Liniya ishi chizmalari
Ma'lum vaqt yoki butun smena davomida transport vositalari aniq ishlashlari uchun marshrutda ishlash chizmasi tuziladi. Buning uchun avtomobillarni eng qo'lay yurish marshruti aniqlaniladi, transport vositalari samarali ishlashni va marshrut ishini tashkil etishni nazarda tutib yuk tashishga zarur bo'lgan vaqt hisoblanib aniqlanadi.
CHizmani tuzishda harakat tezligi me'yori, ortish-tushirish ishlarida bo'lish, agar zaruriyatga ko'ra yo'llarda to'xtalsa, unga sarflanuvchi vaqtlar hisobiga olinishi kerak.
Yaxshi ishlab chiqilgan chizmalar yuklarni tez va o'z vaqtida yetkazib berish, transport vositalari ishi ma'lum ritmda bo'lishi va mijozlar ishidan oqilona foydalanish imkonini yaratadi. Eng asosiysi, transport jarayonining barcha qatnashchilarini (transport xodimlari, ortish-tushirish punktlari, ishchilari va mijozlarni) intizomli bo'lishini ta'minlaydi.
SHahar sharoitlarida yuk avtomobillari harakat chizmasini tuzish ancha murakkab muammo, chunki ko'pincha ortish-tushirish punktlari bir va ikki smena davomida bir yoki bir necha qatnovlardagina amalga oshiradilar. Ko'p mijozlar uchun yuk tashish chizmasi oldindan ishlab chiqilgan bo'lishi kerak. Bunday chizmalarni tashkiliy- tezkor ahamiyati katta.
Aniq ishlab chiqilgan harakat chizmasi avtomobillarning o'zgarmas yuk oqimi tashishlarida ortish-tushirish punktlariaro qatnov jadvalini tuzish uchun asos bo'ladi. CHizmaga nisbatan jadvalning farqi shundaki, jadvalda har bir transport vositasining aniq harakat vaqtlari ko'rsatilgan bo'ladi. Ayni marshrutda ishlovchi keyingi avtomobillar uchun ish chizmasi, undan oldingisiday bo'lib, faqat boshlanish vaqti avtomobillarni ishga chiqarish interval miqdorida suriladi.
Haydovchilar ish rejimlari
Haydovchi ish vaqti uning avtomobilni boshqarish, ishga chiqishga tayyorgarlik ko'rish va ish nihoyasidagi operatsiyalarga sarf qilingan (avtomobilni qabul etish va topshirish, yonilg'i quyish, xo'jjatlarni rasmiylashtirish va boshqa) va sog'liqni tibbiy tekshirish vaqtlari yig'indisidan iborat. Avtomobilni boshqarishdan tashqari keltirilgan vaqt sarflari ularning marshrutda bo'lish vaqtini qisqartirishi sababli, ayni ishlarni bajarishga sarflanuvchi vaqtlarni iloji boricha qisqartish yoki minimumga keltirish zarur.
Haydovchilarni marshrutda ishlashi smena davomida bir o'zi yoki boshqa haydovchilar bilan almashib ishlashi mumkin. Birta haydovchi ishlaganda marshrutdagi barcha ish vaqtida uning o'zi bo'ladi. Haydovchilar almashinuvi usulida ular belgilangan chizma bo'yicha kun davomida almashishib ishlaydilar. Haydovchilar almashinuvi marshrut ichida bo'lishi yoki avtomobilb saroyiga qaytib kelib almashishi mumkin. Keyingi holda nolinchi qatnov masofasi oshadi.
Transport ishi hafta davomida uzluksiz bo'lishini hisobga olganda 5 kunlik ish rejimiga binoan har 5 avtomobilga 7 haydovchi, agar avtomobil ikki smena ishlaydigan bo'lsa, 14 nafar haydovchi zarur bo'ladi. Bunda ishlovchi haydovchilar almashib ishlashlari sabablari avtomobillar holatini qarovga javobgarlik hissi pasayadi. Lekin, aytilganga qaramay, ishni uzluksiz almashiuvchi haydovchilar bilan tashkil etish ilg'or (progressis) usullardan bo'lib, avtomobillarda uzluksiz (xaftaning 7 kunida) foydalanish imkonini beradi. Aytilgan (haydovchilar almashuvi usuli) usul temir yo'l transporti, suv va havo transportlarida qo'llaniladi.
Keyslar banki
Keys 3. Transport vositalarining marshrutini tashkil etish tamoyillari va ularning ish sxemalarini keltiring va izoh bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |