1.2.1.-rasm. Ajdarho yulduz turkumidagi M10 sharsimon yulduz to`dasi.
SHYUT ning xarakterli diametrlari -20-60pk (ba`zi hollarda undan kattaroq). Yaqin sharsimon yulduz to`dalarigacha bo`lgan ~10 kpk o`rtacha masofadagi SHYUTning barcha yulduzlarini bir xil uzoqlikda deb hisoblash mumkin; ularning ko`rinma yorqinligidan nur sochish tafovutini aniqlash mumkin. Bitta SHYUT yulduzining umumiy paydo bo`lishidan yulduz to`dasi yulduzlari taxminan bir xil yosh va bir xil kimyoviy tarkibga ega deb hisoblash mumkin. Aksariyat SHYUT yulduz atmosferasida og’ir elementlarni tutishi quyoshga qaraganda kam (ekstremal holatlarda 100 martadan ko`proq uchraydi). Yulduz yorqinligi farqi yulduz og’irligi tafovuti bilan bog’liq bo`lishi, shuningdek, ularning evolyutsion yo`llaridan har xil harakatlanishi, shu bilan birga oxirgi hisoblashlarda dastlabki og’irlikdan farqi aniqlanadi. Gershprung-Ressel diagrammasida M3 (1.2.2-rasm) tipik SHYUTning bevosita asosiy ketma-ketligidan subkarlik (o`ta mitti) yulduzlar(4), subgigantlar (o`ta ulkan) ketma-ketligi, ya`ni o`zining asosiy ketma-ketlik (AK) da bo`lish davrini yakunlagan yulduzlar ketma-ketligi (3) boshlanadi. O`ta kech evolyutsion bosqichlarga qizil gigantlar (1) va orasiga Liraning RR tipidagi o`zgaruvchan yulduzlari tushadigan yotiq “shox”(2) mansubdir.
Sharsimon yulduz to`dalari asosiy ketma-ketlikning yorqin massiv yulduzlariga ega emas.(eng massiv yulduzlar og’irlik bilan yulduzlar “burilish nuqtasi”, ya`ni asosiy ketma-ketlik bilan subgigantlar ketma-ketligi birlashgan joy yaqinida joylashgan). SHYUTning yulduz tarkibining bu xususiyati ularning katta yoshini bildiradi; SHYUT yulduz tarkibi Galaktika sferik tashkil etuvchisi uchun xarakterlidir. Shuni ham ta`kidlash kerakki, boshqa galaktikalarda ba`zida SHYUT ga tashqi jihatdan o`xshash, lekin yassi tashkil etuvchilar uchun xususiyatli yulduz tarkibi bilan uchrab turadi. (I chi joylashuvdagilar uchun, yosh yulduzlarni qo`shgan holda) Bunday yulduzlarni yosh yulduzlar safiga q o`shish mumkin. SHYUT Galaktikamizning eng kuhna vakillaridan biridir. Ularning yoshi ~10mlrd yilga teng. SHYUTning massiv yulduzlari ko`rinishidan allaqachon evolyutsiya davrini o`tagan va oq karliklar (mittilar), neytron yulduzlar yoki qora to`ynuklar aylangani bo`lib shu bilan birga to`dalargacha masofa ulkanligi sababli ular optik diapozonda ko`rinmaydi. Biroq, bu yulduzlarning SHYUT da mavjudligini bevosita ma`lumotlar bo`yicha aniqlanadi, ular to`da yulduzlari jami og’irligiga katta ulush qo`shish mumkin (o`nlab foizlarda). Ba`zi SHYUT da yangi yulduzlar va zamonaviy farazlarga ko`ra, zich ikki karrali tizimlar bilan evolyutsion davrni o`tagan komponentlar bo`lib hisolanayotgan egizaklarning U tipidagi o`zgaruvchan yulduzlarining chaqnash kuzatilmoq.
XX- asrning 70- yillarida sakkizta galaktik SHYUTda rentgen nurlanishlari manbalari topilgan. SHYUTda rentgen nurlanish manbalarining barcha asosiy tiplari: doimiy nurlanuvchi, muvaqqat (ya`ni, vaqtincha paydo bo`lib so`ngra yo`qoladigan), birdan chaqnab ketuvchi(barsterlar) yulduzlar ham uchraydi. 1979-yilda SHYUTning rentgen nurlanishi manbalari M31 galaktikasi(Andromeda tumanligi) da ham topilgan. Rentgen nurlanishi manbalarini odatda tor ikki karali yulduzlar bilan, ularning vakillaridan biri bo`lgan oq karliklar, neytron yulduzlari yoki moddalarni o`ziga tortib yutib yuboruvchi qora to`ynuk bilan bog’lashadi. SHYUTda bunday sistemalar yulduzning kamroq massali yulduzni quyuq markaziy qismida qoplab olishi natijasida ham hosil bo`lishi mumkin.
SHYUT ning rentgen nurlanishi boshqa ehtimoliy vakili to`da markazidagi moddalarni o`z markazida yig’ilishi, akkretsiya ro`y beradigan katta qora to`ynuk ham bo`lishi mumkin. Shu dalil Galaktika jami og’irligining 0,1% qismini tashkil etadigan SHYUTlari bilan SHYUT hududidagi ma`lum bir necha foizni tashkil etadigan galaktik rentgen nurlanish manbalari orasida genetik bog’lanish borligini ko`rsatadi
Do'stlaringiz bilan baham: |