YOU MAY LIKE
Кошмары женского белья в СССР (видео)
RadarMedia
Shifokorlar shokda! Bo'g'imlardagi og'riq uchun oddiy maslahat!
Sustaflex
Бухара в панике уже неделю: мамочка в декрете стала миллионершей
Код Успеха
Fizik-kimyoviy jarayonlarda eksergiya o’zgarishi
Energokimyoviy texnalogiya tizimlarining (EKTT) eksergetik taxlilida energiya oqimlari va yo‘qotishlarining Grassman-SHargut diagrammasidan foydalanish katta yordam beradi.
Energetik unumdorlik deb – barcha turdagi Eksergiyalarning yig‘indisiga ΣEef ga aytiladi. U EKTT ning beradigan effektini aniqlaydi.
Nex= ΣEef/τ
Yokilg‘ini yondirish – bu oksidlanish reaksiyasi bo‘lib yoqilg‘ining energiyasi Et quyidagicha aniqlanadi;
Et=∆ZT˚ – Eo j
Yonish jarayonidagi energiyaning yo‘qolishi quyidagi ifoda orqali xisoblanadi;
Dx.p = To ∆ Sx.p = To ∆z / T
∆S- Entropiyaning o‘zgarishi, To – atrof muxit xarorati, T – reaksiya ketayotgan xarorat. Yonishdagi eksergiyaning yo‘qotilishi entropiyaning atrof muxit xaroratiga ko‘paytmasiga teng. EKTT larni yaratish uning termodinamik taxlilisiz mumkin emas, bunda 2 ta maqsadda tadqiqot olib boriladi.
1. EKTT lardagi energiya o‘zgarishlari o‘rganiladi.
2. EKTT elementlari omillarini optimallashtirish.
Xozirgi zamonda termodinamik taxlilining 2 ta usuli qo‘llaniladi;
A) Entropiya
B) Eksergiya
Ikkala usul xam termodinamikaning II – qonuniga tayanib qaytmas jarayondagi ish qobiliyatining yo‘qolishini aniqlashga qaratilgan.
2. Entropiya usuli
Entropiya usuli bu – usulda tashqi energetik oqim yani issiqlik va ish bilan tizim omili orasidagi bog‘lanish topiladi. Qaytmas siklning FIK termik FIK deb ataladi.
ηt = Atsq/r i /q1 = 1–q2 / q1
Atsq/r i – siklning qaytar ishi.
Real FIK ni esa ichki FIK deb ataladi.
ηi = Atsq/s i / q1
Atsq/s i – siklning qaytmas ishi
Ichki FIKning termik FIK ga nisbati qaytar jarayonning qaytmas jaryondan qancha mukammal ekanligini bildiradi.
ηoi = ηi / ηt = Atsq/s i / Atsq/r i
3. Samarali FIK
Samarali FIK deb – tashqi iste’molchiga berilgan issiqlik va ish shaklidagi energiya miqdorini qurilmaga berilgan energiya miqdoriga bo‘lgan nisbatiga aytiladi.
ηf = At.i. / q1
At.i. – qurilmadan tashqi isitmaga o‘tadigan energiya.
q1 – qurilmaga berilgan issiqlik.
ηf – tizimlardin ajratilgan issiqlikning qanday ulushi foydali ishga aylanganligini ko‘rsatadi.
To‘lik sistema ish qobiliyatining yo‘qolishi uning aloxida elementlari shu qobiliyatining yo‘qolishlari yig‘indisiga teng.
Σ ∆Aektt = Σ ∆Ai
Ushbu ibora yordamida qaysi elementda energiya yo‘qotish katta bo‘lishini aniqlash mumkin.
4. Eksergiya usuli
Eksergiya usuli – moddaning eksergiyasi bu uning atrof muxit bilan qaytar jarayon mobaynida qobiliyatli issiqlik manbai sifatida bajargan maksimal ishi bo‘lib bu jarayonning yakunida unda qatnashgan materiallarning barcha turlari atrof komponentlari bilan termodinamik muvozanat xolatga o‘tadi. Bu usul termodinamik taxlilning unversal usuli bo‘lib, bu usulga binoan barcha real jarayonlar qaytmas bo‘ladi, qaytmaslik jarayonning mukammalligini pasaytiradi.
Bu energiyaning yo‘qolishi xisobiga emas balki uning sifatini kamayishi xisobiga ro‘y beradi.
Eksergiya 2 turga bo‘linadi.
1.Entropiya bilan tariflanmaydigan energiya turining eksergiyasi (mexanik, elektr energyasi va boshqalar)
A=E
2. Entropiya bilan tariflanadigan energiyalar eksergiyasi.
Ularga ichki energiya, nurlanish energiyasi,termomexanik energiya va yadro energiyasi kiradi
5. Eksergetik balanslar va eksergetik FIK
EKTT larni o‘rganishda moddiy va issiqlik balanslaridan so‘ng eksergetik balans tuziladi.
Eksergetik balans EKTTda qaytmaslik oqibatida yuz bergan yo‘qotishlarni ko‘zda tutib, tizimning eksergetik FIK 1 ga teng bo‘lgan ideal tizimga qay darajada yaqin ekanligini aniqlaydi.
Og‘irligi m kg bo‘lgan modda uchun vaqt birligi ichida EKTT ning energetik balansi;
Σ e1,i = Σ e2,.i + Σ Ai + Σ ∆Ei
Σ ∆ ei = Σ e1,i – (Σ e2,i + Σ Ai)
Bu erda; Σ e1,i va Σ e2,i – EKTT ga kiritilgan va undan chiqgan barcha energiyalarning yig‘indisi.
Σ Ai – EKTT da bajarilgan ishlar yig‘indisi.
Σ ∆ ei – EKTT da eksergiya yo‘qotishlarining yig‘indisi. Ochiq tizimlarda; Ev = 0.
EKTT larning mukammalligini eksergetik FIK belgilaydi
ηe = (Σ e2,i + Σ Ai ) / Σ e1,i = Σ e1,i – Σ ∆Ei / Σ e1,i
Agarda EKTT qaytmaslikdan yo‘qotishlar, ya’ni eksergiyaning yo‘qolishi kuzatilmasa, ya’ni Σ ∆Ei = 0 bo‘lsa u xolda ηe = 1 bo‘ladi.
Iboralar
EKTT – bu energetik jixozlari, kimyo-texnalogik jixozlar bilan uzviy bog‘langan xolda faoliyat ko‘rsatadigan tizim.
|