Logistikaning vazifasi jihatdan marketing, moliya, ishlab chiqarishni rejalashtirish bilan bog’liqligi. Korxonada rejalashtirish, boshqarish, nazorat va logistik faoliyatni amalga oshirish boshqa faoliyat sohalari bilan uzviy ravishda bog‘langandir. Logistik vazifalar, ko‘pincha turli xizmatlarga «taqsimlanib» ketadi. Masalan, ishlab chi- qarish korxonasining biror bo‘linmasi moddiy vositalami sotib olish bilan, boshqasi ulami saqlash bilan, uchinchisi - tayyor mahsulotlami sotish bilan shug‘ullanishadi. Bunda bu bo‘linmalaming maqsadlari, korxona orqali o‘tayotgan moddiy vositalar oqimining to‘plamini oqilona tashkil- lashtirish maqsadlari bilan mos kelmasligi ham mumkin. Korxonadagi rejalashtirish vazifalariga logistik yondashuv maxsus logistik xizmatning ajratilishini nazarda tutadi hamda u mahsulotlami yetkazib bemvchilar bilan shartnoma munosabatlarini shakllantirishdan boshlab, iste’molchiga tayyor mahsulotlami yetkazib berishga qadar bo‘lgan moddiy vositalar oqimini boshqarishi lozim.
Logistika va marketing. Logistikaning marketing bilan o‘zaro munosabatlari mavjuddir.
Marketing xizmati orqali korxonada hal etiladigan vazifalami ajrataylik.
Tashqi muhitning tahlillari va bozor tadqiqotlari.
Iste’molchilar tadqiqotlari.
Tovarlami rejalashtirish, ishlab chiqarishni mahsu- lot turlari bo‘yicha ixtisoslashtirish.
Xizmat ko‘rsatishni rejalashtirish eng qulay xizmat ko‘rsatish yuzasidan bozor tabiatini o‘rganib borish.
Agar birinchi ikkita vazifalar logistika xizmatining ishtirokisiz marketing xizmati orqali hal etilsa, uchinchi va to‘rtinchi masalalar birgalikda hal etilishi kerak.
Aytaylik, marketing xizmati yangi mahsulot turini chiqarishning zarurligini asoslagan bo‘lsin. U holda logistika xizmatining vazifasi ishlab chiqarishni xom-ashyo bilan ta’minlash, zaxiralami boshqarish, transport ishlarini tashkil etish, bunda ulaming barchasi yangi mahsulotlar ko‘lamida boMadi. To‘rtinchi masalani hal etayotganda marketing logistik xizmat ko‘rsatishning jiddiy talablari bo‘yicha jismoniy taqsimot belgilaydi. Bu talablar logistika tizimi orqali bajariladi. Umuman olganda korxonada logistik xizmat faoliyatlari va marketing uzviy ravishda bog‘lanib ketadi.Mahsulotni yetkazib beruvchining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri va barcha logistik jarayonlami tashkillashtirishga ta’sir ko‘rsatuvchilardan biri qo‘yilayotgan mahsulotning sifati hisoblanadi. Qulay sifat darajasini aniqlash va uni saqlab qolishni nazorat qilish korxona logistikasining va ishlab chiqarishni rejalashtirish xizmatining birgalikdagi vazifalariga kiradi.