YOZUVNING MAXSUS TURLARI
Nutqni eng kichik boʻlaklarga — tovushlarga ajratib tasavvur qilish, idrok etish dastlabki paytlarda u qadar oson ish boʻlmaganligi sababli harf-tovush Yo. i yoki alifboli Yo.ning paydo boʻlishi jarayoni uzoqdavom etdi. Bunda inson dastlab nutqni soʻzlarga, keyin boʻgʻinlarga, undan keyin esa tovushlarga ajratib tasavvur qila olishday behad murakkab va uzoq yoʻlni bosib oʻtgan. Tildagi tovushlarni alohidaalohida idrok qilish tovush Yo.ning ibtidosidir. Harftovush Yo.ning muhim afzalligi uning kam miqdordagi, yaʼni 20—30 atrofidagi belgilar bngina ish koʻra olishidir. Harf-tovush Yo.i dunyo xalklari orasida juda tez tarqalgan va bu jarayon, asosan, oʻzlashtirish, u yoki bu tilning xususiyatini hisobga olgan holda moslashtirish yuli bilan boʻlgan. Oʻrta Osiyodagi xalklar, jumladan, oʻzbek xalqi turli Yo.lardan foydalanib kelgan. Bu Yo.lar avesto, paxlaviy, urxunenisey (runik), turkiy (uygʻur), soʻgʻd, arab, Kirill, lotin Yo.laridir. Yo. bilan til oʻzaro chambarchas bogʻliq. Biror tilni shu tilning Yo.ini oʻrganmasdan, yoki aksincha, biror Yo.ni shu Yo. tegishli boʻlgan tilni bilmasdan oʻrganish mumkin emas. Ammo Yo. ogʻzaki til (nutq)ni aynan aks ettira olmaydi. Zotan, Yo. shunday xususiyatga ega boʻlganda, imlo kridalariga, talaffuz mezonlariga mutlaqo ehtiyoj qolmagan boʻlardi. Yuksak takomillashtirilgan alifbodagi bir harf muayyan bir tovushni ifodalashi, bir tovush muayyan bir harf bilan ifodalanishi lozim. Ammo dunyoda bunday alifbo yoʻq. Ana shunday maʼnodagi alifboga fin alifbosi birmuncha yaqinlashadi, lekin baribir toʻliq emas. Hoz. ingliz, fransuz va b. tillar alifbolari bunday mukammallikdan yiroq. Mana shu holat dunyo tillarining barchasida xilma-xil va juda koʻplab grafik va imlo qoidalarining ishlab chiqilishiga sabab boʻlgan. Yo. bilan til oʻrtasida, alifbo va tilning tovush tizimi oʻrtasida bunday farqli holatlarni yuzaga keltirgan sabablar xilma-xil. Avvalo, dunyodagi hozirda mavjud alifbolarning deyarli hammasi ham mustaqil va tegishli til xususiyatlarini toʻliq hisobga olgan holda yaratilgan emas. Koʻpchilik xalklar oʻz Yo.larini boshqa til Yo.ini oʻz tillariga imkoniyat darajasida moslashtirish yoʻli bilan yaratganlar. Bu hol Yo. va til munosabatlarida oʻz izini qoldirgan. Ayni paytda Yo. va tilning taraqqiyoti bir xil, birbiri bilan toʻla moye keladigan jarayon emas. Tilning taraqqiyoti tarixiy va uzluksiz jarayon, odamlar tilga ataylab, ongli ravishda biron-bir oʻzgartirish kirita olmaydilar. Tildagi u yoki bu oʻzgarish tadrijiy ravishda, asta-sekin yuz beradi. Yo. haqida esa bunday deb boʻlmaydi. Odamlar til xususiyatlariga yanada moslashtirish uchun Yo.ga turli uzgartishlar kiritadilar, islohotlar qiladilar, bir Yo. tizimini boshqasi bilan almashtiradilar va h.k. Mac, oʻzbek xalqi ayerlar davomida arab alifbosidan foydalanib kelgan, 1923—26 y.larda bu Yo.ni oʻzbek tili tovush qurilishini toʻlaroq ifodalashga moslashtirish maqsadida bir qator harfiy oʻzgartirishlar kiritilgan. Oʻzbekistonda 1929 y.dan lotin Yo.i asosidagi oʻzbek alifbosiga utilgan, 1940 y.dan esa Kirill Yo.i joriy etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1993 y. 2 sent.da "Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish tugʻrisida"gi qonunni qabul qildi. Bu qonunga va uni amalga kiritish tartibi xaqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaroriga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995 y. 6 mayda oʻzgarishlar kiritadigan qonun qabul qildi. Bu hujjatga koʻra lotin Yo.iga asoslangan yangi oʻzbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harflar qoʻshilmasidan iborat. Yangi alifboga toʻla oʻtish 1996 y.dan boshlanib, 2005 y.da tugallanishi belgilangan. Yo. taraqqiyoti tilning tabiiy tarak,qiyotidan ancha orqada yurganligi uchun muayyan soʻz yoki soʻz shaklining yozilishi bilan talaffuzi aynan moye kelavermaydi. Bu tabiiy va qonuniy hol boʻlib, Yo. va ogʻzaki nutq oʻrtasidagi bunday nomuvofiqliklarni imlo qoidalari tartibga solib turadi. Dunyodagi alifbolarning hammasida ham harflar soni tegishli tildagi tovushlar (fonemalar) sonidan sezilarli darajada kam. Tabiiyki, bu hol Yo.ni oʻzlashtirishni osonlashtiradi. Shuning uchun ham alifbolardagi asosiy tamoyil undagi harflar sonini kupaytirish emas. Alifbo Yo.ning asosini tashkil etadi. Tinish belgilari va b. yozma belgilar ham Yo.ning unsurlari hisoblanadi. == Adabiyot ==
Yozuv qadimgi madaniyatlarning siyosiy kengayishi natijasida kelib chiqqan axborot uzatish, moliyaviy hisob-kitob va tarixiy qaydlar olib borishga ehtiyoj tugʻilganida paydo boʻlgan, deb taxmin etiladi. Eramizdan avvalgi 4-ming yillikka kelib Mesopotamiyada savdo va maʼmuriyat murakkabligi odam xotirasi uchun haddan tashqari kattalashdi va yozuv qaydlar olib borish va saqlash uchun ishonchli usulga aylandi Qadimgi Misr va Mezoamerikada yozuv ehtimol taqvimlash va tarixiy hamda ekologik hodisalar qaydini olib borish orqali rivojlangan. Xitoyda topilgan eng qadimgi yozuv namunasi esa qirollik mahkamasidagi folbinlik amaliyotini taʼriflaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |