YT-BLOK-BIOLOGIYA
1. Yurak devorida 3 juft teshikchalari bo’ladigan hayvonlarni belgilang?
A)falanga, chayon, bo’ka
B)biy, dafniya, qoraqurt
C)karam kapalagi, buzoqbosh, chumoli
D)bitiniya, ustritsa, kalmar
2. Eritrositlarida agglyutinogen B, plazmada agglyutinin bo’lgan retsipiyentning donorini ko’rsating?
A) III,IV B) I C)I,III D)IV
3. Quyidagi ma’lumotlar orasida qaysi biri noto’g’ri?
A)qorinoyoqli molluskalarning tili mayda tishchalar bilan qoplangan
B)halqum atrofi nerv halqasi dastlab to’garak chuvalchanglarda paydo bo’lgan
C)skatlarning ko’pchiligi qisqichbaqasimonlar va baliqchalar bilan oziqlanadi
D)qoraqurt, ko’l baqasi, boyo’g’li qo’ng’iz bilan oziqlanadi
4. Uzun naysimon suyaklar juft suyaklarning necha foizini tashkil qiladi?
A) 4,7% B) 5,88% C) 8,17% D) 7,058%
5. Beluga (a), forel (b) ning skeletini tashkil etuvchi suyaklar qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
1)tog’aydan tashkil topgan miya qutisi 2)suyak bilan qoplangan bosh qutisi 3)o’q skeleti xorda 4)asosan tog’aydan iborat tana skeleti 5)qisman suyakka aylangan bosh va o’q skeleti
A) a-1,3 b-5 B) a-3,5 b-2,3,4 C) a-2,3,4 b-5 D) a-1,4 b-3,5
6. Qaysi hasharotlarning g’umbagi (I) va tuxumi (II) tuproqda bo’ladi?
1) karam kapalagi 2) chirildoq 3) temirchak 4) uy pashshasi 5) chigirtka 6) kolorado qo’ng’izi 7) tovusko’z
A) I-4,6 II-2,3,5 B) I-4,67 II-2,3,5
C) I-2,3,5 II-4,6 D) I-1,3,5 II-2,4
7. Anabazin olinadigan o’simlik nomi va uning qaysi oilaga mansubligini toping?
A) shovoq, murakkabguldoshlar
B) itsigak, sho’radoshlar
C) sachratqi, murakkabguldoshlar
D) bangidevona, ituzumdoshlar
8. Riniya uchun xos bo’lmagan xususiyatni toping?
A) suvdan quruqlikka chiqqan dastlabki o’simliklardan biri
B) shoxlangan poya va sporangiylari bo’lgan
C) bo’yi 50-70 sm, Shotlandiyadan topilgan
D) Buyuk Britaniyadan topilgan, ildizi shoxlanmagan ko’rinishga ega bo’lgan
9. Bezgak kasalligini tarqatuvchilariga xos bo’lmagan belgini aniqlang?
A) to’shak qandalasi bilan bir tipga mansub
B) faqat urg’ochisi odam va hayvonlar qonini so’radi
C) bahor va yoz mavsumida bir necha avlodi rivojlanadi
D) sporalilar sinfiga mansub
10. Izotoplardan biologiyada va tibbiyotda foydalanish yo’llarini ochib bergan olim kim?
A) O’.A.Aripov B) Y.X.To’raqulov C) K.A.Zufarov D) V.V.Vohidov
11. Suvarak (1) va zog’ora baliq (2) ning kariotipida nechtadan autosoma xromosomalar bo’ladi?
A) 1-48, 2-104 B) 1-46, 2-102 C) 1-24, 2-52 D) 1-23, 2-56
12. Tiriklikning tuzilishining qaysi darajasi birlashib, evolutsiyaning boshlang’ich birligini hosil qiladi?
A) molekula B) biosfera C) organizm D) populyatsiya
13. Kislorodga to’yingan qon…orqali chap yurak bo’lmachasiga keladi?
A) 4 ta o’pka venasi B) 1 ta aorta C) 4 ta o’pka arteriyasi D) kovak vena
14. Odamlarda qaysi qon guruh(lar)i plazmasida agglyutinin α bo’ladi?
A) I,II B) faqat IV C) faqat I D) I,III
15. Qaysi umurtqasiz hayvonning urg’ochisi va erkagini farq qilib bo’lmaydi?
A) exinokokk B) g’oz C) baqachanoq D) askarida
16. Sentrifugalash usuli yordamida qaysi organoid ajratib olinadi?
A) yadro,lizosoma,ribosoma,xloroplast
B) ribasoma,xloroplast,mitoxondriya
C) yadro,golji majmuasi,mitoxondriya
D) endoplazmatik to’r,yadro,ribosoma
17. Yomg’ir chuvalchangining tana bo’shlig’I bo’lmalarining soni 196 tani tashkil etsa, chuvalchangdagi tana halqalari soni (a), tuklar soni (b), hamda ayirish naychalari soni (c) ni toping?
1)98 2)196 3)392 4)784 5)1568
A) a-2, b-5, c-3 B) a-2, b-4, c-3
C) a-2, b-3, c-2 D) a-1, b-5, c-3
18. Bo’linmayotgan hujayraning sentriolasidagi bog’lamlar (a) va mikronaychalar (b) sonini ko’rsating?
A) a-9, b-27 B) a-18, b-54 C) a-36, b-108 D) a-9, b-54
19. Mitoxondriya kristalarida nima joylashgan?
A) DNK B) ribosomalar C) fermentlar D) RNK
20. Fotosintez jarayonida 540g glukoza hosil bo’lishi uchun qancha molekula CO2 va ATF sarflanadi?
A) 6;18 B) 18;54 С) 9;27 D) 54;108
21. Sintezdan keying davr G2 da nima sodir bo’ladi?
A) DNK ikkilanishi, RNK sintezi
B) fermenlar sintezi, oqsil sintezi
C) interfaza yakunlanadi D) azotli asoslar sintezi, hujayraning o’sishi
22. Biopolimer modda(lar)ga qaysi(lar) kiradi?
1) yog’ 2) oqsil 3) nuklein kislota 4) uglevod
A) 1,2,3,4 B) 1,3,4 C) 2,3,4 D) faqat oqsil
23. Oqsil tarkibidagi aminokislotalarni kodlovchi jami genetik kod nechta bo’ladi?
A) 3 B) 1 C) 64 D) 61
24) 4n navli bug’doyning murtak xaltasidagi tuxum va markaziy hujayralarida jami qancha xromosoma bor?
A) 21 B) 112 C)56 D) 42
25. Ma’lum bir o’simlikning endospermidagi autosomalar soni shu joydagi jinsiy xromosomalar sonidan 26 marta ko’p bo’lsa shu o’simlikning somatik hujayrasini mitoz anafazasida autosomalar soni nechta bo’ladi?
A) 48 B) 100 C) 102 D) 104
26. Termitning postembrional davri qanday bosqichlardan iborat?
A) lichinka-g’umbak-voyaga yetgan hasharot
B) lichinka-vayaga yetgan hasharot
C) tuxum-lichinka-voyaga yetgan hasharot
D) tuxum-lichinka-g’umbak-voyaga yetgan hasharot
27. Sekvoyadendron o’simligining tanasida 4,7 kg urug’ bo’lsa bu urug’lar nechta qubbada joylashgan bo’ladi?
A) 3907 B) 4606 C) 5700 D) 2309
28. Makkajo’xorining 4mm2 so’rish qismida nechta ildizlari bo’ladi?
A) 700 B) 2800 C) 1400 D) noma’lum
29. Askaridaning lichinkasi qon orqali o’pkaga borishdan oldin qaysi organlardan o’tib boradi?
A) jigar,taloq B) jigar,yurak C) taloq,buyrak D) ichakdan to’g’ri o’pkaga boradi
30. Qaysi hayvonlar koloniyasi doimo yuqoriga qarab, ya’ni suv yuzasiga qarab o’saveradi?
A) korall poliplar B) aktiniyalar C) gidroid poliplar D) meduzalar
TUZUVCHI: Zarafshon shahar, “YUKSAK TA’LIM” o’quv markazi Biologiya fani o’qituvchisi URINOV.B
MOTIV: O’Z USTINGDA TINMAY ISHLA, TOKI O’ZINGNI TANISHTIRISHGA HOJAT QOLMASIN.