Tayanch tushunchalar
Baynalminallik – bu barcha xalqlar bilan do‘st bo‘lib, tinchlik va taraqqiyot uchun kurashga chorlovchi faoliyat. Bu axloqiy qoida sifatida vatanparvarlikni boyitadi va ayniqsa o‘z milliy qobig‘iga o‘ralib qolishga yo‘l bermaydi.
Bag‘rikenglik – bu qadimiy qadriyat bo‘lib, o‘zgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg‘ulari, fikr mulohazalari, g‘oyalari va e’tiqodlariga nisbatan toqatli bo‘lishdir.
Vatan (arabcha «vatan» - ona yurt ) deganda – kishilarning yashab turgan, ularning avlod va ajdodlari tug‘ilib-o‘sgan joyi, hududi, ijtimoiy muhiti, mamlakati tushuniladi. Vatan, eng avvalo, ob’ektiv muhit, borliq, zamin bilan bog‘liq bo‘lgani uchun kishi ongida aniq tasvir, qiyofa, siymolar tarzida shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |