Yufa tahrir hay'ati


Юридик фанлар ахборотномаси – Вестник юридических наук – Review of law sciences



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana14.06.2022
Hajmi0,76 Mb.
#670767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
globalnyy-ekonomicheskiy-krizis-covid-19-i-antikrizisnye-mery-opyt-es

Юридик фанлар ахборотномаси – Вестник юридических наук – Review of law sciences
12.00.03 – Фуқаролик ҳуқуқи. Тадбиркорлик ҳуқуқи. 
оила ҳуқуқи. Халқаро Хусусий ҳуқуқ
ovqatlanish xizmatlari) Covid-19 iqtisodiy inqiro
-
zidan eng ko‘p zarar ko‘rgan sohalarga aylandi [2]. 
Shuningdek, Covid-19 global iqtisodiy inqiroz 
eng ko‘p moliya bozorlariga ta’sir ko‘rsatmoq
-
da. Dunyo bo‘ylab inqiroz oqibatida nazorat qilib 
bo‘lmaydigan aktiv qiymatlari pasayishi zanjir reak
-
siyasini keltirib chiqarib qator bankrotliklarga va 
global moliyaviy tizim qulashiga olib kelmoqda [3].
Bugungi koronavirus pandemiyasi sharoitida 
Yevropa Ittifoqi davlatlarining birinchi navbatda
-
gi vazifasi fuqarolar sog‘lig‘i hisoblanadi. Shu bi
-
lan birga, koronavirus tarqalishi Yevropa va global 
iqtisodiyot uchun katta zarba bo‘ldi deb ta’kidlash 
ayni haqiqatdir. A’zo davlatlar allaqachon sog‘liqni 
saqlash tizimlari imkoniyatlarini oshirish va, ayniqsa, 
ta’sir ko‘rsatadigan fuqarolar va sektorlarga yordam 
berish uchun budjet likvidligi va siyosat choralarini 
ko‘rmoqda yoki qabul qilmoqda.
Yuzaga kelgan pandemiyaning odamlar hayoti 
va iqtisodiyotga zararli ta’sirini yumshatish uchun 
Yevropa Komissiyasi inqirozga qarshi keng qamrov
-
li iqtisodiy choralarni qabul qildi. Xususan, Yevropa 
Ittifoqi budjeti moliyaviy qoidalarining pandemiya 
sharoitlariga to‘liq moslashuvchanligi, a’zo davlatlar 
tomonidan yordam ko‘rsatish qoidalarini qayta ko‘rib 
chiqdi va 37 milliard yevro Covid-19 ga qarshi sar
-
moya ajratdi. Bu borada kichik biznes va sog‘liqni 
saqlash sektori likvidliligini ta’minlash tashabbusi 
eng ahamiyatli jihatlardan biri bo‘ldi. Bundan tashqa
-
ri, Yevropa Komissiyasi Yevropa Ittifoqi budjetining 
har bir yevrosini aholi hayoti va tirikchiligini himoya 
qilishga safarbar qilish uchun keng ko‘lamli choralar
-
ni ishlab chiqdi. Mazkur Komissiya SURE (Favqulod
-
da ishsizlik riskini kamaytirishni qo‘llab-quvvatlash) 
deb nomlangan yangi tashabbusni boshladi. Mazkur 
tashabbus orqali ish o‘rinlarini saqlash va oilalar
-
ni qo‘llab-quvvatlash nazarda tutildi. Shuningdek,
Yevropa Komissiyasi mavjud bo‘lgan barcha tarkibiy 
fondlarni koronavirusga qarshi reaksiyaga yo‘nal
-
tirishni taklif qildi. Yevropa Ittifoqining sog‘liqni 
saqlash bo‘yicha birdamlik tashabbusi 3 milliard yev
-
roga teng bo‘lib, a’zo davlatlarning sog‘liqni saqlash 
tizimidagi ehtiyojlarini qondiradi. 
Ta’kidlash lozimki, Covid-19 pandemiyasining 
Yevropa Ittifoqining keyingi kelajagi uchun qancha
-
lik muhim rol o‘ynashi ko‘pchilik iqtisodchilar diqqat 
markazidagi masalalardan biri hisoblanadi. Bu bora
-
da mutaxassislar va olimlar o‘zlarining ilmiy tahliliy 
asoslangan fikrlarini berib o‘tishdi. Ko‘pchilik mu
-
taxassislar fikricha, bu pandemiya nafaqat Yevropa 
Ittifoqi davlatlarining keyingi taqdirini, balki butun 
jahon iqtisodiyotining global trayektoriyasini o‘zgar
-
tirib yuborishini ta’kidlab o‘tishdi. 
Brusseldagi Yevropa Ittifoqi mutaxassislari agar 
a’zo davlatlar sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va xavf
-
sizlik masalalarini o‘zlaricha hal qiladigan bo‘lishsa, 
mazkur holat Ikkinchi jahon urushidagi iqtisodiy ta
-
lafotlardan ham ko‘p bo‘lishini ta’kidlab o‘tishgan.
Yevropa Ittifoqi komissiyasi prezidenti Ursula 
fon der Leyen 2020-yil 17-mart kuni Yevropa Ittifoqi 
Kengashining inqirozdan chiqishga doir takliflarini 
ma’qulladi. Uning fikricha, bu takliflar a’zo davlatlar
-
dan yanada kuchli integratsiyalashishni va umumiy 
yechimlarni ishlab chiqishni talab qiladi.
Iqtisodiy siyosat bo‘yicha yevrokomissar Paolo 
Jentilonining ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi iqtisodi
-
yotidagi koronavirus epidemiyasi sababli inqirozni 
bartaraf etish uchun 1,5 trillion yevro talab qilinadi 
[4]. Bu summa esa avvalgi yevrohudud moliya vazir
-
larining iqtisodiyotni qayta tiklash uchun ajratishgan 
mablag‘dan 3 barobar ko‘p demakdir.
Iqtisodchi ekspert Mark Uzanning fikricha, mak
-
roiqtisodiy nuqtayi nazardan rivojlangan va rivojla
-
nayotgan iqtisodiyotlarning aksariyatida davlat bud
-
jetida misli ko‘rilmagan darajada kuchli defitsit va 
global miqyosda haddan tashqari qarzdorlik paydo 
bo‘ladi [5].
Iqtisodiy maslahatchilar kengashining sobiq rai
-
si va Garvard universiteti professori Jeyson Furman 
global iqtisodiyotning hozirgi noyob holatini qisqa
-
cha bayon qilgan. Uning fikricha, global iqtisodiyot
-
ning kelajagi haqida faqat bitta muvozanatli yechim 
bor: xavf yo‘qolgunga qadar iqtisodiy harakatsizlikni 
amalga oshirish lozim.
Mutaxassis Yuriy Svetovning fikricha, inqiroz tu
-
gagach, yevropaliklarning aksariyati Yevropa Ittifoqida 
qolish kerakmi-yo‘qmi deb o‘ylab qolishlari mumkin. 
Bu esa Yevropa Ittifoqidagi ahvol ham siyosiy, ham 
iqtisodiy nuqtayi nazardan keskinlashuvini bildiradi.
Fikrimizcha, global iqtisodiyot, xususan, Yevropa 
Ittifoqi iqtisodiyoti uchun eng katta zarbalardan biri 
bu fond bozorlarining qulashi bo‘lishi mumkin. Bun
-
day iqtisodiy retsessiya davridan jahon iqtisodiyoti 
bir necha marta o‘tgan va yetarlicha tajribaga ega. Bu 
esa inqirozga qarshi choralarni kutilganidek amalga
oshishiga imkoniyat berishi tabiiy. Bir tomondan, 
odamlar uchun qiyin, boshqa tomondan esa bunday 
tadbirlar davolovchi ta’sirga ega. Iqtisodiy nuqtayi 


72

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish