Yozuv qurollari va ulardan foydalanish
REJA:
Yozuv qurollari va o`quv materiallari
Husnixat daftariga qo’yiladigan talablar.
Ruchka va undan foydalanish.
Xattaxta va undan foydalanish.
Bo’r xattaxtaga yozishda yozuv quroli.
Tayanch atamalar: xattaxta, «To’g`ri o’tir» plakati, alifboning yozma shakli, haflar alohida yozilgan ko’rgazma, husnixat daftari, rangli bo’rlar, ruchka, yozuv daftari.
O’quvchilami chiroyli yozishga o’rgatishda, ularda husnixat malakalarini hosil qilishda yozuv qurollari va materiallarining sifati katta rol o’ynaydi.
Yozuvning chiroyli bo’lishi ko’p jihatdan yozuv quroli va materialiga bogliqdir. Yozuv qurollari va materiallari quyidagilar:
1. Xattaxta.
2. «To’g`ri o’tir» plakati.
3. Alifboning yozma shakli.
4. Haflar alohida yozilgan ko’rgazma.
5. Husnixat daftari.
6. Rangli bo’rlar.
7. Ruchka.
8. Yozuv daftari.
Bola maktabga qadam qo’ygan kundanoq yozuv qurollaridan to’g`ri foydalanishga, ularni ozoda saqlashga o’rgatib boriladi.
O’qituvchi o’quvchining yozuv qurollari va materiallarini muntazam nazorat qilib boradi. Dastur talabi boyicha 1-sinf o’quvchilari uchun yozuv yoli 4 mm, bosh harflar uchun 8 mm bolgan qiya chiziqlari siyrak bolgan 2 chiziqli daftar tavsiya etiladi.
2-4-sinflarda chiziqlari 8 mm 1 chiziqli daftar tutilishi lozim. Kichik harflarning bo’yi 3 mm, bosh harflarning bo’yi 6 mm, raqamlarning bo’yi harflardan 2 marta qisqa bo’ladi. 1- sinfning 2-yarim yilligidan dastur talabiga ko`ra ona tili darsining 6-8 daqiqasi husnixatga ajratiladi. 1-2-sinfda husnixat uchun maxsus alohida darftar tutiladi, 3-4-sinflarda ona tili daftariga yozadilar.
1-2-sinflarda foydalaniladigan daftarda qiya chiziqlar orasidagi masofa 30 mm va qiya chiziqlarsiz kichik harflar yoziladigan parallel chiziqlar orasidagi masofa 4 mm ga teng bo’lgan ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi.
Qiya chiziqlari siyrak bo’lgan ikki chiziqli darftarda yozish o’quvchilarda harflarning eni va ular orasidagi masofani, harflarning qiyaligini ko’z bilan chamalash imkoniyatini beradi.
1-sinfdan boshlab husnixat daqiqasida sana va oy yozdiriladi. Xat boshidan yozish, daftar hoshiyasiga rioya qilish, mavzu (Kichik osti ilmoqli element), yozuv materialini yangi qatordan yozish kabi ko`nikmalar shalllantiriladi.
Daftadga grafik va orfografik xatolarni to’g`irlash yo’li o’rgatiladi. Grafik xatolarning tagiga chizish, orfografik xatolarning ustiga qisqagina chiziq tortib, ustiga to`g`risini yozishga o`rgatiladi. Daftar uy vazifasi berilgach, yig`ib olinadi, tekshiriladi va baholanadi. 3-4- sinflarda husnixat materiallari ona tili daftariga yozdiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |