Yozef gaydn ijodi bajardi: 20-12 guruh talabasi Abduvaliyeva dilnavo Tekshirdi: ibragimova nilufar


Knyaz Estergazi xizmatidagi vaqtda Gaydn o`zining ko`plab operalari, kvartetlar va simfoniyalarni yozdi. Hammasi bo`lib Gaydn 104 ta simfoniya yaratdi



Download 12,08 Kb.
bet2/2
Sana10.04.2023
Hajmi12,08 Kb.
#926762
1   2
Bog'liq
Yozef gaydn ijodi bajardi 20-12 guruh talabasi Abduvaliyeva dil-fayllar.org

Knyaz Estergazi xizmatidagi vaqtda Gaydn o`zining ko`plab operalari, kvartetlar va simfoniyalarni yozdi. Hammasi bo`lib Gaydn 104 ta simfoniya yaratdi.
1772-yilda yozilgan “Xayrlashuv simfoniyasi” kompozitor ijodida alohida o`rin tutadi. Gaydnning ilk ko`ngilochar simfoniyalaridan farqli o`laroq, bu simfoniyada Betxoven musiqasining ba`zi sahifalariga yaqin bo`lgan ta`sirchan va dramatik obrazlar mavjud. Simfoniya an`anaviy 4 qism o`rniga 5 qismdan iborat. Simfoniya shamchiroqlar yoqib ijro etiladi. So`nggi qism ijrosida sozandalar navbat bilan shamchiroqlarni o`chirib, cholg`ularini olib chiqib ketishadi. Simfoniyani ikki skripkachi yakunlaydi. “ Xayrlashuv simfoniyasi” xaqida ham rivoyat yaratilgan. Knyaz Estergazi o`z kapellasi sozandalariga uzoq vaqt ta`til bermagan. Sozandalar yordam so`rab, Gaydnga murojaat qilishadi. Gaydn esa simfoniyaning final qismida knyazga ishora sifatida ushbu uslubni qo`llaydi.
Ijodining uchinchi davri(1791 -1801).1791-yilda skripkachi va antreprenyor Petr Solomon taklifga binoan Gaydn Londonga keldi. Bu erda u qator kontsertlarga dirijyorlik qilishi, opera va 6 ta simfoni yozishi kerak edi. Shu vaqtda keksa knyaz` Estergazi vafot etadi. Uning musiqani uncha xushlamaydigan merosxo`ri kapellani tarqatib yuboradi. Biroq mashhur bo`lib ketgan kompozitor uning kapelmeysteri sifatida xizmat qilishi unga yoqardi. Shu narsa Estergazini “ uning xizmatkori” bo`lgan Gaydn boshqa ishga o`tib ketmasligi uchun nafaqa belgilashga majbur bo`ldi. Gaydn baxtli edi. Nihoyat u erkin va mustaqil Anliyaga kontsertlar bilan borish taklifiga u rozilik berdi. O`zining mustaqilligiga qaramasdan, Gaydn xizmatni tashlab ketolmasdi. O`sha vaqtlar musiqachi faqat saroy kapellarida ishlashi yoki cherkov xoriga rahbarlik qilishi mumkin edi. Gaydngacha hech bir kompozitor mustaqil hayot kechirishga botina olmagan . Gaydn ham doimiy ishini tashlab ketmaslikka qaror qildi.
Kompozitor ijodidagi asosiy janrlar. Ijodining so`nggi yillari. Gaydn juda bandligiga qaramasdan, yangi musiqa asarlarni tiklashga ulgurardi. Yosh jihatdan kattaroq bo`lgan zamondoshi Gendelning oratoriyalari Gaydnda juda chuqur taassurot qoldirdi. Gendel musiqasini ta`siri shunchalik kuchli bo`ldiki, Venaga qaytgan Gaydn -- “ Dunyoning yaratilishi” va “ Yil fasllari” nomli oratoriyalarini yozdi. Gaydn Gendelga taqlid qilish yo`lidan bormadi. Uning oratoriyalari o`zgacha muammolarni qamrab oladi: Gendelning Injil qahramonlari o`rniga bu asarlardan inson baxti va hayot go`zalligi tabiatning yorqin manzaralarida ifodalanadi. Gaydn oratoriyalarining musiqasi kelajakka ishonch va xushchaqchaqlik bilan yo`g`rilgan. “ Dunyoning yaratilishi “ ning syujeti sodda. Oratoriyaning dastlabki ikki qismida dunyoning yaratilishi tangri huzurida hikoya qilinadi. 3 chi va oxirgi qismlarida Odam Ato va Momo Havoning gunoh qilgunlariga qadar bo`lgan jannatdagi hayoti bayon etilgan. Bu oratoriya kompozitor hayotligi davrida zo`r muvaffaqiyat qozondi va uning shuhratini yanada oshirdi. 1812-yilda oratoriya Peterburgda Filarmoniya jamiyati kontsertida ijro etildi.
Yil fasllari” oratoriyasini “ Dunyoning yaratilishi” dan ham ahamiyatliroq asar deb tan olish kerak. “ Yil fasllari” oratoriyasi matni “ Dunyoning yaratilishi” matni kabi Van Sviten tomonidan yozilgan .Gaydn oratoriyalar ichida ikkinchisi nafaqat mazmuni, balki shakli jihatidan ham turfa xil bo`lib, unda chuqur insoniylik g`oyalari ilgari surilgan. Mehnatni, tabiatga bo`lgan muhabbatni, qishloq hayoti va sodda qalb go`zalliklarini sharaflovchi ushbu asar Gaydnning falsafasi, tabiat manzaralari va patriarxal qishloq aqidalarining bir butun qomusidir. Buning ustiga uning mazmuni Gaydnga yaxlitlikning juda bejirim va tugal, barkamol musiqiy g`oyasini yaratish imkoniyatini berdi.
Yil fasllari”ning ulkan partiturasini yaratish keksayib qolgan Gaydn uchun oson kechmadi, u ish jarayonida ko`p hayajonlandi va tunlarni uyqusiz o`tkazdi. Ish oxiriga kelib, uni bosh og`ri va ta`qib qiluvchi musiqiy tassavvurlar qiynardi.
London simfoniyalari” va oratoriyalar Gaydn ijodining cho`qqisi bo`ldi. Oratoriyalardan keyin u deyarli hech narsa yozmadi. Hayot o`ta zo`riqishlarda kechdi. U quvvatsizlanib qoldi. So`nggi yillarni kompozitor Vena yaqinidagi kichkina xonadonda o`tkazdi. Kompozitorning osoyishta va tanho uyiga ziyorat qilish uchun uning muxlislari kelib turishardi. Suhbatlar o`tmish mavzularida kechgani bois Gaydn, ayniqsa, o`zining qiyin, og`ir mehnatda o`tgan, lekin dadil, matonatli izlanishlarga boy yoshligini eslashni yoqtirardi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
http://fayllar.org
Download 12,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish