haqida
D) Barcha javoblar to'g'ri
62. Ahmad Tanbal O'shning yayloviga kallalarni keltirib ko'rsatganiga qancha bo'lgandi?
A) 4 yil
B) 5 yil
C) 6 yil
D) 7 yil
63. Cho'ponning yonida nechta iti bor edi?
A) 2 ta
B) 1 ta
C) iti yo'q edi
D) bir juft qo'y yetaklagan edi
64. Shayboniyxonning odamlari uni izlayotganidan xabar topgan Bobur navkarlari bilan qayerga jo'nab ketadi.
A) Andijonga
B) So'xga
C) Isfaraga
D) Shayhantohurga
65. No'yon Ko'kaldosh nima uchun hozir Boburning oldida emasdi?
A) U Shayboniyxon tomonga o'tib ketgandi
B) Bir nomard uni baland jardan tashlab o'ldirgandi
C) Qosimbek bilan birga ketgandi
D) Ahmad Tanbal tomonga o'tib ketgandi
66. Mamadali kitobdorning yoshi nechada edi?
A) 40 yoshda
B) 44 yoshda
C) 50 yoshda
D) 55 yoshda
67. Shomiyning "Zafarnoma"si kim haqida edi?
A) Chingizxon
B) Amir Temur
C) To'xtamishxon
D) Bu ma'lumot asarda keltirilmagan
68. Ahmad Tanbal Boburga o'zi sovg'a qilgan bag'dodiy qilich bilan hujum qilganda, kim uni Ahmadbekning hamlasidan qutqarib qoladi?
A) Qosimbek
B) No'yon Ko'kaldosh
C) Tohir
D) Sherimbek
69. Tohir Boburga qanday xabar keltiradi?
A) Shayboniyxon Ahmad Tanbalga yengilganini
B) Ahmad Tanbal Andijonni yovga tashlab qochib ketganini
C) Ahmad Tanbalni Shayboniyxonning o'g'li o'ldirtirganini
D) Qosimbekdan xabar kelganini
70. Ahmadbek shu paytgacha qanday ishlar qilgan edi?
A) Bobur in'om etgan qilich bilan uni boshiga urgan
B) Xo'ja Abdullani qo'rg'onga osib o'ldirtirgan
C) Chagraklarni qirib, kallalarini qopga solib yaylovga keltirgan
D) Barcha javoblar to'g'ri
71. Bobur bilan Tohir orasida qancha farq bor edi?
A) Ular tengdosh edi
B) 1 yosh
C) 3 yosh
D) 7 yosh
72. Bobur qayoqqa ketishga qaror qiladi?
A) Xurosonga
B) Hirotga
C) Quvaga
D) Andijonga
73. Bobur mirzoning 240 kishilik qo'shiniga Xisravshohning tarqab ketgan qo'shinidan kelib qo'shilgan navkarlar bilan bir oyda uning qo'shini qanchaga yetadi?
A) mingtaga
B) 4 mingtaga
C) 10 mingtaga
D) 15 mingtaga
74. Bobur nimaga qarata "Umri soniy shulmikin" deb aytadi?
A) Alisheriy nomini olgan ko'k matoni
B) Uning asarlarini
C) Uning buyurtmasi bilan yaratilgan soatni
D) Hammasi to'g'ri
75. "Bo‘ladigan bola o‘n besh yoshida bosh bo‘lur, bo‘lmaydigan odam qirq yoshida ham yosh bo‘lur". Ushbu jumlalar kimga tegishli?
A) Xondamir
B) Mavlono Fazliddin
C) Bobur
D) Alisher Navoiy
76. "Hazrat Alisher — gavharday bebaho iste’dodlar xazinasini ochgan eng ulug‘ kashfiyotchi edilar".
Ushbu ta'rif kimning nomidan aytilgan?
A) Sohib Doro
B) Bobur
C) Xondamir
D) Husayn Boyqaro
77. Chechektu o'lkasini yog'iy bosganini eshitgan Bobur Hirot taxtiga podshohlik qiluvchi ikki aka-ukaga o'sha o'lkani dushmandan qaytarib olish taklifini aytadi.
Keyin u yerga kim boradi?
A) Badiuzzamon Chechektuga boradi
B) Muzaffar mirzo boradi
C) Bobur boradi
D) Hech kim bormaydi va tumanni yog'iy qo'liga topshiradilar
78. "Do'stlik uyi" ma'nosini beruvchi so'z?
A) Halosiya
B) Unsiya
C) Nadim
D) Navohi
79. Muzaffar mirzo Bog'i Saffidda Bobur ichmagan mayni soqiy kimga berishini buyuradi?
A) Qosimbek Qavchinga
B) Zunnunbek arg'unga
C) Uning o'zi ichadi
D) Bobur ichmagani uchun qaytarib olib ketishadi
80. Xadicha begimning oldiga Boburni kim boshlab boradi?
A) Ularni o'zlari borishadi
B) Xadicha begim o'zi ularni kutib oladi
C) Zunnunbek
D) Burunduqbek
81. "Hizabrulla" unvoni kimning nomiga qo'shib aytilar edi?
A) Badiuzzamon mirzo
B) Muzaffar mirzo
C) Zunnunbek
D) Nufuzli beklar nomiga
82. Navoiyning nadimlaridan bo'lgan shoir sulton Muhammadning yishi nechada edi?
A) 42 yosh
B) 44 yosh
C) 45 yosh
D) 50 yosh
83. Xalq ikki Hirot taxtidagi aka-ukani oy va quyosh deb aytishi haqida Boburga kim aytadi?
A) Xondamir
B) Kamoliddin Behzod
C) Sulton Ali Mashhadiy
D) Sulton Muhammad
84. Kim Boburning g'azallaridan xattotlarga ko'chirtirib kelgan edi?
A) Xondamir
B) Kamoliddin Behzod
C) Sulton Ali Mashhadiy
D) Sulton Muhammad
85. Bobur Mohim begimni Hirotga kelganining nechinchi kuni ko'rdi?
A) 1-kuni
B) 15-kuni
C) 20-kuni
D) 10-kuni
86. Hisorda Xisravshohdan ajralib kelib, qancha mo'g'ul qo'shini Bobur navkarlari orasiga qo'shildi?
A) 10 ming
B) 14 ming
C) 20 ming
D) 22 ming
87. Qandahordan o'tmasdan, Ko'tali Zarrindan o'tishsa, qancha vaqt yutishlari mumkin edi?
A) 1 hafta
B) 2 hafta
C) 1 oy
D) 2 oy
88. Sultonning sayisxonasida nechta oti bor edi?
A) 8 ta
B) 10 ta
C) 30 ta
D) 50 ta
89. Kobulga ketishayotgan paytda Bobur necha yoshda edi?
A) 22 yoshda
B) 23 yoshda
C) 24 yoshda
D) 25 yoshda
90. Boburni dovon yo'lidan yurishga kim ko'ndirgan edi?
A) Qosimbek
B) Tohir
C) Sulton
D) O'zi qaror qabul qilgan
91. "Hindikush deb bejiz aytmas ekanlar! Bu tog‘ odamkush toqqa o‘xshaydir!"
A) Mirzoquli
B) Mamatbek
C) Tohir
D) Qosimbek
92. Sulton nima uchun Bobur va uning lashkariga yo'lboshchilik qilishga rozi bo'ldi?
A) Unga pul zarur bo'lgani uchun
B) Undan boshqa hech kim ko'nmagami uchun
C) Undan qasos olmoqchiligi uchun
D) Yo'lboshchilik uning vazifasi bo'lgani uchun
93. "Men sizdek mard podshohni umrimda birinchi ko‘rishim. Uyga qaytib, barcha pashoyilarga sizning to‘g‘ringizda so‘zlab bermoqchiman". Ushbu jumlalar kimga tegishli?
A) Qosimbek
B) Sulton
C) Mirzoquli
D) Mamat
94. Kobul qo‘rg‘onini qamal qilayotgan Mirzoxon boshliq mo‘g‘ullarning yigirma ming odami bo'lib, qal'a himoyasida qancha navkar bor edi?
A) mingta
B) 100 ta
C) 200 ta
D) 5 mingta
95. Bobur Mullo Bobo boshliq sodiq navkarlariga o'z qo'li bilan maktub yozganda, ularga qaysi kun olovli belgi berishlarini aytadi?
A) yakshanba
B) dushanba
C) seshanba
D) chorshanba
96. Bobur Kobul qal'asida suhbat qilganlar orasida kim yo'q edi?
A) Mehr Nigor xonim
B) Qutlug' Nigorxonim
C) Muhammad Husayn
D) Mirzoxon
97. Muhammad Husayn dug'lat bilan bog'liq ma'lumotni belgilang?
A) Bobur uni Kobuldan quvdi
B) Shayboniyxonning navlarlari orasiga qo'shildi
C) Fisq-u fasodga aralashgani uchun Shayboniyxon o'ldirtirdi
D) Barcha javoblar to'g'ri
98. Shayboniyxon bahor payti qancha qo'shini bilan Hirotga hujum qildi?
A) 14 ming
B) 10 ming
C) 15 ming
D) 50 ming
99. Shayboniyxon kimga g'azal yozib, unga g'oyibona oshiq ekanini bildiradi?
A) Muzaffar mirzoning xotiniga
B) Badiuzzamonning xotiniga
C) Mohim Bonuga
D) Ma'suma begimga
100. "Bu shahar — dindan qaytgan rofiziylar uyasi!" Shayboniyxon ushbu so'zlari bilan qayerga ta'rif bergan edi?
A) Kobul
B) Hirot
C) Samarqand
D) Andijon
Download 220 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish