Qadimgi Xorazm tili va yozuvi.
Markaziy Osiyo xalqlarining eng qadimgi yozuvi bu xumning sirtida tasvirlangan Xorazm tilidagi qisqa yozuvdir. U Katta Ayirbuyir qal'a shahar xarobasida topilgan. Arxeologik ma'lumotlarga qaraganda bu yozuv milloddan avvalgi V-IV asrlarga tegishlidir. Millodan avvalgi IV – III asrlarga oid yana bir qadimgi Xorazm yozuvi Quyqirilgan qal'a xarobasida topilgan sopol idishning sirtida saqlangan. Bu yagona so`z bo`lib, «Asparak» otliq, chavandoz so`zidan iborat. Xorazm yozuvida 20 belgi ishlatilgan.Bu yozuv belgilarini rus olimi Livshis va qoraqalpog`istonlik qadimshunos M.Mambetullayev tadqiq etgan. Qadimgi Xorazm yozuvi oromiy alifbosiga asoslangan. Oromiylar – millodan avvalgi I ming yillikning boshlarida Mesopotamiya (ikki daryo oralig`i hududida joylashgan qadimgi xalqdir. Milloddan avvalgi VI-IV asrlarga kelib, 22 ta xarfdan iborat bo`lgan oromiy alifbosi O`rta Sharqning idora qilish, ish yurituvchi va ma'muriy tili vazifasini bajargan.
Bundan tao‘qari, biz qiyosiy tahlil etishni ixtiyor qilgan yana bir qadimiy manba Xorazm tili va yozuvi bo‘lib, bu yozuv xronologik jihatdan shakllanishi miloddan avvalgi IV asr oxiri–III asrning boshlarida Qadimgi Xorazm davlatining tashkil topish davriga to`g`ri keladi. Yozuv tizimining mavjud bo`lishi va rivojlanishi miloddan avvalgi IV asrdan milodiy XI asrlarni qamrab olgan.Yozuvlarning aksariyati VI-VIII asrlardagi kumush qadahlardagi yozuvlardan, To`qqal`a qabristonidan topilgan ossuariylardagi yozuvlardan, Giyour Qal`adagi (Mizdaxkon) yozuvlaridan tashkil topgan.
Akademik S.P.Tolstov va akademik Yahyo G`ulomov Xorazm tangalarini
o`rganish asosida bu yozuvni alifbosini qayta tiklashga urunib ko`rganlar.
Xulosa
Yozuv — muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar oʻrtasidagi muloqatga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Yozuv— kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotining tom maʼnodagi ibtidosi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillarning eng asosiylaridan biri. Yozuv tildan ancha keyin paydo boʻlgan (tovush tili 400—500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan, Yozuvning paydo boʻlganiga esa 4—5 ming yillar boʻlgan). Ogʻzaki til (nutq)ning zamon (vaqt) va makon (masofa) nuqtai nazaridan cheklanganligi va uni bartaraf etish zaruriyati Yozuvning paydo boʻlishiga olib kelgan. Ogzaki til talaffuz vaqtidagina va ayni paytda muayyan masofadagi (tovush toʻlqinlari yetib borishi mumkin boʻlgan) kishi uchungina mavjuddir. Boshka sharoitlarda tilga ehtiyoj paydo boʻlishi bilan inson dahosi bu ehtiyojni qondira oluvchi vositalarni qidira boshlagan, natijada belgilar tizimidan iborat Yozuv dunyoga kelgan. Yozuvning paydo boʻlishi va taraqqiyoti jamiyat rivoji, shuningdek, muayyan masofadagi kishilarning oʻzaro aloqa qilish ehtiyoji, siyosiy, huquqiy, diniy va estetik harakterdagi axborotlarni qayd etish, sakdash zaruriyati bilan bevosita bogʻliq. Xalklarning davlat sifatida birlashuvi nutqiy aloqa doirasini kengaytiradi va murakkablashtiradi; i.ch. va savdo kengayadi; boshqa xalklar va davlatlar bilan harbiy, siyosiy va b. shartnomalar tuziladi; qonunlar paydo boʻladi va mustahkamlanadi; diniy qarashlar va mafkuraning boshqa turli koʻrinishlari shakllanadi; xalqlarning oʻz tarixini bilishga boʻlgan ehtiyoj kuchayadi. Bularning barchasini faqat ogʻzaki nutq vositasida amalga oshirish mumkin emas. Bu sharoitda Yozuv zaruriyatga aylanadi. Yozuv ogʻzaki tilga nisbatan ikkilamchi, qoʻshimcha aloqa vositasi boʻlsada, unga qaraganda koʻp afzalliklarga ega. Xususan, tilning asosiy vazifasi — kishilar oʻrtasidagi aloqani taʼminlashdir. Tilning kommunikativ vazifasi Yozuv siz amalga oshishi mumkin emas. Tilning estetik, gnoseologik (dunyoni bilish) kabi asosiy vazifalarini ham Yozuvsiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, tilning insoniyat qoʻlga kiritgan tajribabilimlarni saqlash va avlodlarga yetkazishdan iborat vazifasi bevosita Yozuv orqali bajariladi. Kishilik jamiyati yaratgan bilim va tajribalar, kashfiyotlar, soʻz sanʼati durdonalari va b. qimmatli axborotlarning barchabarchasi avlodlardan avlodlarga Yozuv orqali yetib boradi. Til jamiyat tarixi bilan qanchalik bogʻliq boʻlsa, Yozuv ham shunchalik bogʻliqdir. Dastlabki qarashlarda Yozuvning kelib chiqishini ilohiyotga bogʻlash uchraydi. Bu aslida Yozuvning tengsiz imkoniyatlarini tasavvurga sigʻdira olmaslik, Yozuv magiyasi ("Yozuv sehrli qudratga ega" degan ishonch) oqibatida kelib chiqqan joʻn tasavvurlar mahsulidir. Yozuv kishilik jamiyatining zaruriy ehtiyoji asosida paydo boʻlib, rivojlanib borgan. Bugungi shaklini olgunga qadar uzok va murakkab tadrijiy taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtgan. Inson akli Yozuvday mukammal aloqa vositasini kashf qilguncha uzoq izlangan. Eng qad. davrlarda dunyo xalqlarining deyarli barchasida keng tarqalgan "eslatuvchi" belgilar ana shu izlanishlarning ilk koʻrinishlari edi
Foydalanilgan adabiyotlar:
Viktor Drachuk.. Yozuvlar o`tmish sirlari shohidi.T. “O`zbekiston. 1980.
Kobrin V.B., Leonteva G.A., SHorin P.A., Vspomogatelnie istoricheskie dissiplino‘, M., Prosveshenie, 1984.
Sagdullaev A. Qadimgi O`zbekiston ilk yozma manbalarda. T. 1996.
Dyakonov I., Istoriya pisma, perevod s nemetskogo, M., 1979
Iogannes F., Istoriya pisma, M., Nauka, 1980
Do'stlaringiz bilan baham: |