Yuk tashish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha ishlar va xizmatlar uchun yig‘imlarni hisoblash
Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad: Talabalarga yuk tashish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha ishlar va xizmatlar uchun yig‘imlarni aniqlashni o‘rgatish va ko‘nikmalarini shakllantirish.
Yuk tashish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha ishlar va xizmatlar uchun yig‘imlarni undirish “O‘TY” AJning mintaqaviy temir yo‘l uzellari va “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ tasdiqlagan shartnomaviy tariflar asosida amalga oshiriladi. Quyidagi 13.1-jadvalda jo‘natuvchilardan yuklarni qabul qilib jo‘natishdagi va yetib kelgan yuklarni oluvchilarga topshirishdagi qo‘shimcha ishlar va xizmatlar uchun stavkalar keltirilgan.
13.1-jadval
№
kal- kulyatsiya №
Qo‘shimcha ishlar va xizmatlar nomi
O‘lchovi
Summa-si, so‘m
1
2
3
4
5
1
3.1
Mijozning talabiga binoan O‘zb. t.y. sarhadlariga va sarhadlaridan tashqariga inventar parkning bitta vagon ortish uchun qo‘shimcha reja ajratish
1 vagon
136199
2
3.2
Mijozning talabiga binoan O‘zb. t.y. sarhadlariga va sarhadlaridan tashqariga inventar parkning bitta bo‘sh vagoni jo‘nash uchun qo‘shimcha reja ajratish
1 vagon
100643
3
6.1
Yuklarni qabul qilish va topshirishda temir yo‘li tarozisida vaznini tortish va tekshirish
1 vagon
70617
4
6.2
Yuklarni qabul qilish va topshirishda TYShY egasi tarozisida vaznini tortish va tekshirish
1 vagon
59306
5
7.1
Temir yo‘lni hisobidan bitta tambalash – plombalash moslamasini (ZPU) o‘rnatishga
1 ZPU
32713
6
9.1
Sutkaning mijoz belgilagan muayyan davrida vagonlarni ortishga olib kirib berishga
1 vagon
107632
7
13.1
Yuk jo‘natuvchining iltimosiga ko‘ra tashish rejasida vagonni turini, yukni turini, jo‘natuvchi stansiyani, tayinlangan stansiyani o‘zgartirishga
1 buyurt-manoma
25107
8
16.1
Yuklarni tushirishdan so‘ng vagonlarni yuvish shart bo‘lgan yuklar ro‘yxatiga kiritilmagan bir dona oddiy vagonni tozalashga
1 vagon
29559
9
21.1
Mijozning buyutrmanomasi bo‘yicha noumumiy foydalanish joylariga ortishga va tushirishga yuboriladigan vagonlarga bo‘rda belgi qo‘yishga
1 vagon
10931
10
26.2
Bir olib kirib berishda temir yo‘l shoxobcha yo‘li egasining hududidagi bitta markazlashtirilmagan (dastaki) strelkani temir yo‘lni kuchi va vositasida aylantirishga
1 dastaki strelka
5963
11
26.3
Bir olib kirib berishda o‘tish joylardagi shlagbaumlarni, temir yo‘l shoxobcha yo‘li egasining xududidagi darvozalarni temir yo‘lni kuchi va vositasida ochish va berkitishga
1 dona
6082
12
32.1
Bepul saqlash uchun belgilangan normadan ziyod bir sutka yuklarni saqlashga
1 vagon
35137
13
39.2
Mijozning iltimosi bo‘yicha tashish hujjatlarini to‘ldirishga
1 hujjat
7871
14
40.2
Yukni yetib kelganligi haqida telefonda ikkinchi bor xabar berishga
1 vagon
3569
13.1-misol: Stansiyaning temir yo‘l shoxobcha yo‘llida qo‘shimcha reja bo‘yicha mahalliy qatnovlarda 64700 kg “Сахар-песок”ni ortib jo‘natishdagi qo‘shimcha ishlar va xizmatlar uchun yig‘imlar aniqlansin. Yechish: quyidagi shartlar asosida qo‘shimcha ishlar va xizmatlar uchun yig‘imlar aniqlanadi va ulardan 15 % miqdorida qo‘shilgan qiymat solig‘i undiriladi. a) stansiyaning tovar idorasida undirib olinadigan yig‘imlari: - 3.1. Mijozning talabiga binoan O‘zb. t.y. sarhadlariga va sarhadlaridan tashqariga inventar parkning bitta vagon ortish uchun qo‘shimcha reja ajratish: 136199 + 136199 x 0,15 = 156,628.85 so‘m; - 39.2. Mijozning iltimosi bo‘yicha tashish hujjatlarini to‘ldirishga: 7871 + 7871 x 0,15 =9,051.61 so‘m; - 21.1. Mijozning buyutrmanomasi bo‘yicha noumumiy foydalanish joylariga ortishga yuboriladigan vagonlarga bo‘rda belgi qo‘yishga: 107632 + 107632 x 0,15 =123,776.8 so‘m; - 9.1. Sutkaning mijoz belgilagan muayyan davrida vagonlarni ortishga olib kirib berishga: 52334 + 52334 x 0,2 = 62801 so‘m; - 26.3. Bir olib kirib berishda temir yo‘l shoxobcha yo‘li egasining hududidagi dorvozalarni temir yo‘lni kuchi va vositasida ochish va berkitishga: 6082 + 6082x 0,15= 6,994.3 so‘m; - 26.2. Bir olib kirib berishda temir yo‘l shoxobcha yo‘li egasining hududidagi uchta markazlashtirilmagan (dastaki) strelkani temir yo‘lni kuchi va vositasida aylantirishga: 3 x (5963+ 5963x 0,15) =20,572.35 so‘m; Shunday qilib temir yo‘l yuk jo‘natuvchidan qo‘shimcha ishlar va xizmatlar uchun hammasi bo‘lib, 329,594.56 so‘m yig‘im undiradi. 13.2-misol: Stansiyaning temir yo‘l shoxobcha yo‘llida mahalliy qatnovlarda 64700 kg “Сахар-песок” ni tushirish va yuk oluvchiga topshirishdagi qo‘shimcha ishlar va xizmatlar uchun yig‘imlar aniqlansin. Yechish: quyidagi shartlar asosida qo‘shimcha ishlar va xizmatlar uchun yig‘imlar aniqlanadi va ulardan 15 % miqdorida qo‘shilgan qiymat solig‘i undiriladi.