94
miz, shu bilan jamiyatimizni siyosiy, iqtisodiy va kerak bo‘lsa ma’naviy jihatdan
yangilashning mazmun mohiyatini belgilab beradigan asosiy vazifani - o‘rta sinf,
mulkdorlar sinfini shakllantirish vazifasini hal etgan bo‘lamiz.»
Tadbirkorlar tez o‘zgaruvchan iqtisodiyotda boshqaruv san’atidan foyda-
lanishi va ularni qo‘llash orqali faoliyatlarida yuzaga keladigan zarar va xavflarni
oldindan ko‘ra bilishi va baholay olishi birinchi galdagi vazifasiga aylanishi foy-
dadan holi bo‘lmas edi. Bugungi kun sharoiti mulkchilik shaklidan qat’iy
nazar
ishlab chiqaruvchilardan o‘z faoliyatlarini to‘g‘ri va samarali tashkil etishni,
«yetti o‘lchab, bir kesish»ni taqozo etmoqda. Ayniqsa, xususiy tadbirkorlar bu
borada teranroq fikr yuritishlariga, chuqur mulohaza bilan ish yuritishlariga to‘g‘ri
kelmoqda. Chunki ular tomonidan yo‘l qo‘yilgan kichik bir xato va xavfni ko‘ra
olmaslik, ularni inqirozga olib kelishi va oqibat natijada bor mol-mulki,
mablag‘laridan ajralib, bankrot holatiga olib kelishi mumkin. Barcha rivojlangan
mamlakatlarda, jumladan, AQShda tadbirkorlar ishlab chiqarishni «tashkil qilish»,
«boshqarish» tushunchalari bilan bog‘laydilar. Masalan: «mehnat unumdorligini
boshqarish», «sifatni boshqarish», «narxni boshqarish». Ushbu tushunchalar bilan
birgalikda rivojlangan mamlakatlar ishlab chiqarishida tadbirkorlar «risk», «riskni
bosh-qarish» kabi boshqaruv turidan ham keng va samarali foydalanadilar.
«Risk» so‘zi ingliz va rus tilida keng qo‘llaniladigan so‘z bo‘lib,
u iqti-
sodiyotda o‘ziga xos talqinga ega. Hozirgi adabiyotlarda «riskni bosh-qarish» iqti-
sodiy kategoriya sifatida O‘zbekiston fani uchun yangi tushunchalardan biri
hisoblanadi.
Aslida «risk» so‘zi grek so‘zidan olingan bo‘lib, u kemalarni halokatga olib
boruvchi va odamlarning o‘limiga, mol-mulklarining cho‘kib ketishiga sababchi
qo-yani bildirib, «qoyalar orasidan shamol va boshqa to‘siqlarga chap berib suzib
o‘tmoq» ma’nosini anglatadi. S.Ushakov «risk» so‘zini biror zarar yetkazish xavfi
bo‘lgan tahlika yoki har qanday zarar yetkazish imkoni kabi tushunchalar bilan
ta’riflaydi. Hozirgi kunda esa bu so‘z «xavf ostida qolmoq», «xavf-xatar»
degan
yangi ma’noda qo‘llanilmoqda. Riskni yuzaga keltiradigan ichki va tashqi omillar,
ya’ni hukumat qarorlari, inflyatsiyaning ortib borishi, soliq tizimining o‘zgarishi,
transport kommunikatsiyasining buzilishi va tashqi siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy hodi-
sa va voqealar ta’sirida kelib chiqadi.
«Riskni boshqarish» - bu boshqaruvning bir turi bo‘lib, u yoki bu riskning
yuzaga kelish ehtimoli, uning bahosi, ogohlantiruvchi chora-tadbirlarni ishlab
chiqish, zararlarni kamaytirish yoki ulardan qutulish yo‘llarini aniqlashni bildiradi.
Risklarni boshqarish tizimining muhim tomoni riskni to‘g‘ri baholay olishdir. Bu
ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar hajmini
obyektiv tasavvur qilish, zararlarning
oldini olish choralarini samarali belgilash uchun muhimdir. Risklarni boshqarish
jarayoni 3.4 - rasmda ifodalangan boshqaruv sikli bosqichlari vazifalarini amalga
oshirishni taqozo etadi. Risklarni boshqarish jarayoni quyidagi boshqaruv sikli
bosqichlari vazifalarini amalga oshirishni taqozo etadi.
I.
Risklarni identifikatsiya qilish: risklar ro‘yxatini, tasnifini va riskni yuzaga
keltiruvchi hodisalarning mezonini shakllantirish va belgilab olish;
95
II.
Risklarni baholash: risklarning ehtimollik darajasini miqdor va sifat jihatidan
baholash; riskli hodisalarning yuzaga kelish sabablarini
aniqlash;
III.
Risklarni boshqarish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish: riskli
hodisalarni kamaytirish bo‘yicha muqobilliklarni yaratish.
Risklarni boshqarish bo‘yicha ishlab chiqilgan tadbirlarni amalga oshirish: riskli
hodisalar oqibatini kamaytirish; natijalarni baholash; hujjatlarni rasmiylashtirishdan
iborat. Tadbirkorlar har doim risk bilan to‘qnash keladilar. Shuning uchun riskli
hodisalarning yuzaga kelish sabablari ham juda ko‘pdir. Odatda riskli hodisalarda
keskin vaziyatlarni yuzaga keltiruvchi holatlar tushuniladi. Bunday keskin vaziyatli
holatlar manbai - xo‘jalik faoliyati; tadbirkorning shaxsiy faoliyati;
yakuniy
natijalarga ta’sir qiluvchi tashqi muhit haqidagi axborotlarning yetishmasligi va
hokazolar bo‘lishi mumkin.
Risklarni tasniflash asosida tadbirkorlar risklarni boshqarish jarayonini yanada
samarali yo‘lga qo‘yishi mumkin bo‘ladi. Chunki tasniflangandan so‘ng qaysi
risklar yuqori xavf-xatarni yuzaga keltiradi va qaysilari ikkinchi darajali ahamiyat
kasb etishi aniqlanadi va shu asosda risklarni kamaytirish bo‘yicha zaruriy chora-
tadbirlarni amaliy ishlab chiqish mumkin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: