3.3. Yuk ortish va tushirish hisobi
Yuk ortishni hisobga olish vazifasi tashish operativ rejasi bajarilishini
kuzatish va mamlakat iqtisodiyotining yuk tashishga bo‘lgan ehtiyoji
ta’minlanganligini baholashdan iborat. Yuk ortish va tushurish statistik
hisobi, shuningdek, temir yo‘l barcha bo‘linmalari foydalanish ishini
tashkil etish, shu hisobda temir yo‘l vagonlar parkini to‘g‘ri boshqarish,
yuk vagonlaridan foydalanish ko‘rsatikchlarini hisoblash uchun zarur.
Kuzutish obyekti bo‘lib, vagonlarga ortilgan va tushurilgan yuklar ja-
mi xizmat qiladi.
O‘lchov birligi. Statistikada yuk ortish va tushurishni o‘lchash vagon
va tonna hisob birligida olib boriladi. Vagon o‘lchov birligidagi yuk ortish
ko‘rsatkichi, asosan foydalanish ishini tavsiflash va sifat ko‘rsatkichlarini
hisoblashda, tonna birligidagi yuk ortish ko‘rsatkichi esa tashish operativ
plani bajarilishini baholashda qo‘llaniladi.
Hisob momenti. Yuk ortish va tushurishni hisobga olishda har bir daqi-
37
qa turi alohida ajratiladi:
1. Quyidagi hollarda, yuk ortish momenti tugagan, deb hisoblanadi:
9 umumiy foydalanuv joylaridagi yuk ortish, boshqa kenglik izidagi
vagonlardan qayta ortish, avtomobil va suv transoprti yuklarini to‘g‘ri
aralash yo‘nalish hujjatlari bo‘yicha qayta ortish – Yo‘l qaydnomasini
tuzish sharti bilan haqiqatda yuk ortish payti tugagan;
9 umumiy foydalanuvda bo‘lmagan joylardagi yuk ortish – temir yo‘l
lokomotivi bilan olib chiqilgan vagon tayyorligi to‘g‘risida Xabarnoma
olish payti yoki yuk jo‘natuvchi lokomotivi bilan kelishuvda
belgilangan joyga yuklangan vagonni olib chiqish payti (ikkala holda
ham Yo‘l qaydnomasini tuzish vaqti tugagash sharti bilan);
9 yuklarni qayta yuklashsiz, shuningdek, boshqa kenglik izlariga qo‘yish
bilan yangi qurilish va xorij temir yo‘llaridan yuklangan vagonlarni
qabul qilish – uzatish Qaydnomasida ko‘rsatilgan paytda
rasmiylashtirish.
2.Quyidagi hollarda, yuk tushurish momenti tugagan, deb hisoblanadi:
9 to‘g‘ri aralash yo‘nalish hujjatlari bo‘yicha umumiy foydalanuv
joylaridagi yuk tushurish yoki boshqa kenglik temir yo‘l izidagi
vagonga yoki avtomobil va suv transportiga qayta yuklash –Vagon
varag‘ida belgilangan yuk tushurish vaqtining haqiqiy tugash payti;
9 umumiy foydalanuvda bo‘lmagan joylardagi yuk tushirish:
• temir yo‘l vagonlar parki, shuningdek, xususiy vagonlar uchun esa
ijarachiga qarashli bo‘lmagan yo‘lda yuklarni tushirish - temir yo‘l
lokomotivi bilan tortib chiqilgan vagon tayyorligi to‘g‘risida
Xabarnoma olish payti yoki yuk oluvchi lokomotivi bilan kelishuvda
belgilangan joyga bo‘shatilgan vagonni olib chiqish payti;
• umumiy foydalanuvdagi temir yo‘l iziga, belgilangan tartibda
chiqishga ruxsat berilgan boshqa vazirlik hamda idoralarning korxona
va tashkilotlariga tegishli vagonlar, shuningdek, arendator temir yo‘l
izida yuk tushirishi mumkin bo‘lgan ijaradagi vagonlar uchun -
korxonalar yordamchi yo‘liga vagonlarni yetkazish payti.
Quyida keltirilgan daqiqalar, vagonlarni keltirib berish va yig‘ishtirish
Qaydnomalarida ko‘rsatiladi:
9 qo‘shaloq amallar tartibidagi yukli vagonlarni, umumiy foydalanish
joyiga keltirib berish – kelishuv bo‘yicha tushurish muddatining tugash
payti;
9 qayta yuklashsiz yangi qurulish va xorijiy temir yo‘llarga yukli vagon-
larni topshirish, shuningdek, g‘ildirak juftligini almashtirish-Uzatish
qaydnomasida ko‘rsatilgan yukni topshirishni rasmiylashtirish payti;
38
9 platformadan olmasdan turib konteynerlardan yukni tushurishda-kon-
teynerga yangi ortilgan yukni tashishga yoki boshqarish tartibida yuk-
siz holdagi konteynerlarni jo‘natish uchun Yo‘l qaydnomasini rasmiy-
lashtirish vaqti tugash payti;
Yuk ortish va yuk tushurish. Yuk ortish va yuk tushurish ishi, temir
yo‘lda sutkaviy hisobotning, asosiy ko‘rsatkichlari bo‘lib xizmat qiladi.
Ular tonna va vagon o‘lchov birligida hisoblanadi. Sutkaviy o‘rtacha
ma’lumotlar, reja bajarilishini nazorat qilish, mintaqaviy temir yo‘l uzellari
ish darajasini solishtirish uchun qo‘llaniladi.
Qayd etiladigan belgilar va guruhlash. Har bir vagon bo‘yicha, yuk
ortish va yuk tushirishni hisobga olish asosiy belgilari quyidagilardan ibo-
rat: yuk ortish va tushirish sanasi va vaqti; yuk ortish bekati va temir yo‘li;
vagon turi va raqami; vagonning tonnada yuk ko‘tarish imkoniyati; yetib
borish temir yo‘li; ortilgan yuk nomi va massasi; eksport yuk to‘g‘risidagi
belgi. Mana shunday ma’lumotlar, yuk ortish va tushurish to‘g‘risida tezkor
statistik Hisobot tuzish, maxsus kuzatuvlarni o‘tkazish imkonini beradi.
Yuk ortish va yuk tushirish hisob belgilari. Temir yo‘lda quyidagi
vagonlar, tashish uchun yuklangan vagonlar, deb hisoblanadi:
9 umumiy va noumumiy foydalanuv joylarida bevosita yuk jo‘natuv-
chidan tashishga qabul qilingan yuklar bilan yuklangan;
9 avtomobil va suv(daryo va dengiz) transportidan, to‘g‘ri aralash
yo‘nalish hujjatlari bo‘yicha, temir yo‘lda tashishni davom ettirish
uchun uzatilgan yuklar bilan yuklangan;
9 mamlakat hududida joylashgan, boshqa kenglikdagi temir yo‘l izidan
tushgan yuklar bilan yuklangan;
9 yangi qurulishlarda yuklangan va yangi qurulayotgan temir yo‘l izla-
ridan qabul qilingan. Foydalanuvdagi temir yo‘l bekatlarida yuklangan
va yangi qurulishni tranzit bilan o‘tgan vagonlar, yangi qurulishdan
qabul qilish punktida yuklanganlar hisobiga kirgizilmaydi;
9 xorij temir yo‘llaridan qayta ortishsiz qabul qilingan yoki boshqa
kenglikdagi temir yo‘l iziga qo‘yilgan yukli vagonlar;
9 xorij temir yo‘llariga tegishli vagonlardan chegaradagi bekatlarda yoki
qaytadan yuklash bazalarida olingan yuklar bilan yuklangan;
9 temir yo‘l parkidagi yukli vagonlar, egasi boshqa va ular tomonidan
ijaraga olingan, temir yo‘l boshqaruvi maxsus ruxsati bo‘yicha, rejada
belgilangan yuklarni tashish uchun, umumiy temir yo‘l iziga chiqish
huquqiga ega bo‘lgan vagonlar;
9 yuk hujjatlari bo‘yicha odamlarni tashish uchun (jo‘natish bekatida
faqat bir martta yuk ortishda hisobga olinadi) yuk parkidan qabul
qilingan vagonlar;
39
9 yuk poyezdlaridagi yig‘ma-tarqatma va barcha poyezdlardagi (jo‘natish
bekatida faqat bir martta yuk ortishda hisobga olinadi) sut vagonlari;
9 bekat ichidagi, temir yo‘l rahbariyati ruxsati asosida va kalendar oy
tashish rejasida belgilangan, tashishdagi yuklar bilan yuklangan;
9 mayda jo‘natmalar va tranzit bilan birga, ularni 50 % va undan ortiq
yuklari ushbu temir yo‘lning o‘zi qabul qilgan konteynerlar bilan
yuklangan yig‘ma vagonlar. Mayda jo‘natmali vagonlar, yuk ortishda
ortilgan yuk massasiga qarab, konteynerlar bilan esa - yukli
konteynerlarni vagonga ortilgan soni bo‘yicha hisobga olinadi;
9 tirmakli uzun o‘lchamli yuklarni tashish uchun band qilingan vagonlar.
Quyidagi vagonlar, yuk ortishda ∑U
gr
hisobga olinmaydigan vagonlar
qatoriga kiritiladi:
9 “Manzili o‘zgartirilgan” shtempelli yangi va eski yuk hujjatlari
bo‘yicha harakat yo‘lida yoki yetib borish bekatida manzili
o‘zgartirilgan vagonlar;
9 mayda jo‘natma va konteynerlarni saralash va texnik hamda tijorat
nosozligi tufayli qayta yuklangan, shuningdek, agar qayta yuklash
nochegara bekatida bajarilayotgan bo‘lsa, xorij temir yo‘llariga
taalluqli keng izli vagonlardan qayta yuklashda band bo‘lgan vagonlar;
9 bevosita chegara yoki davlat chegarasiga yaqin bekatda yuklangan, chet
elga chiquvchi va chegara bekatga yetib keluvchi, xorijdan kelgan yoki
umumiy foydalanuvdagi izga chiqish huquqi bo‘lmagan boshqa vazirlik
hamda idoralar, korxona va tashkilotlariga tegishli vagonlar;
9 bekat va depo hududini tozalashda chiqqan qor va axlat bilan
yuklangan vagonlar;
9 umumiy temir yo‘l bekatlarida va yangi qurulishlarda, faqat yordam-
chi temir yo‘l izlarida tashish uchun yuklangan vagonlar, ruxsat
berilgan bekat ichidagi tashishdan tashqari;
9 chipta bo‘yicha yo‘lovchi tashish uchun band qilingan;
9 yo‘lovchi va yo‘lovchi yuk poyezdlarida va qo‘l yuki sifatida vaqtincha
ishlatiladigan yuk vagonlari;
9 pochta tashish uchun band qilingan yuk parki vagonlari;
Vagondan yuk tushirishni ∑U
Do'stlaringiz bilan baham: |