6-MAVZU. YUK TASHISHNI TASHKIL ETISH TIZIMLARI VA AVTOMOBILLAR HARAKATINI TASHKIL ETISH
Dars (Oquv maqsadi: avtomobilb transportida hajmi katta va kichik hajmli yuklarni tashishni tashkil etish hamda tashishni tashkil etishning usullari va tizimlarini o'rganishdan iborat.
Tushuncha va tayanch iboralar:hajmi katta, hajmi kam, tarqatish, yig'ish, maxsus transport, avtopoezd, tashish tannarxi arzonlashadi, markazlashtirilgan, tarasiz, konteynerli, paketli.
Asosiy savollar
Hajmi katta bir turli yuklarni tashish.
Kam miqdordagi yuklarni tashish.
Markazlashgan tashishlar.
Markazlashtirilgan yuk tashish tashkiliy shakllari.
Tarasiz tashishlar.
Konteynerlar va tagliklarda yuklarni tashish.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Xo'jaev B.A. Avtomobillarda yuk va passajirlar tashish asoslari.-Toshkent: O'zbekiston, 2002. 159-173 b.
Вельможин А.В., Гудков В.А., Миротин Л.Б. Технология, организация и управления грузовыми автомобильными перевозками.-Волгоград: РПК “Политехник”, 1999.-с.-111-118.
Hajmi katta bir turli yuklarni tashish
Avtomobilb transportida bir turli juda ko'p hajmdagi qo'yidagi yuklar: qishloq xo'jaligi mahsulotlari (g'alla,qant lovlagi, paxta xom-ashyosi, turli savzavotlar), har xil turdagi yonilg'ilar (toshko'mir, yog'ich, torf), qurilish materiallari (tuproq, qum, shag'al, tosh maydasi, g'isht, panellar, firmalar, yog'och materiallari) va boshqalar tashiladi. Bu yuklarni ishlab chiqarish va iste'mol etish, ularning hosil bo'lishi va qabul qilish punktlarining joylashuvi, ular orasidagi bog'lanishlar nihoyatda jadal tovar oborotiga olib keladi.
Bir turli juda ko'p hajmdagi yuklarni tashishda ortish-tushirish punktlarini joylashuvi, amalda yuk oqimi tuzilishi va quvvati o'zgarmas bo'ladi. Yuk oqimining bunday o'zgarishi rejali bo'lishi mumkin. Yuk hajmining katta qismini o'zgarmas ortish-tushirish punktlari o'rtasida tashish, yuk oqimi jadalligi (intensivligi) tashishni bir oylik va ildam (smena-sutka) rejalarga tayangan holda ishlab chiqilgan xarakat chizmalari yordamida tashkil etishga yordam beradi. Ortish-tushirish ishlari yaxshi va aniq tashkil etilishi marshrutli tashishlarni transport vositalari jadvali va harakat chizmasi bilan bajarish imkonini beradi.
Bir turli ko'p hajmdagi yuklarni tashishda avtopoezd va maxsus transport vositalarini ishlatish alohida ahamiyat kasb etadi. Ularni qo'llash unumdorlikni oshiradi. Marshrutli yuk tashishda avtopoezdlarni qo'llash avtomobillar tortish kuchidan yaxshiroq foydalanish va transport vositalari yuk ko'tarish umumiy qobiliyatini oshirsh imkonini beradi. Aytilganlar birgalikda tashish tannarxini 20% ga undan ham ortiq arzonlashtiradi.
Yuk tashishni marshrutlash, ayniqsa, qishloq xo'jalik mahsulotlarini hamda o'lkan qurilish ob'ektlari yukini va shunga o'xshashlarini tashishda alohida ahamiyatga ega.
Kam miqdordagi yuklarni tashish
Amaldagi ba'zi muayyan hollarda yuk qabul etuvchilar yukni kam miqdorda oladilar. SHuning uchun yuk jo'natuvchilar ularga yuklarni mayda partiyalab keltirishga majbur bo'ladilar. Natijada yuk tashuvchi avtomobillarning ko'tarish qobiliyatidan to'la foydalanilmaydi. Masalan, maktab bufetlariga, kichik do'konlarga (non, sut, go'sht va x.k.), maishiy xizmat (kir yuvish yoki kimyoviy tozalash punktlari yuklari), qishloq joylardagi xalq iste'moli mollari yuklarini tashish shular jumlasiga kiradi. Agar bunday yuklarni tashishda qandaydir chora-tadbirlar qo'llanilmasa, avtomobillar yuk ko'tarish qobiliyatidan to'la foydalanilmaganligi sababli ular unumdorligi keskin pasayib ketishi mumkin.
Bunday yuklar tashishda bir necha jo'natuvchilar yuklarini yig'ib, ya'ni har yerlarda tarqoq bo'lgan jo'natuvchilar yuklarini bir joyga yig'ib, ularni yo'nalishlar bo'yicha va yuk qabul etuvchilar joylashuviga ko'ra komplektlab tashish tizimidir. Bunday tizimli yuk tashish, eng avvalo, shahardan uning atrofiga jo'natiluvchi yuklarni komplektlab tashishda qo'llaniladi.
SHaharlararo tashishdagi mayda partiyali yuklarni bir joyga yig'ib komplektlab tashishni tashkil etishda yuk tashish avtomobili bekati (YuTAB)ning ahamiyati katta. Bunday bekatlar omboriga yuklarni tegishli transport vositalari keltiradilar. Yuklarni yo'nalishlariga qarab komplektlab, avtopoezdlarda yuk egalariga jo'natiladi. Yuklarni oldindan komplektlab tashish tizimi avtomobilb va avtopoezdlar yuk ko'tarish qobiliyatidan unumli foydalanish imkoni beradi.
Ba'zi bir mayda partiyali yuklarni tashish rejali bo'lmay tasodifiy bo'lishi mumkin. Bunday tashishlarni tashkil etishda mijozlar omborlaridan YuTABga keltirmasdan to'g'ridan-to'g'ri yuklarni transport vositalarida yig'ib yuk qabul etuvchilarga tashiladi. Bunday tashishlarni tashkil etishda belgilangan vaqtda tashishga katta e'tibor berish lozim bo'ladi.
SHahar ichi (shahar atrofi) sharoitlarida mayda partiyali yuklarni yig'ib yoki tarqatib tashish marshrutlari tuzish lozim. Yig'ib tashish marshrutida avtomobilb marshruti yo'l-yo'lakay mayda partiyali yuklarni ketma-ket yig'ib borib, so'nggi manzilga yuk egalariga topshiradilar. Tarqatib tashishda esa avtomobilb bosh yuk jo'natish joyidan to'la ortilib, uni qabul etuvchilarga ketma-ket yetkazib beradi.
Yig'ib va tarqatib tashish marshrutlari uchun qo'yidagi ko'rsatkichlarni aniqlash mumkin:
Yuk ko'tarish qobiliyatidan foydalanish koeffitsienti:
Do'stlaringiz bilan baham: |