Kriterii osenki rabotы s keysom
2.5. Keys bilan ishlash jarayonini baholash mezonlari va ko’rsatkichlari
(mustaqil auditoriyada va auditoriyadan tashqari bajarilgan ish uchun)
Auditoriyadan tashqari bajarilgan ish uchun
baholash mezonlari va ko’rsatkichlari
Talabalar
ro‘yxati
|
Asosiy muammo ajratib olinib, tadqiqot obyekti aniqlangan
mak. 6 b
|
Muammoli va-ziyatning kelib chiqish sa-bablari aniq ko‘rsatilgan
mak. 4 b
|
Vaziyatdan chiqib ketish harakatlari
Aniq ko‘rsa-tilgan
mak. 10 b
|
Jami
mak.20 b
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2.6. Auditoriyada bajarilgan ish uchun
baholash mezonlari va ko’rsatkichlari
Guruhlar
ro‘yxati
|
Guruh faol
mak. 1 b
|
Ma’lumotlar ko‘rgazmali taqdim etildi
mak. 4 b
|
Javoblar to‘liq va aniq berildi
mak. 5 b
|
Jami
mak. 10 b
|
1
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
8-10 ball – a’lo
6- 8 ball – yaxshi
4- 6 ball – qoniqarli
0 -4 ball – qoniqarsiz
2.7. Kichik guruhlarda ishlash qoidasi
Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo‘lmog‘i lozim.
Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog‘i lozim.
Kichik guruh oldiga qo‘yilgan topshiriqni bajarish uchun yetarli vaqt ajratiladi.
Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi haqida ogohlantirilishi zarur.
Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, o‘qituvchi ularga yo‘riqnoma berishi lozim.
Nima bo‘lganda ham muloqotda bo‘ling, o‘z fikringizni erkin namoyon eting.
III. O‘QITUVCHI TOMONIDAN KEYSNI YECHISH VA TAHLIL QILISH VARIANTI
Keysdagi asosiy muammo
Tursun – Pahlavon Dahoning qilmishlarini oqlash mumkinmi? Jamiyatimizda bunday odamlarni qanday qilib to‘g‘ri yo‘lga solish mumkin?
Muammoli vaziyatni yechish yo‘llari
Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishamiz.
Avvalo keys bilan tanishib chiqamiz. Unda yechilishi lozim bo‘lgan muammoni aniqlash uchun bor bo’lgan butun axborotni diqqat bilan o‘qib chiqamiz. Muammoni yechish darajasini aniqlaymiz.
Berilgan vaziyat bilan tanishamiz.
Vaziyat Tursun – Pahlavon Daho hayotining, uning ma’rifati va diyonatining tanazzulga uchrash sabablari bilan tanishib chiqamiz.
3. Muammoli vaziyatning tahlili.
Muammoli vaziyatni tahlil qilishga harakat qilamiz. Masalani yechish uchun zarur bo‘lgan insoniy qadriyatlar, milliy ta’lim-tarbiya mezonlari haqida gapirib o‘tamiz:
Insoniylik;
Odob-axloq tamoyillarining yuksakligi:
Ota-onaga, qariyalarga, farzandlarga g‘amxo‘rlikning balandligi;
Vatanga muhabbat tuyg‘usining yuqoriligi.
Ikkiyuzlamachilik, riyokorlikning xalqimiz tomonidan qoralanishi va h.k.
Mazkur holatda qabul qilinishi mumkin bo’lgan muammoning barcha yechimlarini topamiz.
O’tkazilgan tahlillar va natijalar qilinib Yakuniy xulosa beriladi.
Shuningdek, quyidagi nisbatan soddaroq ko‘rinishdagi ta’lim texnologiyalarini misol qilish keltirish mumkin.
“Venn diagrammasi” texnologiyasi
Masalan: T.Murodning “Ot kishnagan oqshom” qissasidagi timsollarni ”Venn diagrammasi” asosida o‘xshash va farqli tomonlarini yozing.
1-guruh: Ziyodulla chavandoz va Kal amaldor timsollari.
2-guruh: Nazir juvozkash va Rixsiyev timsollari.
3-guruh: Choyxonachi va baliqpaz timsollari.
Diagramma o‘quvchilarni tanqidiy fikrlashga, har bir bo‘lim yoki asar timsollarini atroflicha bilishga o‘rgatadi, shuningdek, ularning xotirasini, g‘oyalarini, fikrlari va dalillarini yozma va og‘zaki shakllarda bayon qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
“BBB” texnologiyasi
Ta’rifi:
Ushbu jadval bilan ishlash ishi ma’lum o‘quv materialini o‘qish vaqtida amalga oshiriladi:
Bilaman
|
Bilishni hohlayman
|
Bilib oldim
|
|
|
|
Birinchi ustunga o‘quvchi mavzu yoki muammo bo‘yicha biladigan barcha narsalar yoziladi. Ikkinchi ustunga esa o‘quvchi javob olishni xohlaydigan savollar yoziladi. Savollar ketidan matnni o‘qib chiqqanlaridan so‘ng paydo bo‘lgan savollar ham yoziladi. Uchinchi ustunga esa ifodalangan savollar ro‘parasida javoblar yoziladi.
O‘quvchilar o‘qituvchi va sinfdoshlar bilan suhbat qurish hamda qo‘shimcha adabiyotlarni o’qish orqali ochiq qolgan savollarga javob topadilar va uchinchi ustunga javoblar davomiga yozib qo‘yadilar.
Afzalliklari:
Axborot bilan mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi, savollarni ifodalash qobiliyatini shakllantiradi, tadqiqotchilik ishlari bo‘yicha dastlabki ko‘nikmalarni beradi.
Ushbu strategiya yangi materialni o‘rganishning faqat ma’lum bosqichida qo‘llanilishi mumkin.
”BBB” metodida o‘qituvchi o‘quvchining nima bilmoqchi ekanligini inobatga olib, uning bilmoqchi bo’lgan mavzusi yuzasidan ma’lumot beradi.
Dars so’nggida esa nimalarni bilib olganliklari aniqlanadi. Bu metoddan asosiy maqsad – o‘quvchi ehtiyoji va qiziqishlarini inobatga olgan holda darslarini tashkil etish.
B – bilaman.
B – bilmoqchiman.
B – bilib oldim.
Ushbu sxema orqali dars yakunlanadi. O‘quvchi ololmagan ma’lumotlar esa uyga vazifa qilib topshiriladi.
Rezyume (Xulosalash) texnologiyasi
T. Murodning “Ot kishnagan oqshom” qissasidagi Ziyodulla chavandoz timsoli asosida amaliy ish.
– o‘qituvchi o‘quvchilarning soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi;
– o‘qituvchi o‘quvchilarni mashg‘ulotning maqsadi va o‘tkazilish tartibi bilan tanishtiradi va har bir kichik guruhga qog‘ozning yuqori qismida yozuvi bo‘lgan, ya’ni asosiy muammo, undan ajratilgan o‘quv muammolari va ularni echish yo‘llari belgilangan, xulosa yozma bayon qilinadigan varaqlarni tarqatadi:
“Ot kishnagan oqshom” qissasi qahramonlariga tavsif
|
Ziyodulla chavandoz
|
Rixsiyev
|
Jo‘ra bobo
|
Afzalligi
|
Kamchiligi
|
Afzalligi
|
Kamchiligi
|
Afzalligi
|
Kamchiligigi
|
|
|
|
|
|
|
Xulosa
|
|
|
|
|
Muammoli ta’lim o‘quvchilarning fikrlash faoliyatida muammoli vaziyatlar vujudga keladi va bolani ob’ektiv ravishda izlanishga va mantiqiy to‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqarishga da’vat qiladi.
Muammo ilmiy savol bo‘lib, bir necha asosli javoblarga egaligi bilan savoldan farqlanadi. Javoblarning har biri asosli bo‘ladi.
Muammoli darsda yangi o‘rganilayotgan qonu-qoidaga oid faktlar to‘plash, ularni taqqoslash, tahlil qilish bilimlarni o‘rganish va mustahkamlash parallel ravishda olib boriladi.
Ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan har bir o‘qituvchi dars jarayonida muammoli ta’lim usulini qo‘llash uchun, avvalo quyidagi ketma-ketlikka rioya qilishlari lozim.
- muammo qo‘yish;
- muammoni harakterlovchi sharoitni o‘rganish;
- qo‘yilgan muammoni hal qilish;
- yechimning to‘g’riligini asoslash;
- muammoning yechimini izlash va hal qilish jarayonida paydo bo‘lgan bilimlarni aniqlash;
- muammoni tizimlash, motivlashtirish va umumlashtirish;
- muammoni yechimini o‘rganish, uni yanada ixcham va qulay yo‘llarini izlash.
Hozirgi kunda fidoiy o‘qituvchilarning ijodiy izlanishlari orqali muammoli ta’limning zamonaviy shakllarini o’zida mujassamlashtirgan bir qancha darslar yuzaga keldiki, bugungi kunda bunday dars ishlanmalaridan viloyatimiz ona tili va adabiyot o‘qituvchilari samarali foydalanib kelmoqda. Ta’lim tizimi yangilanmoqda, yoshlar ta’lim-tarbiyasini takomillashtirish, ularning mazmunini, uzluksizligini ta’minlab beradigan yangi hujjatlar, pedagogik texnologiyalar, amaliyot uslublari bilan boyib bermoqda. “...xalq ta’limini tubdan isloh qilish, mazkur dasturni amalga oshirish bizdan nihoyatda katta kuch, mablag` va imkoniyat talab qilmoqda. Lekin, istiqbolimiz, istiqlolimiz ko`zi bilan qaraganda, ham iqtisod, ham siyosat, ham ma’naviyat nuqtai nazaridan bu sarf-xarajatlarga nazar tashlasak, undan keladigan manfaat har qanday xarajatlarni qoplashi va oqlashi muqarrar”6.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, so‘z san’ati bilan shug‘ullanuvchi kishilar, ayniqsa, inson ta’lim-tarbiyasi uchun mas’ul bo‘lgan muallimlar notiqlik san’atini, ifodali nutq mahoratini puxta egallagan bo‘lishlari zarur. Holbuki, o‘qituvchining butun siymosi - xatti-harakatlaridan tortib, gapirish uslubigacha yosh va tajribasiz, taqlidchan o‘quvchi uchun jonli namuna hisoblanadi. Shunday ekan, Respublikamiz Prezidenti ta’kidlaganidek, “O‘z fikrini ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni awalambor, rahbar kursisida o‘tirganlami bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin”7.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Karimov I. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. Toshkent, «O‘zbekiston» 1992.
Karimov I. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. Toshkent, «O‘zbekiston» 1992.
Karimov N, Nazarov B., Normatov U., Mamajonov S., Sharafiddinov O. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi. Toshkent, «O‘qituvchi». 1999.
Boboev T. «Adabiyotshunoslik asoslari» Toshkent, «O‘qituvchi». 2002.
Tog‘ay Murod. «Otamdan qolgan dalalar». Toshkent. «Sharq», 1998.
Yo’ldoshev Q. Adabiyot o’qitishning ilmiy-nazariy asoslari. T. “O’qituvshi” 1996.
http://pedagog.uz/
www.//o’zbekadabiyoti.com
Do'stlaringiz bilan baham: |