Yuksak maʼnaviyat–
yengilmas kuch
O'zbekiston
Respublikasining birinchi
prezidenti Islom Karimov qalamiga
mansub hujjatli adabiyot
Yuksak maʼnaviyat-yengilmas kuch — bu Oʻzbekiston respublikasining birinchi prezidenti
Islom Abdugʻaniyevich
Karimov
qalamiga mansub xujjatli adabiy asar.
Yuksak maʼnaviyat-
yengilmas kuch asari 2008-yilda
Maʼnaviyat
nashriyoti
tomonidan 176-betli qattiq muqovada
chop etilgan. Asar muqaddima va toʻrt bobdan iborat. Kitob
qoraqalpoq
,
tojik
,
turkman
,
qirgʻiz
va
qozoq
tillariga
tarjima qilinib, chop etilgan.
[1]
Islom Karimovning
prezidentlik davri mobaynida bu kitob jahon miqyosida, xususan,
musulmon olamida ham qiziqish uygʻotdi va
Quvayt
davlatida arab tiliga,
Turkiya
Respublikasida turk tiliga tarjima qilindi.
Misr
Arab Respublikasi
,
Saudiya Arabistoni
Podshohligi
,
Quvayt
,
Birlashgan Arab Amirliklari
,
Baxrayn
kabi mamlakatlarda kitobning
taqdimot marosimlari oʻtkazildi.
[2]
Asarda yoritilgan masalalar haqiqatdan ham dolzarb ahamiyat kasb
etib borayotgani tufayli
davlat va nodavlat tashkilotlar, taʼlim muassasalari va fuqarolar tomonidan koʻp talab qilindi
va qayta nashr etildi. Islom Karimov hukmronligi davrida ushbu asar har bir talim
dargohlarida, turli tashkilotlarda va davlatning barcha boshqaruv organlarida boʻlishi toʻliq
taminlandi. Asar
asosida darsliklar yaratilib, ayniqsa maktab oʻquvchilarga kuchli singdirildi.
[3]
Yuksak ma'naviyat–yengilmas kuch
2008-yilgi nashr muqovasi
Muallif
Islom Karimov
Janr
Hujjatli adabiyot
Mamlakat
Oʻzbekiston
Til
o'zbek
Nashriyot
Maʼnaviyat
nashriyoti
Nashr etilgan sanasi
2008-yil
Sahifalar soni
176 bet
ISBN
ISBN 978-9943-04-075-5
Islom Karimovning ushbu kitobida insonning katta boyligi boʻlib kelgan maʼnaviyatning maʼno-
mazmuni, uning inson, jamiyat hayotidagi oʻrni va ahamiyati, bu murakkab va serqirra
tushunchaning nazariy hamda amaliy tomonlari har tomonlama keng qamrovli fikrlar,
xulosalar orqali tahlil etiladi. Ushbu asar 2008-yil
Maʼnaviyat nashriyoti
tomonidan chop
etilgan. Asar muqaddima va toʻrt bobdan iborat. Birinchi bobda „
Maʼnaviyat- insonning ulgʻaish
va kuch-qudrat manbaidir“, deb nomlanadi. Ushbu bobda: „
maʼnaviyatni anglash“, „
maʼnaviyatni
shakllantirishdagi asosiy mezonlar“,
maʼnaviy va moddiy hayot uygʻunligi haqida tushunchalar
berilgan. Ikkinchi bob „
Mustaqillik — maʼnaviy tiklanish va yuksalish“ deb nomlanadi. Bunda „
Milliy gʻoya va maʼnaviy hayot“, „
maʼnaviyat va jamiyatning yangilanishi“, „
islohotlar va ularning
maʼnaviy mezoni“ belgilangan. Uchinchi bob „
Maʼnaviyatga tahdid — oʻzligimiz va kelajagimizga
tahdid“ deb nomlangan.
Bu bobda „
Globallashuv jarayonlari va maʼnaviy tahdidlar“, „
Fikrga qarshi fikr, gʻoyaga qarshi
gʻoya“ lar belgilangan. Toʻrtinchi bob „
Vatanimiz taraqqiyotining mustahkam poydevori“, „
inson
qalbiga yoʻl“, „eng buyuk jasorat“ va „Xotima“dan iborat.
1.
https://kitobxon.com/oz/kitob/yuksak-manaviyat-engilmas-kuch
2.
arxiv nusxasi (https://web.archive.org/web/20200727004140/http://uza.uz/uz/society/yuksak-mana
viyat-yengilmas-kuch-25.09.2010-14177)
, archived from
the original (https://uza.uz/uz/society/yuks
ak-manaviyat-yengilmas-kuch-25.09.2010-14177)
on 2020-07-27,
https://web.archive.org/web/20200727004140/http://uza.uz/uz/society/yuksak-manaviyat-
yengilmas-kuch-25.09.2010-14177
, qaraldi: 2020-12-06
3.
https://arxiv.uz/uz/documents/slaydlar/manaviyat-asoslari/prezident-i-a-karimovning-yuksak-ma-
naviyat-yengilmas-kuch-asarida-ma-naviy-axloqiy-tarbiya-masalalari
Yuksak maʼnaviyat-yengilmas kuch kitobxon saytida (https://kitobxon.com/oz/kitob/yuksak-
manaviyat-engilmas-kuch)
Sujet
Manbalar
Havolalar
Soʻnggi tahrir 3 oylar avval
Muxriddin Azimov
tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?title=Yuksak_ma
ʼ
naviyat–
yengilmas_kuch&oldid=2394100
"
dan
olindi