Yuksaltirish omil va vositalari



Download 339,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana03.06.2022
Hajmi339,56 Kb.
#632768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
“Kasb ma’naviyati” 
fanlari joriy etilmoqda. 
Shu munosabat bilan, ko’pdan beri meni uylantirib yurgan va qariyb 40-45 yillik 
kuzatuvlarim natijasida shakllangan bir mulohaza bilan o’rtoqlashish lozim, deb hisoblayman. 
Bizda uzoq yillar davomida ijtimoiy fanlarga nisbatan bir tomonlama texnokratik 
yondashuv, bu boradagi masalalarga ajabtovur bir “o’gay” qarash shakllanib qolgan. 
Aini paytda, afsus bilan qayd etish mumkinki, haligacha uzluksiz ta’lim bosqichlarida, 
ayniqsa oliy ta’lim tizimida ijtimoiy fanlarni qancha hajmda va qanday yo’nalishlarda, qay bir 
shaklda va qanday mazmunda o’qitish va o’rgatish bo’yicha yaxlit konsepsiya yo’q. 
Afsuski, ayrim kaltabin mulozimlarning “Ijtimoiy fanlardan foyda yo’q” kabilidagi 
nojo’ya qarashlari oqibatida ushbu fanlarning salmog’i va sifatini tushirib yuborishga yo’l 
qo’yildi. 
Ayni paytda, bu yunalishda kimningdir sub’ektiv yondashuvi ta’sirida biror-bir fanni 
joriy etish, boshqa birini esa yo’qotish, kafedralarni qo’shish va ularda professor-o’qituvchilar 
sonining haddan ortib ketishi bilan bog’lik tez-tez ro’y berib turadigan “eksperimentlar”, ijtimoiy 
fanlar olimlari va mutaxassislari, professor-o’qituvchilarning mehnatiga muttasil skeptik 
munosabatda bo’lish holatlari sohaga jiddiy ziyon yetkazgan. 
Aynan ana shunday holat ushbu yo’nalishning ayrim vakillarida “Biz va bizning 
fanlarimiz kerak emasmi, bizga ham hech narsa kerak emas. Shunchaki topshiriqlarni bajarib, 
fanlarimizni o’qitib va darslarimizni o’z vaqtida o’tib yursak bo’ldi”, degan tasavvur 
shakllanishiga sabab bo’lgan. 
Biz zamonaviy bilim va texnologiyalarni egallagan avlodni tayyorlashimiz kerak. Tabiiy-
texnik va ixtisoslik fanlari bunday mutaxassislarni tayyorlash uchun asosiy omil ekani ham 
shubhasiz. 
Ammo yangi avlodni xalq, va jamiyat, millat va davlat manfaatlarini ko’zlaydigan, o’zini 
yurt manfaatlari bilan birga ko’radigan va islohotlarga daxldorligini, ijtimoiy mas’ulligini 
sezadigan, yetuk inson etib tarbiyalash uchun ushbu fanlarning o’zi kifoya qiladimi? Yo’q, 
albatta. 
Biz davlat va jamiyat manfaatlari yo’lida halol mehnat qilgan, bu borada barcha ijtimoiy 
chaqiriq va da’vatlarga “Labbay deb javob bergan ota-onalarimiz avlodi ta’sirida tarbiyalandik. 
Ularni bunday avlod bo’lishida ijtimoiy fanlar tizimining urni va ahamiyati katta bo’lgani 
barchamizga ma’lum. 
Aslida, bizning avlodimiz ham o’sha tizim ta’sirida shakllangan. Ota-onalarimiz avlodiga 
xos ma’naviy mezonlar, ijtimoiy talablarga hozirjavoblik, jamoaviylik tamoyillariga rioya qilish 
kabi xususiyatlar bizning avlodimizga ham o’tgan. 
Bugungi kunda yoshlarni asosan, chet el andozalari, g’oyasizlik tamoyillari va ijtimoiy 
fanlar tizimi qariyb yo’qotilgan ta’lim ta’sirida shakllantirish tarafdorlarining ko’pchiligi yaqin 
kelajakda ushbu avlodning asl qiyofasi, davlat va jamiyatga munosabati kanday bo’lishi haqida 
yaxlit tasavvurga ega emaslar, deb o’ylayman. 
Biz hali-hamon g’oyasizlikka asoslangan ta’lim va gumanitar fanlar tizimi ta’siridan 
“xalos” bo’lgan kelajak avlodi bilan yashaganimiz va ishlaganimiz yo’q: ya’ni u bilan bevosita 
yuzma-yuz kelganimiz, muloqotga kirishganimiz yo’q,- 


Bu haqda aniq-ravshan sotsial prognozlar ham, ma’naviy barkamol, har tomonlama 
yetuk, zukko va ma’rifatli avlod shakllanishi haqida kafolatlangan ekspert xulosalari ham yo’q. 
Shunday ekan, ijtimoiy fanlarga e’tibor bermaslik oqibatida dunyoqarashi bir tomonlama 
shakllangan, o’zidan boshqani o’ylamaydigan, xalq, davlat va jamiyat tushunchalaridan begona 
bo’lgan va bugungi kunda chet ellarda “Boy berilgan avlod” deya atalayotgan yoshlar avlodi 
bizda ham vujudga kelmaydimi? 
Axir, bundan 60-70 yil ilgari, Ikkinchi jahon urushidan keyingi qiyinchilik va moddiy 
takchillik yillarida chet ellarda ishlab chiqilgan va asosan, ma’naviyat va gumanitar ta’limga pul 
sarflash zarur emas, deb hisoblangan va mutlaq, g’oyasizlikka asoslangan ijtimoiy 
konsepsiyaning oqibatlari qanday bo’lganini ko’rib turibmiz-ku? 
Bugungi global dunyoning eng asosiy muammolari bo’lgan urush balosi va ekologik 
bo’hronlar xavfi odamzotning minglab yillik faoliyati natijasi, ya’ni asrlar davomidagi 
xatoliklarning tabiiy-tarixiy hosilasi ekani ma’lum Ammo, XX asrning ikkinchi yarmida, bor-
yo’g’i yigirma-o’ttiz yil davomida shakllangan hamda bugungi insoniyatning eng asosiy va 
shafqatsiz muammosi hisoblanadigan ma’naviy tanazzul aynan shunday tarixiy va tabiiy 
jarayonlar qibati bo’lganini esdan chiqarmasligimiz lozim. 
Eng rivojlangan mamlakatlar ham barham bera olmayotgan ma’naviy tanazzul balosi 
aynan o’sha, bundan 60-70 yil ilgari ko’plab taniqli olimlar tomonidan ishlab chiqilgan, hayotga 
zudlik bilan tatbiq etilgan va insoniyatni ma’naviy g’ariblashishiga olib kelgan ma’naviyatsizlik 
va g’oyasizlik texnologiyalarining natijasi ekani bugun ko’pchilikka ayon. Ammo o’tgan asrning 
70- yillariga kelib ushbu tamoyillar ustuvor kiyofa kasb etib, ular asosidagi texnologiyalar 
jamiyat hayoti va odamlar tafakkurini buzib bo’lgan, ya’ni “poyezd ketib bo’lgan”, jamiyat, 
ayniqsa, yoshlar o’zgargan, ularning ongi va tafakkuriga buzg’unchi g’oyalar ta’siri o’rnashib 
qolgan edi. Oqibati esa ma’lum. 
Ma’lumki, oliy matematika yoki yadro fizikasini to’rtinchi yoki beshinchi sinfda 
o’qitishdan foyda yo’q. Chunki 11-12 yoshli bolaning tafakkuri ushbu sohadagi murakkab 
bilimlarni qabul qilishga tayyor emas. 

Download 339,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish