Yozyovon tumani Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo’limi tomonidan yo’l qo’yilgan kamchiliklar bartarifi yuzasidan MA’LUMOTNOMA
Yozyovon tumani prokuraturasi tomonidan O’zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo’lgan shaxslarning xuquqlari to’g’risidagi” Qonuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.03.2021 yildagi “ O’zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida “gi PQ № 5830 – sonli Qarori nizomi hamda soxaga oid boshqa normativ–xuquqiy xujjatlar ijrosini Yozyovon tumani Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo’limida tekshirish o’tkazildi:
Yozyovon tumani Tibbiy –ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo’limi tomonidan mazkur yo’nalishda muayyan ishlar amalga oshirilgan va shu bilan bir qatorda tizimli kamchiliklarga yo’l qo’ygan deb topilgan. Xususan, bo’lim tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan muddatda ko’rib chiqish va javob yo’llash uchun jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ro’yxatga olish daftari yuritilmaganligi aniqlangan edi ushbu daftar hozirda yuritilmoqda. (daftar nusxasini ilova qilamiz )
O’rganishda aniqlangan va kamchilik deb topilgan bo’limning murojaatlar kirish shtampi bilan ro’yxatga olinmagan edi hozirda bo’lim kirish shtampi olib keltirildi amalga kiritildi ( foto suratini ilova qilamiz ).
Bo’limning barcha murojaatlarga nisbatan javob xatlari yuborilganligini tasdiqlovchi ma’lumot mavjud emasligi aniqlangan edi hozirda bu ma’lumotnoma ham amaliyotga kiritildi ( foto suratini ilova qilamiz ).
Tumandagi Taraqqiyot M.F.Y da yashovchi 1948 yilda tug’ilgan 2-guruh nogironligi bo’lgan shaxs SH.Shokirova va Bahor M.F.Y Pillachilar ko’chasida yoshovchi 1957 yilda tug’ilgan 1-guruh nogironligi bo’lgan shaxs SH.M.Rusmatovaga TMEK tomonidan xulosa berilmagan bo’lsada bo’lim tomonidan 03.12.2021 yilda nogironlik aravachasi berib yuborilganligi aniqlangan edi bu bo’yicha TMEK tomonidan tibbiy xulosa olindi ( nusxasi ilova qilamiz ).
Bundan tashqari Xonobod M.F.Y da yashovchi 1964 yilda tug’ilgan 1-guruh nogironligi bo’lgan shaxs X.U. Xoldorova, M.Farg’ona MFYda yashovchi 1968 yilda tug’ilgan 1-guruh nogironligi bo’lgan shaxs O.X.Kenjayev, Mustahkam Do’stlik M.F.Yda yashovchi 2016 yilda tug’ilgan 18 yoshga nogironligi bo’lgan A.O’.Kimsanov, Soybo’yi M.F.Y da yashovchi 2011 yilda tug’ilgan 18 yoshgacha nogironligi bo’lgan M.M.Isaqjonovlar nogironlik aravachasi bilan taminlangan bo’lsada, nogironligi bo’lgan shaxslarga nogironlik aravachasi berilganlik to’g’risidagi 2 tomonlama shartnoma tuzilib xamda reabilitatsiya texnik vositalari bilan taminlanganlik haqida tibbiy-xulosaning qaytarma qismini tegishli TMEK va TMKga saqlash uchun yuborildi.
4 ta xolatda, Taraqqiyot M.F.Y da yashovchi 1925 yilda tug’ilgan nogironligi bo’lgan ulug’ Vatan urush qatnashchisi M.Teshaboyevga eshitish moslamasini 09.05.2021 yilda bayram bilan tabriklab TMEK xulosasi xamda surdalog xulosasiz haqiqatda berib yuborilgan. Fuqaro 25.05.2021 yilda vafot etganligi sababli xulosa olishning imkoni bo’lmadi. Dalolatnoma qilindi ( nusxasini ilova qilamiz )
Bundan tashqari Beruniy M.F.Yda yashovchi 1969 yilda tug’ilgan 2-guruh nogironligi bo’lgan Z.S.Fozilovaga va Qoratepa M.F.Yda yashovchi 2015 yilda tug’ilgan 18 yoshgacha nogironligi bo’lgan O.M.Mirzayev hamda Cho’liguliston M.F.Yda 1968 yilda tug’ilgan 2-guruh nogironligi bo’lgan K.M/Qosimovaga surdalog xulosasi bo’limga qabul qilindi, xamda taminlanganlik xaqida tibbiy-xulosa qaytarma qismi TMEKga yuborildi.
Xonobod M.F.Yda yashovchi 2005 yilda tug’ilgan 18 yoshgacha nogironligi bo’lgan X.L.Ergasheva, Yozyovon M.F.Yda yoshovchi 2005 yilda tug’ilgan 18 yoshgacha nogironligi bo’lgan N.I.Azimjonov, Xonobod M.F.Yda yashovchi 2011 yilda tug’ilgan 18 yoshgacha nogironligi bo’lgan bola M.N.Nabiyeva va xujjatlarida tuman tibbiyot birlashmasi TMK tomonidan protez-ortopediya moslamariga muxtojligi bo’yicha tibbiy xulosalar hamda protez-ortopediya buyumlari bilan taminlash to’g’isidagi yo’riqnomaga asosan 5-ilovada ko’rsatib o’tilgan protezlanuvchining kartasi yuritildi ( nusxasini ilova qilamiz ).
Xususan, tibbiy xulosaning qaytarma qismi tegishli tartibda TMEK yoki TMKga yuborildi, protezlanuvchilar kartasi to’liq qayt etildi, maxsulotni sifati bo’yicha sifat monitoringi tuzildi.
Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.07.2021 yilda 411-sonli “Muxtoj shaxslarni protez–ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taminlash tartibi to’g’risida’’gi Nizomning 16-bandida birinchi marta murojaat qilgan muxtoj shaxslarga sertifikat rasmiylashtirilish muddati murojaat qilingan kundan boshlab o’ttiz ish kunidan oshmasligi lozimligi belgilab qo’yilgan, bo’limda 1 ta xolatda nizomga belgilab qo’yilgan mazkur band talablari buzilganligi aniqlangan edi kelgusida bunday kamchilikka yo’l qo’yilmasligiga xulosa chiqarildi.
Tekshirishda bo’lim tomonidan tumanda 2021 yilda 4 nafar nogironligi bo’lgan shaxslar reabilitatsiya texnik vositalari bilam taminlanmay qolib ketganligi aniqlandi. Xususan mazkur fuqorolarning 2 nafari vafot etganligi, bo’lim tomonidan reabilitatsiya texnik vositalari vositalari bilan taminlanmaganligi xaqida dalolatnoma tuzilgan.
Qolgan 2 nafar nogironligi bo’lgan shaxslar R.Tolibov hamda A.Sayidaliyevlar nogironlik aravachasi so’rab murojaat qilganligi va tekshirish kunigacha ushbu nogironligi bo’lgan shaxslar reabilitatsiya texnik vositalari bilan taminlanmaganligi aniqlangan 22.02.2022 yil kuni ushbu fuqorolar nogironlik aravachasi bilan ta’minlandi. ( foto surati ilova qilinadi )
Barcha yo’nalishda nazorat o’rnatildi. qonun buzilishi xolatlari bartaraf etildi.
Kelgusida bunday kamchiliklarga yo’l qo’yilmasligi xulosa qilindi.
Yozyovon tumani Tibbiy-ijtimoiy
xizmatlarni rivojlantirish
bo'limi boshlig’i : G/Sulaymonova
Keksalar va nogironligi bo’lgan
shaxslarga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar
bo'yicha inspektor: A/O’rmonov