Yuksak ma’naviyatli avlod-uchinchi renessans bunyodkorlari


METODLAR VA O‘RGANILISH DARAJASI



Download 60,55 Kb.
bet3/5
Sana21.03.2022
Hajmi60,55 Kb.
#504736
1   2   3   4   5
Bog'liq
Abdukarimovna 18.01.2022

2. METODLAR VA O‘RGANILISH DARAJASI
IX-XV asrlarni Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida shartli ravishda «Renessans» (uyg‘onish) davri deb atashadi. Ma’naviyat va ma’rifatning g‘oyat gullab-yashnashi bu davr uchun xarakterli bo‘lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari, ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari yetishib chiqqan. Dunyoviy fanlarning tez sur’atlarda taraqqiy etishi keng tarjimonlik faoliyatiga ta’sir etdi. Bu jarayon, ayniqsa halifa Ma’mun davrida (813-133 yy.) Bag‘dodda «Bayt-ul-hikma» (Donolar uyi) tashkil etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va tabobati, hind hisobi, al-ximiya va ilmu nujumga oid asarlar arab tiliga o‘girildi. Bunda Markaziy Osiyodan etishib chiqqan mutafakkirlar al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, al-Farobiy, Ibn Sino, al-Beruniy kabi mutafakkirlar ham katta ro‘l o‘ynadilar.
O‘rta Osiyoda tabiiy-ilmiy tafakkuri rivojining boshlanishi buyuk allomalar al-Farg‘oniy va al-Xorazmiylar nomi bilan bog‘liqdir. Ularning har ikkovi ham Bag‘doddagi “Bayt-ul-hikma”ning etakchi ilm sohiblaridan sanalgan. U mashhur falakkiyotshunos olim. Evropada al-Fraganus nomi bilan mashhur bo‘lgan. Farg‘oniyning “Astranomiya asoslari” kitobi o‘sha davrdagi astranomiya sohasidagi bilimlarning qomusi bo‘lgan. Unda qadimgi falakiyotshunoslik bilimlari, uning qoidalari, usullari bayon qilingan. Asar XII asrdayoq lotin tiliga tarjima etilib, ko‘p asrlar davomida Evropada astronomiya bo‘yicha qo‘llanma, darslik sifatida xizmat qilib kelgan.
Al-Xorazmiy (780-850 yy.) Sharqning buyuk mutafakkiri, qomusiy olimdir. Uning ilmu-nujum, geodeziya, geografiya va ayniqsa riyoziyot sohasidagi xizmatlari beqiyosdir. U arab, hind, lotin, yunon, fors tillarini bilgan. Xorazmiy bir qancha kitob va risolalarning muallifidir. Bulardan eng mashhuri “Kitob al-jabr va al-muqobala” asaridir. Bu asar riyoziyotda yangi mustaqil fan – algebraning vujudga kelishiga zamin bo‘ldi. U tenglamalarni echishning ikki usulini – al-jabr, ya’ni qarama-qarshi ishoralarni yagona musbat ishoraga keltirish va al-muqobala, ya’ni bir hil hadlarni qarama-qarshi qo‘yishni kashf qildi.
Fan va madaniyat olamida o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lgan ulug‘ mutafakkir, zabardast olim, buyuk allomalardan biri, shubhasiz, Sharq falsafiy, ijtimoiy, axloqiy fikri rivojini Abu Nasr Farobiysiz (873-950) tasavvur etish qiyin. U “Sharq Aristoteli”, “Ikkinchi muallim” degan unvonga sazovor bo‘lgan mutafakkirdir. Farobiy ko‘p tillarni bilgan qomusiy olimdir. Forobiy yaratgan mazmunan universal xususiyatga ega bo‘lgan falsafiy tizim, o‘z davri fanlarining barcha muhim masalalari — falsafaning umumiy muammolaridan tortib, tabiatshunoslik ilmining asosiy falsafiy masalalari, borliqni bilish va mantiqning bahsli muammolari, inson va tabiat o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlik, ya’ni ekologik muammolarni ham o‘z ichiga oladi. Forobiyning ijtimoiy-falsafiy fikrlari o‘zining keng qamrovli, teran va mazmundorligi bilan gumanistik xususiyatga ega. U «Fozil shahar aholisining fikrlari» deb nomlangan asarida Arastu tomonidan ilgari surilgan, inson, eng avvalo, ijtimoiy hodisa, deb ta’riflangan g‘oyani yanada aniqlashtirib, quyidagilarni yozadi: «Har bir inson, o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishish uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi va ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoji tug‘iladi... Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda, ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuvi uchun zarur bo‘lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko‘paydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o‘rnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi».[ 2 ] Falsafaning bosh muammosi bo‘lgan bahsli masala — insonning paydo bo‘lishi, shakllanishi va yetuklikka erishuvi haqida so‘z bormoqda. Eng muhimi, bu jarayonda jamoatning roli va ahamiyati to‘g‘risida aniq va lo‘nda fikr bildirilmoqda. Ilm va ma’rifat kurashchisi, tabiat va jamiyat rivojlanishi qonuniyatlarini ochib berishga astoydil intilgan, o‘z dunyoqarashi bilan zamonasidan ancha ilgarilab ketgan yetuk olimdir.
Yana bir mutafakkir Sharq va Evropada medistina bo‘yicha asosiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilayotgan “Tib qonunlari” nomli 5 jilddan iborat kitob muallifi Sharq va Evropada “Shayx-ur-rais – olimlar boshlig‘i” unvoniga ega bo‘lgan alloma Abu Ali ibn Sinoning (980-1037) ilmiy merosi biz uchun bebaho xazinadir. U o‘z umri davomida 450 dan ortiq asarlar yaratgan. Har biri ilmiy va madaniy merosiga, ilm-fan taraqqiyoti ta’siri beqiyosdir. Afsuski, ularning 242 tasi bizgacha yetib kelgan, xolos. Birgina “Tib qonunlari” Yevropaning turli tillariga tarjima qilinib, qayta-qayta nashr etilgan.Qariyb besh asr davomida qit’aning tibbiyot o‘quv yurtlarida darslik sifatida o‘qitilgani ham uning noyobligidan dalolat.[O‘zA]
XIV- XVI asrlardagi tarixda “Temuriylar Renessansi” nom olgan ikkinchi Sharq Uyg‘onishi Bu davrda yashab, ijod etgan olim va mutafakkirlar Sa’diddin Taftazoniy, Mir Sayyid Sharif Jurjoniy, Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek, G‘iyosiddin Jamshid al-Koshiy, Alauddin Ali ibn Muhammad Qushchi, Abdurahmon Jomiy, Nizomiddin Mir Alisher Navoiy, Kamoliddin Husayn Voiz Koshifiy, mashhur tarixchilar Mirxojd va Xondamir, rassomlar Kamoliddin Behzod va shoh Muzaffarlarning nomlari dunyoga mashhur bo‘lgan. XIV-XV asrdan boshlab islom madrasalarida mantiq ilmini o‘qitish huquq va tilshunoslik fanlari bilan bog‘liq holda olib borildi. Davlatni boshqarishda din va tasavvuf qoidalariga alohida e’tibor berildi. Ahmad Yassaviy va Bahouddin Naqshband ta’limotlari ma’naviyat rivojida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ilm-fan rivojlantirildi, me’morchilik san’ati yuksak darajaga ko‘tarildi. Xususan, falsafa, mantiq ilmi rivojiga katta e’tibor berildi.
Sharq va G‘arb fani yuksalishiga katta ta’sir kо`rsatgan olim Mirzo Ulug‘bek. Uning ilmiy asarlari dunyoning kо`p tillariga tarjima qilindi, astronomiya maktabi yutuqlari Yevropa va Amerikada keng tarqaldi. Mirzo Ulug‘bek Buyuk falakiyotchi olim va davlat arbobi, matematika, astronomiya, geometriya, tarix, kimyo va boshqa sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Ulug‘bekning falakiyot rasadxonasi qurildi. Uning eng mashhur asari “Ziji jadidi Ko‘ragoniy”da 1118 yulduzning o‘rni va holati aniqlab berilgan. Ulug‘bek Quyosh va Oy harakatlarini, ularning tutilish vaqtlarini to‘g‘ri hisoblab chiqqan. U atrofiga iqtidorli yoshlarni to‘plab, o‘zining ilmiy maktabini yaratdi.
Uchinchi Renessans gʻoyasini, avvalo, jamiyatimiz chuqur anglab olmogʻi kerak. Har jabhada, sohada qiladigan ishlarimiz, rejayu istiqbol dasturlarimiz, taʼlim-tarbiya va kadrlar siyosati, investitsion siyosat — barchasi unga sharoit va muhit yaratishga qaratilmogʻi lozim.[ ]



Download 60,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish