beixtiyor (impul’siv) nutq
Nutqning eksteriorizatsiyalashgan yoki interiorizatsiyalashganligiga ko`ra:
Yuqorida ko`rsatilganlardan bir nechatasiga to`xtalib o`tamiz.
Ixtiyoriy va ma’lum darajada faol nutq ko`p hollarda MONOLOGIK, reaktiv nutq esa DIALOGIK nutq deb ataladi.
MONOLOGIK NUTQ
Monologik nutq ma’lum darajada nutqning batafsil turi hisoblanadi. Chunki monologik nutqda biz barcha ma’lumotlarni iloji boricha to`liq berishga, notanish vaziyat va holatlarni tinglovchi tushunishi uchun batafsil tasvirlab berishga majburmiz.
Monologik nutq - nutqning faol, ixtiyoriy turlaridan biridir. Monologik nutqni amalga oshirish uchun gapirayotgan odam qandaydir nutq mazmuniga ega bo`lishi, shu mazmun asosida o`z nutqiy mulohazasini izchil ravishda qura bilishi lozim. Boshqacha qilib aytganda notiq o`z nutqini (gaplarnigina emas) avvaldan bir butun holda oldindan rejalashtiradi (programmalashtiradi).
Monologik nutq qiyin, murakkab bo`lganligi sababli uni maxsus ravishda tarbiyalash, shakllantirish talab qilinadi. Masalan kichik bola yoki o`rganmagan kishiga o`z fikrini batafsil, monolog sifatida bayon qilish qanchalik qiyinligini barchamiz bilamiz. Shu sababli maktablarda, boshqa tipdagi o`quv yurtlarida monologik nutqni o`stirishga alohida e’tibor berish lozim. Ayniqsa o`qituvchi uchun "tili to`mtoq" bo`lishdan yomonroq, pedagogikaga zidroq narsa yo`q. Nutqning bu turini rivojlantirish uchun turli bahslar, ma’ruzalar bilan chiqishlar, treninglar o`tkazish lozim.
DIALOGIK NUTQ
Nutqning bu turi vaziyatga qarab yuzaga chiqadi va kontekstual (shu vaziyatdan, oldingi aytilgan fikrning mazmuni va shakllaridan kelib chiqiladi) xarakterga egadir. Dialogik nutqning xarateristikasi monologik nutqning xarakteristikasiga qarama-qarshidir.
Birinchidan, dialogik nutqda suhbatdoshlarga ma’lum bo`lgan ayrim suzlar tushirib qoldiriladi. Shu sababli yozib olingan dialogik nutq o`zgalar uchun ko`pincha tushunarsiz bo`ladi.
Ikkinchidan, dialogik nutq ixtiyorsiz, REAKTIV nutqdir. Dialogik nutq ko`pincha biror fikrga, lukmaga, hatto nutq bilan bog’liq bo`lmagan stimullarga javob tariqasida (qo`lini eshik qisib olgan kishi - "Ox, qurib ketsin!" deydi) yuzaga keladi.
Uchunchidan, dialogik nutq nihoyat darajada OZ TARTIBLIDIR. Dialogik nutq davomida luqma tashlash odatda oldindan rejalashtirilmaydi. Agar dialogik nutq jaryonida rejalashtirishga to`g’ri kelsa ham bu oddiy rejalashtirish bo`ladi. Chunki, biz yuqorida ko`rsatib o`tganimizdek dialogik nutq kontekstga bog’liq ravishda boshqariladi. Ko`p hollarda u guyoki o`z-o`zidan "oqib" kelaveradi. Dialogik nutqda qo`llanilaverib odat bo`lib qolgan so`zlar va SO`Z birikmalari ("rahmat", "yaxshi", "marhamat") juda ko`p qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |