Yuklarni tashishni boshqarish


Korxonada nozimlik boshqaruvi



Download 183,84 Kb.
bet2/3
Sana30.04.2022
Hajmi183,84 Kb.
#595962
1   2   3
Bog'liq
Fatta avtomobilda yuk tashish

2.Korxonada nozimlik boshqaruvi.
Avtotransport korxonasi nozimlik guruhi transport vositasining yo'nalishdagi ishiga rahbarlik qilish jarayonida quyidagi tadbirlarni amalga oshiradi:
1. Yuk ortish-tushirish punktlari, yuk jo'natuvchi va yuk qabul qiluvchi tashkilotlar bilan operativ aloqani ta'minlash.
2. O'rnatilgan yo'nalishlarda avtomobillarning harakatini kuzatish.
3. Har bir yuk jo'natuvchi tashkilotdan reja bo'yicha tashilayotgan yuk miqdorini nazorat qilish.
4. Qisqa muddatli va muhim yuklarni tashish ishlarini birinchi navbatda bajarilishini ta'minlash, sharoitga qarab, zarur bo'lsa, yuk tashish yo'nalishlarini yoki yo'nalishlarda ishlayotgan avtomobillar sonini o'zgartirish.
5. Yo'nalishda yuk tashish rejasini bajarish mobaynida yuzaga keladigan ba'zi bir kamchiliklarni bartaraf kilishda tegishli chora ko'rish.
6. Haydovchilar talabnomasiga asosan yo'nalishga texnik yordam avtomobillarini jo'natish.
Doimiy yuk aylanib turadigan yirik yuk jo'natuvchi va qabul qiluvchi tashkilotlarda maxsus nozimlik punktlari tashkil qilinadi. Masalan, temir yo'l bosh bekatidan konteynerlarni tashishda, yalpi yuklar (paxta, chigit, bug'doy, sholi, shag'al) tashishda va shunga o'xshash xolatlarda.

Yuk tashishni boshqarishda nozimlik aloqasini tashkil qilish katta ahamiyatga ega. Bunda telefon, telegraf va radio aloqasidan foydalaniladi.
Telefon aloqasi 2 va ko'p tomonlama ( selektor) gaplashish imkonini beradi. Agarda yuk punktlari va avtotransport korxonalari shahar telefon tarmog'iga ulangan bo'lsa, bunday aloqa ATS tarmog'i orqali amalga oshiriladi.
Bevosita telefon aloqalari nozimlik kommutatorlari orqali amalga oshiriladi. Bunda DKZ-40, DKS-70 rusumli kommutator qurilmalaridan foydalaniladi.
Telegraf aloqasida teletayp qurilmasi yordamida turli masofalarga qisqa vaqtda juda yuqori tezlikda ma'lumotlar uzatiladi va qabul qilinadi.
Avtomobilь transportida radioaloqani qo'llash keng tarqalgan bo'lib, radioaloqa nozimlik punktlari va avtomobillar orasida tashkil qilinadi. Odatda bunday aloqa vositasidan karьerlarda va katta qurilishlarda foydalaniladi.

Keyingi paytlarda suv inshootlari, temir yo'l bosh bekatlari, katta qurilishlar va shu kabilarda televizion aloqalardan foydalanilmoqda. Bunday joylarda avtomobillarning ishi maxsus telekameralar yordamida kuzatilib, boshqarib boriladi.


Ko'rilgan tadbiriy choralar haydovchilarga eshittirish qurilmalari orqali yetkaziladi.
Ekspluatatsiya xizmati nozimlik yuk guruhi buyurtmachi tashkilotlardan tashkil topib, ular avtomobillarning yuk jo'natuvchilarga borish vaqti, ularning manzili, yuk olib boriladigan tashkilotning nomi va manzili, yuk tashish masofasi va boshqa ma'lumotlarni tahlil qiladi va kerakli aniqlik kiritib, maxsus shaklda yuk tashish shartnomasiga asosan yuk tashishga buyurtma qabul qiladi.
Buyurtma (talabnoma) yuk tashiladigan kundan 14 soat (shaharlararo yuk tashishda 48 soat) avval yozma tarzda beriladi. Avtotransport korxonasi buyurtmani qabul qilishdan bosh tortishi yoki uni boshqa kunga ko'chirishi haqida yuk jo'natuvchi bilan kelishishi mumkin.
Avtokorxona hisob raqamida buyurtmachi tashkilot yuk tashish haqining kamida 15 foiz pul mablag'i bo'lgan taqdirdagina buyurtma qabul qiladi.
Birinchi navbatda baxtsiz hodisa, boshqa transport ishini yengillashtirish (temir yo'l transportida konteynerlarni tashish) va shu kabi buyurtmalar qabul qilinadi.
Buyurtmachilar talablari va ehtiyojlarini ekspluatatsiyaga tayyor bo'lgan transport vositalari sonini hamda aniq yuk tashish sharoitini hisobga olgan xolda sutkalik (kunlik) yuk tashish rejasini tuzish operativ rejalashtirish deb aytiladi.
Smena-sutka rejasi transport vositalaridan samarali foydalanib, belgilangan yuk aylanishining bajarilishini ta'minlaydi.
Smena-sutka rejasini yuk tashishdan bir kun oldin buyurtma asosida nozimlik yuk guruhi tuzadi.

Smena-sutka rejasida har bir avtomobilь va haydovchiga kunlik (smena) topshirig'i belgilanadi. Agar avtomobillar ikki smenada ishlatilayotgan bo'lsa, kunlik reja smenalarga bo'lib tuziladi.


Smena-sutka rejasi tuzilib, avtotransport korxonasi direktori tomonidan tasdiqlangandan keyin nozimlik guruhi haydovchilarga yo'l varaqasi yozib beradi.
Yo'l varaqasida haydovchiga kunlik topshirik ko'rsatiladi. Yo'l varaqasining orqa tomonida haydovchiga berilgan topshiriqning bajarilgani to'g'risida ma'lumotlar bo'ladi. Bu ma'lumotlar tovar-transport hujjati bilan tasdiqlanishi lozim.
Kunlik yuk tashish ishlari bajarilgandan keyin topshirilgan yo'l varakalari asosida o'tgan kun uchun nozimlik guruhi hisobot tayyorlaydi. Bu hisobotda kunlik bajarilgan transport ishi tahlil qilinadi.


Download 183,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish