<<_______________________________>>
Kafedrasi
Qayta topshirish
Mavzu:__________________________________________________________________________________________________________________
Bajardi:_______________________________
Qabul qildi:____________________________
Toshkent 2022
YUKLARNI TASHISHNI BOSHQARISH
Reja:
1. Avtomobilь transporti korxonasi ekspluatatsiya xizmati va uning vazifalari, tarkibi. 2.Korxonada nozimlik boshqaruvi.
3.Xulosa.
4.Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Avtomobilь transporti korxonasi ekspluatatsiya xizmati va uning vazifalari, tarkibi.
Ekspluatatsiya xizmati avtotransport korxonasining asosiy bo'g'inini tashkil qiladi. Belgilangan tashkilotlar bo'yicha transport vositasilardan samarali foydalanib, yuk tashishni tashkil qilish ekspluatatsiya xizmatining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Avtomobilь transportida eksplutatsiya xizmatining tarkibi va xizmat vazifalari mavjud. Markazlashmagan tizimda avtotransport korxonasi yuk tashishni boshqarishdagi barcha ishlarni o'zi bajaradi. Bunda ekspluatatsiya xizmati yuk tashishni operativ rejalashtiradi, uning bajarilishini nazorat qiladi, hisobga oladi va ta'minlaydi. Ekspluatatsiya xizmati bo'limida yuk nozimligi va hisob-kitob guruhlari tashkil qilinadi.
Yuk nozimligi guruhi shartnomalar tuzadi, buyurtma talabnomalarini qabul qiladi, yuk tashish smena-sutka rejalarini ishlab chiqadi, yuk oqimi va yuk aylanishini, yuk ortish-tushirish joylarining xolati va ularning mexanizmlar bilan ta'minlanganligi va xokazolarni o'rganadi.
Nozimlik guruhi yuk tashishga operativ rahbarlik qiladi, avtomobillarni yo'nalishga chiqaradi va qaytishini ta'minlaydi. Ularning yo'nalishidagi ishini nazorat qiladi. Ish kuni oxirida nozimlik hisobotini beradi. Nozimlik guruhi markaziy va yo'nalish nozimlaridan tashkil topadi.
Hisob-kitob guruhi yuk tashish hisobini qiladi, boshlang'ich transport hujjatlari ma'lumotlarini qayta ishlaydi, buyurtmachi tashkilotlar bo'yicha avtokorxonaning yuk tashish rejasini bajarish hisobotini tuzadi, avtokorxonaning ishini yaxshilash tadbirlarini ishlab chiqadi va xokazo.
Markazlashgan boshkarish tizimida operativ rejalar tuzish va yuk tashishni boshkarish markaziy ekspluatatsiya xizmati yoki markaziy nozimlik xizmati orqali amalga oshiriladi.
Avtotransport korxonasi ekspluatatsiya xizmati markaziy nozimlik xizmati ko'rsatmalariga muvofiq avtomobillarni yo'nalishga chiqarishni tashkil qiladi.
Yuk tashishning markazlashgan tizimida boshqarish ishlari bir necha avtokorxonalar uchun markazlashtiriladi. Bunda katta hajmdagi ma'lumotlar yig'ish va qayta ishlashga ehtiyoj paydo bo'ladi. Shuning uchun markaziy nozimlik xizmati tarkibida hisoblash markazi tashkil qilinadi. Hisoblash markazida avtotransport korxonalari ish faoliyatidagi hisob-kitoblar, operativ rejalar tuzish, boshlang'ich transport hujjatlarini qayta ishlash va hokazolar bajariladi.
Avtotransport korxonasi nozimlik guruhi transport vositalarning yo'nalishga grafik asosida chiqishini ta'minlaydi.
Transport vositalarning yo'nalishiga chiqarish grafigini avtokorxona texnik xizmati bilan kelishgan xolda ekspluatatsiya xizmati tuzadi.
Transport vositalarni yo'nalishga chiqarish ketma-ket, guruh va jamlanma (kolonna) usullarida amalga oshiriladi. Yo'nalishga chiqarish grafigi asosida haydovchilarning ish jadvallari tuziladi.
Yuk tashish operativ nozimlik rahbarligining vazifasi:
-yuk tashishga buyurtmalar qabul qilish smena-sutka rejasini tuzish;
-avtomobilarning yo'nalishga chiqishi va qaytishini tashkil qilish;
-yo'nalishdagi ishini kuzatib borish;
-hisobot yuritish va uni tahlil qilish;
-transportning beto'xtov ishlashini va samaradorligini ta'minlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |