Yozuv qurollari va ulardan foydalanish reja


Husnixat daftarini yuritishga qo’yiladigan talablar



Download 52,3 Kb.
bet2/8
Sana28.09.2021
Hajmi52,3 Kb.
#188113
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-maruza Husnixat

Husnixat daftarini yuritishga qo’yiladigan talablar:

1. Daftar toza tutilishi.

2. Daftar muqovasidagi yozuvlar yagona talab asosida yozilishi, daftar muqovasida maktabning nomi, sinf, fanning nomi o’quvchining ismi va sharifi ko’rsatiladi. 1-sinf o’quvchilarining daftarlari muqovasiga bu ma`lumotlar o’qituvchi tomonidan yoziladi.

3. Har bir daftarda asosiy yozuv yo`li, yordamchi chiziqlar va hoshiya bo’lishi shart.

4. 2-sinfdan boshlab mashq tartib raqami, qayerda bajarilganligi (sinfda yoki uyda) yozib qo’yiladi.

5. Harf yoki bo’g`in hamda so’zlarning tagiga ehtiyotkorlik bilan chiroyli va tekis chiziladi.

6. Xato yozilgan harf yoki harfiy birikmalarni namuna sifatida daftar hoshiyasiga yozib ko’rsatiladi.

7. Noto’g`ri yozilgan harflarni bo’yash, o’chirish yoki qavs ichiga olib qo’yishga ruxsat etilmaydi.

8. Mashqlarni bajarishda, matn yozishda xat boshidan yozish qoidalariga amal qilish talab etiladi.

O`quvchilarning husnixat bilan yozishlari uchun daftar qog`ozining sifati va ruchkaning qulay bo`lishining ahamiyati muhim. Hozirda yozuv quroli sifatida sharikli ruchkadan foydalanish tavsiya etiladi. Sharikli ruchka yozish uchun qulay, ingichka, engil, barmoqlar orasida tutishga mos. Yozayotganda ruchka uchi bilan barmoq oralig`i 1,5-2 smga teng bo’lishi shart. Aks holda barmoqni ruchka uchidan uzoq ushlash yoki juda yaqin tutish yozuv sifatini buzadi, harflarni xunuk yozishga sabab bo`ladi.



Sharikli ruchkada maxsus siyoh bilan to’ldirilgan sterjenning bo’lishi undagi ancha vaqt foydalanish imkoniyatini yaratadi. Ruchka sterjeni siyohi faqat binafsha rangda bo’lishi talab qilinadi.

O’qituvchi darftarni tekshirganda qizil pastali ruchkadan foydalanadi. Ruchka papkada maxsus penalda saqlanadi. Partada esa ruchkani qo’yish uchun maxsus joy bo’ladi. O’quvchi ruchakasidagi siyoh tugagan taqdirda, lozim bo’lganda foydalanish uchun ruchka va sterjenlar bo’lishi zarur.

Xattaxta sinfda o’quvchi uchun yozuv materialidan biri sanaladi. O’quvchining husnixati daftar va xattaxtada takomillashtirib boriladi, shuning uchun xattaxtada yozuvni amalga oshirish uchun uning rangi jigar rang va to’q yashil bo’lishi lozim. Bunda xat aniq va chiroyli korinishga ega boladi.

Sinf taxtasini shunday holatda joylashtirish kerakki, oynadan tushayotgan yorug`lik unda aks etmasligi va o’quvchilar sinfning turli joyidan unga yozilgan yozuvni bemalol o’qiy olishlari mumkin bo’lsin. O’qituvchi sinf taxtasiga yozayotgan paytida qo’llarining harakatini yopib qo’ymasligi lozim.

Boshlang`ich sinf o’quvchilari foydalanadigan xattaxtaning uch qismdan iborat bo’lishi, xattaxtaning bir bo’lagiga yozuv daftarining, ikkinchi bo’lagiga katak daftarining chiziqlari chiziladi. Bu chiziqlar yordamida o’quvchi chiroyli yozuvga o’rganadi. Shuningdek, yozuv taxtasi o’quvchi bo’yiga moslab yuqori va pastga harakatlantirishga moslangan bo’lishi lozim. Harf va sonlarni yozish uchun gorizontal va yotiq chiziqlarning orasidagi masofa o’quvchilarning daftarlaridagi chiziqlarga nisbatan yirikroq bo`ladi.

Bo’r xattaxtaga yozishda yozuv quroli sanaladi. Bo`rning yog`li va yumshoq bo’lishi, ya`ni sifati yozuv sifatini ta’minlaydi. U 15x15 mm qalinlikda va 50 mm uzunlikdan kam bo’lmagan shaklda tayyorlab qo’yiladi. Bunday shakldagi bo’r parchasini barmoqlar orasida ushlash va qo’lni yengil harakatlantirish, turli qalinlikdagi elementlarni yozish qulay bo`ladi.

Bo’r o’rta va bosh barmoqlarning o’rtasida yengil ushlanadi. Bosib yozish faqatgina ko’rsatkich barmoq orqali nazorat qilinadi. Ko’rsatgich barmoq bo’rning ustida, uning chekka qismda turishi lozim, aks holda bosib yozish jarayonida bo’r sinib ketishi mumkin. Nomsiz va jimjiloq barmoqlar xiyla kaftga tomon bukilgan bo’lishi kerak.




Download 52,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish