Yu. S. Shokirova, E. Yunusaliyev


 Aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/197
Sana11.03.2022
Hajmi2,52 Mb.
#490846
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   197
Bog'liq
korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish

 
2.6.4. Aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish 
Aksiyadorlik jamiyatini boshqarish aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, ku-
zatuv kengashi va ijroiya organi tomonidan amalga oshiriladi. Aksiyadorlarning 
umumiy yig‘ilishi jamiyatni boshqarishning oliy organi hisoblanadi.
«Aksiyadorlik jamiyatlari» to‘g‘risidagi qonunda jamiyat har yili aksiyador-
larning umumiy yig‘ilishini o‘tkazishi shart qilib belgilab qo‘yilgan. Aksiyador-
larning umumiy hisobot yig‘ilishi jamiyat nizomida belgilangan muddatlarda, am-
mo moliya yili tugaganidan keyin ko‘pi bilan olti oy ichida o‘tkaziladi. Aksiyador-
larning umumiy hisobot yig‘ilishida jamiyatning yillik hisoboti va aksiyadorlar 
umumiy yig‘ilishining vakolatlari ko‘rib chiqiladi. 
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolatlariga quyidagilar kiradi: 

jamiyat nizomiga o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritish yoki jamiyatning 
yangi tahrirdagi nizomini tasdiqlash; 

jamiyatni qayta tashkil etish; 

jamiyatni tugatish, tugatish komissiyasini tayinlash hamda oraliq va ya-
kuniy tugatish balanslarini tasdiqlash; 


40 

jamiyat kuzatuv kengashining miqdor tarkibini belgilash, uning a’zolarini 
saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari to‘xtatish; 

e’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash; 

jamiyatning nizom fondini ko‘paytirish; 

jamiyatning nizom fondini kamaytirish; 

o‘z aksiyalarini qaytarib sotib olish; 

agar jamiyat nizomiga ko‘ra jamiyat ijroiya organini tuzish (saylash, 
tayinlash, yollash va.h.k.), uning vakolatlarini muddatidan ilgari 
to‘xtatish jamiyat kuzatuv kengashi vakolatlariga kiritilmagan bo‘lsa, ana 
shu masalalarni hal qilish; 

jamiyat taftish komissiyasining a’zolarini saylash va ularning vako-
latlarini muddatidan ilgari to‘xtatish; 

jamiyatning auditorini tasdiqlash; 

jamiyatning yillik hisobotlarini, buxgalteriya balanslarini, foyda va 
zararlarning hisob varag‘ini tasdiqlash, uning foyda va zararlarini 
taqsimlash. 
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini olib borish tartibi bo‘yicha aksiyadorlar 
umumiy yig‘ilishi tomonidan qaror qabul qilish tartibi jamiyat nizomida yoki 
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori bilan tasdiqlangan jamiyatning hu-
jjatlarida belgilab qo‘yiladi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritilmagan masalalar 
bo‘yicha qaror qabul qilishga haqli emas. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qabul 
qilingan qarorlar, shuningdek ovoz berish yakunlari «Aksiyadorlik jamiyatlari» 
to‘g‘risidagi qonunda va jamiyat nizomida nazarda tutilgan tartib hamda 
muddatlarda aksiyadorlar e’tiboriga yetkaziladi, biroq bu muddat ana shu qarorlar 
qabul qilingan sanadan e’tiboran 45 kundan oshmasligi kerak. Agar aksiyador uzr-
li sabablarga ko‘ra aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etmagan yoki bunday 
qaror qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan bo‘lsa, u aksiyadorlarning umumiy 
yig‘ilishida qabul qilingan qaror ustidan sudga shikoyat qilishga haqlidir.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan 
aksiyadorlarning ro‘yxati esa reestrning jamiyat kuzatuv kengashi belgilaydigan 
sanaga doir ma’lumotlar asosida tuziladi. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida 
ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarning ro‘yxatini tuzish sanasi 
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan 
sanadan oldin va umumiy yig‘ilish o‘tkaziladigan sanadan 60 kundan oldin bel-
gilanishi ta’qiqlanadi. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi 
xabar aksiyadorlarga ularning nomiga yozma xabarnoma yuborish va matbuotda 
tegishli axborot e’lon qilish orqali ma’lum qilinadi. Jamiyat umumiy yig‘ilish 
o‘tkazish haqida aksiyadorlarni ommaviy axborot vositalari orqali qo‘shimcha xa-
bardor qilishi mumkin. Umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi to‘g‘risida aksiyadorlarga 
xabar qilish muddati jamiyat nizomida belgilab qo‘yilgan. 
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarda quyidagilar 
o‘z ifodasini topishi mumkin: 

Jamiyatning nomi va joylashgan manzili; 


41 

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy; 

Umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar 
ro‘yxati tuzilgan sana; 

Umumiy yig‘ilishning kun tartibiga kiritilgan masalalar; 

Umumiy yig‘ilishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishda aksiyadorlarga 
taqdim etilishi lozim bo‘lgan axborot bilan aksiyadorlarni tanishtirish 
tarkibi kuzatuv kengashi. 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish