Yovuzlik farishtasi



Download 16,72 Kb.
Sana13.07.2022
Hajmi16,72 Kb.
#785358
Bog'liq
2 5381938439610440600

ZULFIYA QUROLBOY QIZINING “YOVUZLIK FARISHTASI” NOMLI HIKOYASIDA OBRAZLAR IFODASI



Annotatsiya
Ushbu maqolada Zulfiya Qurolboy qizining oila deb atalmish muqaddas dargoh mazusidagi ishq-muhabbat, rashk, ishonchsizlik va nafrat tuyg‘ulari qorishgan “Yovuzlik farishtasi” hikoyasi tahlil qilingan. Tahlil davomida obrazlar harakteri va ularning o‘ziga xos jihatlari ochib beriladi va farishta misol ayolning qalbida yovuzlik nish urib nafrat o‘chog‘i alanga olishi sabablari bayon etiladi.
Kalit so’zi: badiiy obraz, adabiy portret, obrazlar tizimi, psixologik portret, xarakter, qabariq detal
Annotation.
This article analyzes the story of Zulfiya Kurolboy's daughter "Angel of Evil", which is a mixture of love, jealousy, insecurity and hatred in the so-called family shrine. The analysis reveals the nature of the images and their peculiarities, as well as the reasons why the angelic woman set fire to the hearth of hatred by evil.
Keywords: Artistic image, literary portrait, system of images, psychological portrait, character, bubble detail
Badiiylik — san’atning ham joni, ham ruhi ekan, uni yuzaga keltiruvchi asosiy vositalardan biri — badiiy obrazdir va u adabiyotshunoslik fanining markaziy muammosi sanaladi.1 Albatta , badiiy obraz badiiy asarning asosini tashkil etadi. Badiiy adabiyotda obraz deyilganda, atrofdagi barcha voqea-hodisalarning yozuvchining ijod namunalarida aks ettirilishi tushunilsa ham, uning markazida inson obrazi turadi. Shuning uchun ham badiiy obraz deganda, avvalo, inson timsoli tushuniladi va u adabiyotda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Professor L.I.Timofeyevning ta’rificha , “Obraz – to‘qima yordami bilan yaratilgan va estetik qiymat kasb etgan inson hayotining umumlashma va , ayni chog’da konkret manzarasidir ”2
Zulfiya Qurolboy qizining qator hikoyalari obrazlar tizimi xilma-xilligi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. “Yovuzlik farishtasi” nomli hikoyada yozuvchi G‘ulom Said, Kamola, Shoira va oppoq oyi folbin obrazlarini mahorat bilan shakllantiradi. Hikoyadagi Shoira-G‘ulom Said-Kamola obrazlar tizimi o‘rtasidagi munosabatlar bir-birining xarakterini ochib berishga ko‘maklashadi. Yozuvchi hikoyaning boshlanish qismidayoq bosh qahramonlardan biri G‘ulom Said obrazinining adabiy portretini mohirlik bilan tasvirlaydi. Bunda portretning ekspozitsion turidan foydalanadi, ya’ni qahramon asarda ilk marta ko’rinishi bilanoq uning tashqi ko‘rinishini ta’riflaydi:
“G‘ulom Said yoshi qirq-qirq besh yoshlar atrofida, qomati barvasta, butun vujudidan kuch yog‘ilib turgan, sochlari jingalak, biroq negadir oq oralagan, qosh-kipriklari esaqop-qora kishi edi. Ko‘zlari… uning ko‘zlari juda chiroyli edi. Ha, ha, xuddi shunday: judayam chiroyli! Qiz ishga qabul qilingan kuniyoq uni ko‘rib, yuragi qinidan chiqib ketay degan .”3
G‘ulom Said – dotsent, olim . Garchi shogirdi Kamolaga ko‘ngil qo‘ysada, xotini va ikki bolasiga xiyonat qilmaydi. Ilm yo‘lida necha yillardan beri mashaqqatli mehnat qilib keladi. Bu mashaqqatli mehnatning izlari sochlarida akslangan. Ammo shu mashaqqatlar evaziga undan maqolalar so‘rab hali Leningraddan, hali Turkiyadan va hatto Fransiyadan ham xatlar kelib turadi. Yozuvchi G‘ulom Saidning portretini chizayotib, uning ko’zlariga urg‘u beradi va chiroyli ekanini ta‘kidlaydi. Ko’z insonning qalb oynasi, bu bilan yozuvchi o’z qahramonining qalbi pok, sofdil inson ekanligini o‘quvchiga yetkazishga urunmoqda. Asar davomida ham G‘ulom Saidning qalbida o‘tli ishq bo‘la turib ham birovning yosh qizini yo‘ldan urishni istamaganligi, oilasiga xiyonat qilmaganligi, birovnikiga aylangan qalb gavhariga qo‘lining uchini ham tekkizmaganligi, muhabbatning o‘tli alangasi qalbini butunlay egallaganda ham o‘zini tuta olganligi uning aslida ham qalbi pok inson ekanligiga yaqqol dalildir. Hikoyada G‘ulom Said biror marta ham ko‘cha ko‘yda tasvirlanmaydi doim yo ishda bo’ladi yoki uyda. Bu holat ham dotsentning doim ilm bilan mashg‘ul bo‘lishiga yana bir dalildir. Asarda olimning xarakterini ochib beradigan detallardan biri uning ilmiy ishi. G‘ulom Said aqlli va o‘ta ehtiyotkor inson, shuning uchun ham u ilmiy ishini doim uyda saqlardi, hatto ishga ham olib bormasdi. Ilmiy ishi tayyor bo‘lgach esa birovning qo‘liga tushib qolmasin deb qoralamalarini ham yoqib yuborgandi. Asar so‘ngida doktorlik ishi yo‘qolganini bilgan G‘ulom Saidning ahvolidan, ruhiy iztiroblaridan uning bilim olib boshqalarga ham ulashish uchun qanchalar zaxmat chekkani, butun umrini shu ilm yo‘lida sarf qilgani, uning yo‘q-u bori shu ilmiy ish ekanligi o‘quvchiga aniq ko‘rsatib berilgan: “Nihoyat, bir hafta deganda G‘ulom xonasidan chiqdi. Ammo uning basharasiga qarab bo‘lmasdi. Soch-soqoli o‘sgan, chiroyli ko‘zlari oqiga dovur qizarib, qovoqlari qon talashgan… eng daxshatlisi, og‘zining o‘ng tomoni qiyshayib, o‘ng ko‘zining qovog‘i pir-pir uchadigan bo‘lib qolgandi” 4
Zulfiya Qurolboy qizi o‘quvchini obraz mantig‘iga yetkazish maqsadida hikoyaning bir necha o‘rinlarida qahramonlarning psixologik portretini yaratgan. “Psixologik portretda muallif asosiy diqqat-e’tibori qahramon xarakterini ochadigan, o‘y-kechinmalarini ifodalaydigan qabariq (noyob) detalga qaratiladi. Obrazni ruhiy va axloqiy-ma’naviy mazmun bilan to‘ldiradigan bunday detal portretda o‘ziga xoslik kasb etadi. U orqali qahramonning ruhiy belgilari aniq-ravshan ko‘rinadi”5.
Masalan, Kamolaning portreti quyidagicha beriladi: “Kamola har kuni ishga hayajon bilan kirib kelarkan, yuragi gurs-gurs urib, ko‘zlari chaqnab ketar, tezroq uni ko‘rishga shoshilar, ro‘para kelganda o‘zini yo‘qotib, gapidan adashib ketar, G‘ulom Saidning hamon o‘sha “sovuq” muomalasidan keyingina hushi o‘ziga kelib, sipo tortib qolar, alami kelganidan yig‘lab yuboray derdi. “E, Xudo, bu ahvol qachongacha davom etadi? – derdi tepasiga “Laboratoriya” deb yozilgan xonaga kirib, eshikni qarsillatib yoparkan. - Domlam bo‘lsa nima qipti? Olim bo‘lsa o’ziga. Bola-chaqasi ham meni qiziqtirmaydi, - derdi u o‘jarlik bilan. – Menga undan boshqa hech kim kerak emas!” Qizning ko‘zlariga g‘iltillab yosh kelar, ortiga qaytib, eshikni sekin, g‘iyqillatmasdan ochib, yo‘lakning narigi betida tepasiga “Dots. G‘ulom Said” deb yozilgan eshikka o‘shshayib qararkan, xonasi hamon ochilmaganini ko‘rib, xayolida: “Qayoqqa ketib qoldiykin?” degan o‘y tinimsiz charx ura boshlardi. Qiz bu ishlarning oqibatini o‘ylamasdi, o‘ylaydigan ahvolda emasdi”6
Kamola o‘zining ilmiy rahbariga ko‘ngil qo‘ygan, yosh va go‘zal qiz. G‘ulom Saidning o‘z oilasi bo‘lishiga qaramasdan undan umid qilib kundan-kun unga yaqinlashishga harakat qiladi. Hatto turmushga chiqqach ham qalbidagi o‘tli hislarini so‘ndira olmay qiynaladi. Yozuvchihikoyada Kamolaning tashqi qiyofasi(yuzi, labi, qoshi, ko‘zi, burni, yoshi kabilar)ni emas, balki uning ruhiy kechinmalarini, voqealarning unga ta’sirini tavsiflashga ko‘proq e’tibor qaratgani namoyon bo‘lgan. Natijada , Kamolaning boshqa qizlar singari sho‘x-shaddod va qaysar ekani ayon bo’ladi.
Yozuvchi muayyan obrazda voqea hodisalarning eng muhim xususiyatlarini umumlashtiradi shu sababli ham aynan o‘sha obraz asar markazida turadi. “Yovuzlik farishtasi” hikoyasidagi navbatdagi obraz G‘ulom Saidning turmush o’rtog‘i Shoira. Shoira xarakterining murakkabligi, o‘z qalbidagi qarama-qarshiliklar va turmush o‘rtog‘i G’ulom Said va uning shogirdi Kamolaga bo‘lgan munosabatlari uni asar markaziga olib chiqadi. Ushbu obraz avvalo ayol va umrini farzandlari hamda turmush o‘rtog‘iga bag‘ishlagan necha yillardan beri hayotning achchiq-chuchugiga chidab kelyapti. Qachonlardir Kamola kabi go‘zal va xushbichim bo‘lgan Shoira hayotning ayovsiz zarbalari va qiyinchiliklari sabab sal qarimsiq ko‘rinib qolgan, ustiga ustak, tishlari to‘kila boshlagan va shu sababli og‘zidan badbo‘y hid anqirdi. Portret adabiy qahramonning tashqi ko‘rinishini tasvirlash asosida uning xarakter qirralarini ochishga xizmat qiladi. Shoiraning portretida muallif er- xotinning bir-biridan yiroqlashishining sababi sifatida xotinining og‘zidan badbo‘y hid anqib turishini aytadi. Ayni vaqtda ushbu detal Shoiraning muomalasi qo‘rsligiga ishora qilmoqda. Shoira turmush o‘rtoq, ona sifatida farishtamisol ayol bo‘lsada uning qalbida qanaqadir yovuzlik bor edi: “Ayniqsa, uning qarashlari qo‘rqinchli edi. Jaxli chiqqan vaqtlarida G‘ulom uning ko‘zlaridan qo‘rqib ketardi. Qahr-g‘azabdan tashqari allaqanday vaxshiylikmi yovuzlikmi yashirinib yotganday edi uning ko‘zlarida”7 Mana shu yovuzlik sababmi Shoira rashkdan o‘z erining ilmiy ishini gumdon qilib uni og‘ir ahvolga solib qo‘ydi.
Asar davomida shoiraning xarakteri ichki kechinmalari konkret detallar va qisqa tavsilotlar orqali aniq va boshqa obrazlarga qaraganda to‘liqroq ochib beriladi. “ Shoira sinchikov ayol edi. Eridagi har bir o‘zgarishni darrov payqab olardi. Ammo: “O‘zi yorilib qolar, sabr qilib turay-chi”, deydigan ayollardan emasdi. Ko‘ngliga kelgan gapni shartta aytadi-qo‘yadi”8
Zulfiya Qurolboy qizining “Yovuzlik farishtasi” hikoyasida Shoira-G‘ulom Said-Kamola obrazlar sistemasi xarakterlari va ular o‘rtasidagi munosabatlar yozuvchi tomonidan a’lo darajada ochib berilgan. Asar davomida Shoirani yovuzlik farishtasi, G‘ulom Saidni yovuzlik qurboni, Kamolani esa muhabbat asirasi yoki muhabbat qurboni deb ta’riflash mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Umarov X. Adabiyotshunoslik nazariyasi, - Toshkent: A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti , 2004.

  2. БобоевТ. Aдабиётшуносликасослари, - Тошкент:Ўзбекистон, 2002

  3. БобохоновМ. Руҳийҳолаттасвиридақаҳрамонпортретинингўрни// “Ўзбектиливаадабиёти” журнали, 2010 йил, 3сон. 53-бет.

  4. ҚуролбойқизиЗ. Ёвузликфариштаси. – Тошкент: Янгиасравлоди, 2005.



1Umarov X. Adabiyotshunoslik nazariyasi, - Toshkent: A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti , 2004, 32-bet

2БобоевТ. Aдабиётшуносликасослари, - Тошкент:Ўзбекистон, 2002
42-bet

3 Қуролбой қизи З. Ёвузлик фариштаси. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2005. 208- бет.

4 Қуролбой қизи З. Ёвузлик фариштаси. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2005. 226- бет.

5БобохоновМ. Руҳийҳолаттасвиридақаҳрамонпортретинингўрни// “Ўзбектиливаадабиёти”
журнали, 2010 йил, 3сон. 53-бет.

6ҚуролбойқизиЗ. Ёвузликфариштаси. – Тошкент: Янгиасравлоди, 2005. 209-бет.

7 Қуролбой қизи З. Ёвузлик фариштаси. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2005. 217- бет.

8 Қуролбой қизи З. Ёвузлик фариштаси. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2005. 212- бет.

Download 16,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish