Yugon ichak kasalliklari



Download 229,5 Kb.
bet7/9
Sana31.05.2022
Hajmi229,5 Kb.
#623211
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yugon ichak kasalliklari

Nospetsifik yarali kolit
Nospetsifik yarali kolit chambar va to'gri ichaklar shilliK Kavatining yarali-nekrotik
o'zgarishi bilan kechuvchi surunkali yalliglanish kasalligidir. Abu Ali ibn Sino asarlarida
yo'gon ichakda yaralar xosil Kilish bilan o'tadigan Kon aralash ich ketishi tasvirlangan.
O'zbekiston olimlari bu patologiyani o'rganishga (professorlar I. A. Kassirskiy, A. A.
Askarov, U. A. Askarov), shuningdek nospetsifik yarali kolitni xirurgik davolashga (prof. S.
M. A'zamxo'jaev) katta xissa Ko'shdilar. O'rtacha xar 100000 axolidan 1,2 tasi kasallanadi.
Etiologiyasi yetarli o'rganilmagan. Kasallikni chaKiruvchi mikrob yoki virusni aniKlash ustida
olib borilgan ishlar natijasiz yakunlangan. Shu sababli kasallik kelib chiKishida infektsion
nazariya o'z axamiyatini bir-muncha yo'Kotgan. Buning aksi allergik jarayon esa, kasallik
rivojlanishida muxim o'rin tutadi. OvKatlanish ratsionidan sut, tuxumga o'xshash allergen-
larni olib tashlash kasallik klinik kechishini ijobiy tomonga o'zgartir-ganligi ma'lum.
Bundan tashKari, immun jarayonlarning axamiyati xam kasal-lik rivojlanishida ma'lum bir
ma'noga ega. Bemor Kon zardobida yo'gon ichak shilliK Kavatiga Karshi maxsus antitelolarning
bo'lishi buning yaKKol dalilidir. Nospetsifik yarali kolit kelib chiKishida oilaviy moyillik
xam muxim axmiyat kasb etadi.
Patogenezi. Kasallik organizmning sensebilizatsiyasi va autoimmun reaktsiya
rivojlanishi bilan kechadi. Ichak shilliK Kavati antigen ishlab chiKaradi va unga Karshi
antitelolar paydo bo'ladi. Antigen-antitelo reaktsiyasi yuzaga keladi, keyin esa kolit, yaralar
kelib chiKadi. Keyinchalik ikkilamchi infektsiya Ko'shiladi, ichak nerv apparati shikastlanadi,
alimentar yetishmovchilik yuzaga keladi.
Patalogik anatomiyasi. Ichak devori shishgan, giperemiyalashgan, oson yirtiluvchan
bo'lib, shilliK Kavatida ko'plab yara va eroziyalar paydo bo'ladi. Yara tubida ba'zan, arroziyaga
uchrovchi va Kon ketishiga sabab bo'luvchi Kon tomirlar ko'rinib turadi, ayrim xollarda yaralar
chuKurlashib ichak perfo-ratsiyasiga olib keladi. ShilliK Kavat fibrin parda bilan
Koplangan, ba'zi-da kasallik juda ogir kechib, xatto shilliK Kavatning ko'chib tushishi xam
kuzatiladi. Gistologik tekshiruvda shilliK Kavat atrofiyasi, shilliK osti Kavatining
leykotsitar infil`tratsiyasi va kriptalarda mikroabstsesslar yuzaga kelib, keyinchalik ichak
devori chandiKli fibrozi va psevdopolipozi vujudga keladi (rasm 2.).
Nospetsifik yarali kolit chambar va to'gri ichakning barcha Kismiga tarKalgan bo'lishi
mumkin (total zararlanish), ba'zan aloxida ichak Kism-larini egallashi xam mumkin
(segmentar zararlanish).
Nospetsifik yarali kolit klinik kechishida uning Kaysi shakli ekanligi axamiyatga
ega. O'tkir (yashin tezligida kechuvchi) shaklida (10% bemorlarda) kasallik juda ogir kechadi.
Bunda ich surishi sutkasi 40 marotabagacha yetishi mumkin. Najas shilliK, Kon, yiring aralash
bo'ladi, Korinda kuchli ogriK tenezmlar, Kayt Kilish, yuKori xarorat yuzaga keladi. Bemorning
axvoli ogir, Kon bosimi tushishi, pul`sining tezlashuvi kuzatiladi. Korin kattalashgan,
paypslaganda yo'gon ichak bo'ylab ogriKli. Leykotsitoz, leykotsitar formulaning chapga
siljishi, gemoglobin, eritrotsitlar sonining gematokrit ko'rsatkichining kamayishi
kuzatiladi. Ich surishining davom etishi organizmning suvsizlanishiga, tana vaznining
pasayishiga, suv-elek-trolit almashinuvining va kislota-ishKor muvozanatining
buzilishlariga olib keladi. Rektoromanoskopiyada ichak shilliK Kavati shishgan, undan Kon
ketayotganligi, ichak bo'shligida shilliK, Kon va yiring borligi ko'rinadi. Kasallikning o'tkir
shakli ko'pincha ogir asoratlar bilan kechadi – massiv Kon ketishi, ichak perforatsiyasi, ichak
toksik dilyatatsiyasi. O'lim kasallikning birinchi kuni (yashin tezligida kechuvchi shakli) yoki
yaKin oylar ichida yuzaga kelishi mumkin. O'tkir shakli ko'p uchramasada, undagi letallik 20% ni
tashkil Kiladi.
Ko'pchilik (50%) bemorlarda kasallikning surunkali retsidivlovchi shakli uchraydi.
Bu shaklida kasallikning avj olish va remissiya davrlari almashinib keladi. Remissiya davri
bir necha yilgacha davom etishi mumkin. Kasallikning avj olishiga emotsional stress, ko'p
charchash, parxezni buzish, antibiotik va surgi dorilarni Ko'llash sabab bo'lishi mumkin. Avj
olgan davri xuddi o'tkir shaklini eslatadi. Remissiya davrida bemorlar xech Kanday shikoyat
bildirmaydilar, ammo, najas shakllanmagan xolatda Koladi. Ayrim xollarda kasallik o'tkir
yoki asta-sekinlik bilan boshlanib, to'xtovsiz ravishda kuchayib boradi. Bu kasallikning
surunkali uzluksiz shakli xisoblanib, 35-40% bemorlarda uchraydi.
Nospetsifik yarali kolitning barcha shakllariga anemiya, jigarning yogli distrofiyasi
xos bo'lib, ogir kechuvchi shaklida gipoal`buminemiya, beta- va gammaglobulin miKdorining
ko'payishi kuzatiladi. Ko'p miKdorda suv va elektrolit yo'Kotilishi oKibatida organizmda
suv-elektrolit muvozanatining buzilishi, suvsizlanish, gipokaliemiya vujudga keladi.
Natijada vitamin almashinuvi buziladi. Ichak devorining destruktsiyasi juda ogir
asoratlarga – Kon ketishi (5-6%), perforatsiya (3-4%), ichak toksik dilyatatsiyasi (NYAKning
barcha shakllari bo'yicha bemorlarning 2-6% ida, o'tkir shakli bilan ogrigan bemorlarning 10
-20% ida), stenoz, malignizatsiya (7-10%) olib keladi.
Ba'zan, Kon ketishi shu darajada kuchli bo'ladiki, xatto shoshilinch jar-roxlik
amaliyoti xaKida savol dolzarb bo'lib Koladi. Xuddi shunday ichak perforatsiyasi va toksik
dilyatatsiyasida xam operativ davo yakuniy xisobla-nadi.
Nospetsifik yarali kolit rak oldi kasallik xisoblanadi. Yo'gon ichak raki 5-7%
bemorlarda, kasallik boshlangandan 10-20 yil o'tgach esa bu ko'rsatkich 40% ni tashkil Kiladi.
Diagnostikasi bemorning shikoyati, anamnezi, rektoromanoskopiya, ir-rigografiya,
kolonoskopiya natijalariga asoslanib bajariladi.
Kasallik differentsial diagnozi dizenteriya, proktit, Kron kasalligi bilan
o'tkaziladi.
Davolash. Konservativ davo oKsilga boy, uglevodlar va sutni cheklovchi parxezdan,
desensibilizatsiyalovchi va antigistamin dori vositalari (dimedrol, pipol`fen, suprastin,
tavegil), vitaminlar (A, YE, S, K, V gurux), bakteriostatik preparatlar (etazol, ftalazol,
sul`gin, enteroseptol) dan tashkil topadi. Bundan tashKari, salazopiridazin antimikrob va
desensibi-lizatsiyalovchi ta'sir ko'rsatib, juda yaxshi natija beradi. Davo natijasiz bo'lgan
xolatlarda davoga steroid gormonlarni (prednizolon, deksametazon) Ko'shish maKsadga
muvofiKdir.
Xirurgik davo kasallik asoratlari yuzaga kelganda, ya'ni, profuz Kon ketganda, ichak
perforatsiyasi va toksik dilyatatsiyasida Ko'llaniladi. Bundan tashKari, operativ davo
kasallikning uzluksiz va retsidivlovchi shakllarida, konservativ davo natija bermaganda, rak
rivojlanganda xam Ko'llaniladi. Ichak toksik dilyatatsiyasida ileo- yoki kolostomiya amaliyoti
bajariladi. Kolgan xolatlarda zararlangan ichak Kismi rezektsiyasi, kolektomiya yoki
ileostomiya bilan yakunlanuvchi koloproktektomiya amalga oshiriladi.



Download 229,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish