Yuldashev Dilmurod Sayfidillayevich 3 Amaliy mashg’ulot


Internet qurilmalar arxitekturasi



Download 68,82 Kb.
bet6/8
Sana17.07.2022
Hajmi68,82 Kb.
#812484
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5449834347777497528

Internet qurilmalar arxitekturasi
Internet qurilmalari kontseptual ravishda yangi avlod tarmoqlariga tegishli, shuning uchun uning arxitekturasi NGN ga juda o'xshash. IoT qurilmalarni ishlashini ta'minlaydigan turli xil infokommunikatsion texnologiyalar to'plamidan iborat bo'lib, uning arxitekturasi ushbu texnologiyalarning bir-biri bilan qanday bog'liqligini ko'rsatadi. IoT arxitekturasi quyida tavsiflangan to'rtta funktsional qatlamlarni o'z ichiga oladi
Sensorlar va sensor tarmoq darajasi. IoT arxitekturasining eng past darajasi sensorlar bilan birlashtirilgan "aqlli" (smart) ob'ektlardan iborat. Sensorlar real vaqt rejimida ma'lumotlarni to'plash va qayta ishlashni ta'minlaydigan fizik va virtual (raqamli) olamlarning o'zaro bir-biri bilan bog'liqligini ta'minlaydi. Apparat sensorlarining fizik o'lchamlarini pasayishiga olib kelgan miniatyuralash ularni to'g'ridan-to'g'ri ob'ektlariga qo'shishga imkon berdi.
Sensorlarning aksariyati Ethernet, Wi-Fi yoki shaxsiy tarmoq (PAN, Personal Area Network) kabi lokal tarmoq (LAN, Local Area Network) yordamida amalga oshiriladigan sensori agregatoriga (shlyuzga) ulanishni talab qiladi. Aggregatorga ulanishni talab qilmaydigan sensorlar uchun ularning serverlar / ilovalar bilan ulanishi GSM, GPRS va LTE kabi global simsiz tarmoq WAN yordamida ta'minlanishi mumkin.
Shlyuz va tarmoq darajasi. IoT-ning birinchi darajadagi bir nechta sensorlar tomonidan taqdim etiladigan katta miqdordagi ma'lumotlar transport vositasi sifatida ishonchli va yuqori samarali simli yoki simsiz infratuzilmani talab qiladi. Bu sath turli tarmoqlarni yagona tarmoq platformasiga birlashtirish natijasida hosil qilingan tarmoq infratuzilmasidan iborat.
Xizmat ko’rsatish darajasi. Xizmat ko'rsatish darajasi IoT-da texnologik biznes operatsiyalarini avtomatlashtiradigan bir qator axborot xizmatlarini o'z ichiga oladi: operatsion va biznes faoliyatini qo'llab-quvvatlash (OSS / BSS Operation Support System / Business Support System), turli xil tahliliy ma'lumotlarni qayta ishlash, ma'lumotlarni saqlash, axborot xavfsizligi, biznesni boshqarish qoidalar (BRM, Business Rule Management), ish jarayonlarini boshqarish (BPM, Business Proccess Management) va boshqalar.
Ilova darajasi. Ushbu darajada tegishli sanoat tarmoqlari va faoliyat sohalari (energiya, transport, savdo, tibbiyot, ta'lim va boshqalar) uchun turli xil ilovalar mavjud. Ilovalar "Vertikal" ya'ni ma'lum bir sanoat uchun "maxsus" yoki iqtisodiyotning turli sohalarida ishlatilishi mumkin bo'lgan "gorizontal" bo'lishi mumkin.

Download 68,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish