Logistik xizmat ko‘rsatishning sifat ko‘rsatkichlari Logistik xizmat ko‘rsatishning sifatini baholash uchun quyidagi ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi:
tovar yetkazib berishning ishonchliligi;
talab olinganidan keyin tovarlar to‘plamini yetkazib berishga qadar bo‘lgan to‘liq vaqt;
tovar yetkazib berishning ishonchliligi;
talab olinganidan keyin tovarlar to‘plamini yetkazib berishga qadar bo‘lgan to‘liq vaqt;
tovar yetkazib berishning ixchamliligi;
Tovar yetkazib beruvchining omboridagi zaxiralarining mavjudligi
kreditlami berish imkoniyatlari, shuningdek, boshqa imkoniyatlardir.
Aytib o‘tilgan koTsatkichlarning har birini tavsiflab o‘taylik. Tovar yetkazib berishning ishonchliligi deyil- ganda tizimning kompleks xususiyatlari tushunilib, uning belgilangan faoliyatlarini bajarish qobiliyatlaridan iborat bo Tib, ulaming xususiyatlarini belgilangan doirada saqlab qo ladi. Tovar yetkazib berishning ishonchliligi - bu yetkazib beruvchining belgilangan tarzda shamomada ko‘rsatilgan muddatlarga amal qilib berish xususiyatlarini bildiradi. Tovar yetkazib berishning ishonchliligi ayrim ish turlari bo‘yicha bajarish muddatlarini saqlashning ishonchliligi bilan belgilanib, tovar yetkazib berish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Tovar yetkazib berishning to’liq ishonchliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omillardan biri bo’lib, shamomada belgilangan majburiyatlaming mavjudligi (kafolati) hisoblanib, uning ta’siri natijasida tovar yetkazib beruvchi yetkazib berish muddatlari buzilganda mas’uliyatli hisoblanadi.
Tovarlar talabini bajarish uchun talabnoma olingandan boshlab, tovar to‘plamlarini yetkazib berishga qadar bo’lgan davr o‘z ichiga quyidagilami oladi:
talablami rasmiylashtirish uchun ketgan vaqt;
tovarni tayyorlash uchun ketadigan vaqt (bu vaqt tovarni yetkazib berish muddatiga qo‘shiladi, agar talab qilinadigan tovar, avvalo, tayyorlanishi lozim bo’lsa);
о ‘rash-bog’lash uchun sarflanadigan vaqt;
jo‘natish uchun sarflanadigan vaqt;
yetkazib berish uchun sarflanadigan vaqt;
Tovarlarni tayyorlashning belgilangan muddatlariga e’tibor berilmasligi yoki ekspeditor tomonidan e’lon qilingan transportda olib kelish muddatlari saqlanmasligi yoki amal qilinmasligi ham mumkin. Tovar yetkazib berishning ixchamligi - bu tovar yetkazib beruvchi tizimning mijozlar bo‘yicha alohida qoidalami hisobga olishni nazarda tutadi. Bular o‘z ichiga quyidagilami oladi:
talablar shaklining o‘zgarish imkoniyatlarini;
talablami berish usulining o‘zgarish imkoniyatlarini;
idishlar va o‘rash-bog‘lash to‘plarining o‘zgarish imkoniyatlarini;
mijoz tomonidan uning talabi qaysi holatda ekanligi haqidagi axborotni olish imkoniyatlarini;
butlanmagan tovarlar yetkazib berilgan taqdirda e’tirozlarga munosabatlami;
Ayrim ko‘rsatkichlar ahamiyatlarining nisbatlari o‘zgarib borishi mumkin. Masalan, toTov vositalarining tanqisligi yuzasidan respublikamiz sharoitida kreditlar berish garovi ahamiyatga egadir. Shu bilan birgalikda, bozor iqtisodiyotlari turlicha bo’lgan mamlakatlarda asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo’lib tovar yetkazib berishning ishonchli bo’lishi muhim omillardan hisoblanadi.