Mafkuraviy tarbiya ishlari samaradorligini baholash mezonlari. Mafkuralar kurashining jahonshumul jarayonini o‘rganish, uning monito-ringi, bu kurashning umumbashariy va mintaqaviy muammolarini aniqlashga asosiy e’tiborni qaratish zarur.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarish uchun Milliy dasturning monitoringi va bajarilishini ekspertiza qilish asosida uning ayrim qoidalari va tadbirlariga tuzatishlar kiritilishi ko‘zda tutilgan.
Mafkuraviy monitoring: - Monitoring - inglizcha so‘z bo‘lib tekshirib turish, nazorat ma’nosini bildiradi. Demak, mafkuraviy monitoring - bu insonning g‘oyaviy, mafkuraviy, xususan milliy mafkuraviy faoliyati orqali jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, ya’ni g‘oyaviy holatini kuzatish, baholash va oldindan aytib berish - prognozlashdir.
Milliy istiqlol g‘oya va milliy mafkura milliy va umuminsoniy g‘oyalarning yaxlit tizimi sifatida xalqimizni g‘oyaviy jihatdan mushtarak maqsad yo‘lida birlashtiruvchi kuch bo‘lib quyidagi vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Demak, mafkuraviy monitoring tufayli:
O‘zligimizni anglash, milliy, diniy, ma’naviy qadriyatlarimizni joyiga qo‘yib, ularni yangi sifat bosqichiga ko‘tarib, ta’sirchanligini oshiradi.
Milliy maqsadlarimizni hozirgi zamon umumbashariy talablar bilan uyg‘unlashtiradi.
Islom dini iymon, e’tiqod, axloq va ma’rifat aqidasi ekanligidan kelib chiqib, «Olloh qalbimizda, yuragimizda» tamoyiliga safarbar etadi.
Milliy g‘oya va e’tiqodimiz dushmanlariga qarshi mafkuraviy kurashish, fuqaroda Vatan tuyg‘usi - «Men O‘zbekistonlikman» degan iftixor tushunchasini shakllantiradi.
Jismoniy sog‘lom, zamonaviy tafakkurga ega bo‘lgan avlodni tarbiyalaydi.
Milliy qadriyatlarimizni, urf-odat, an’analarimiz mohiyatini oshirib, millatlararo totuvlik, hamjihatlik va siyosiy-g‘oyaviy barqarorlikni ta’minlaydi.
Mafkuraviy monitoring asosida Milliy g‘oyaningshakl-lanishini nazorat, kuzatish natijasida milliy mafkuramiz quyidagi omil-larga bog‘liqligi ma’lum bo‘ladi:
Aholi munosabatlarining tig‘izligi va dinamikasiga, ya’ni aholi zich joylashgan joylarda bunga katta e’tibor zarurligi ayon bo‘lmoqda.
Odatlarning shakllanishining muddati va bartaraf etish vositalariga bog‘liq bo‘lishi kuzatilmoqda. Masalan, vahhobiylik yoki hizbut-tahrir-likka moyil odamlar to‘plangan joylardagilarning odat, ko‘nikmalarini bilish zarur bo‘ladi.
YAngi odatlarning odamlar hayot sharoitlari va turmush darajasiga mosligiga bog‘liqligi sezilmoqda.
YAngi g‘oyalarning odamlar tabiati va ruhiyatiga mosligiga bog‘liq bo‘layot-ganligi bilinadi.
Umuman, mafkuraviy tarbiya ishlari samaradorligini baholash mezon-lari ko‘pincha milliy istiqlol g‘oya va milliy mafkuraning tarbiyaviy tamoyillariga bog‘liq bo‘ladi. Bu tamoyillarga quyidagi jarayonlarni kiritish mumkin:
1) Tushuntirishda va bayon etishda oddiylik va lo‘ndalik mavzuni yanada oydinlashtiradi.
2) Talab va taklifni doimiy nazorat ostiga olish.
3) Ongga ta’sir etishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish.
4) Ziyolilar mavqeini oshirish.
5) Turli bilimlarga ega bo‘lgan ishtiyoqni qo‘llab-quvvatlash.
6) Ommaviy axborot vositalarida xalq ruhiyatiga yaqinlashtirilgan yangi mafkuraviy materiallarni ko‘paytirish, doimiy «aks ta’sir» tamoyiliga amal qilish.
II.BOB Mahalliy-hududiy darajadagi ma‘naviy tahdidlar. Global miqyosdagi ma‘naviy tahdidlar, ularning mazmun-mohiyati.
2.1. O‘zbekistonda ma‘naviy tahdidlarni oldini olishning shart-sharoitlari va omillari, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma‘naviy-ma‘rifiy asoslari, texnik-texnologik imkoniyatlari.
О’zbekiston mustaqilligi, xavfsizligi hamda barqarorligiga jiddiy xavf tug‗diradigan mafkuraviy tahdidlar ham bugungi kunda dunyo mafkuraviy manzarasiga keskin ta‘sir etmoqda. Diniy ekstremizm, fundamentalizm, terrorizm, buyuk davlat shovinizmi kabi global mafkuralar bugungi kunda О’zbekiston hayoti va kelajagiga ham jiddiy xavf tug‗diriyotir. XX asrning oxirida dunyoning siyosiy hvritasi, jumladan, Markaziy Osiyoning manzarasi tubdan о‗zgardi. Markaziy Osiyodagi respublikalarning о’z mustaqilligini qо‗lga kiritishi mintaqamizda nafaqat ijtimoiy-siyosiy jihatdan, balki g’oyaviy jihatdan ham yangi mafkuraviy vaziyatni vujudga keltiradi. Ushbu vaziyatning asosiy mohiyati quyidagilardan iborat edi: Birinchidan, Kommunistik mafkura, mintaqa xalqlari ongiga zо’ravonlik bilan ―SSSR-yagona Vatan‖ va «sovet xalqi – yangi tarixiy ―birlik‖- degan tushunchalarni sing-dirishga zо’r berib о’rinar edi. Mintaqa xalqlari bundan qanchalik norozi bо’lmasin, о’zlarining tarixiy va ma‘naviy yaqinligiga intilmasin, ammo bu intilishlarga nisbatan mafkuraviy tazyiq benihoya kuchli edi. Biroq bir haqiqatni e‘tirof etish kerak. SHо‗rolar mafkurasi barchaning bо‗lmasa ham, aholining ma‘lum bir qismi ongini zabt etgan edi. Bu zabt etish hozirgacha sobiq SSSR hududidagi ayrim kishilar tafakkurida zohir bо‗lib turibdi. Mintaqadagi sobiq ittifoqdosh respublikalar о‗zlarining mustaqilligini qо‗lga kiritishi bilan bu mafkura barbod bо‗ldi. Ikkinchidan, mustaqilligni qо’lga kiritgan mintaqamiz mamlakatlarini о’z ta‘sir doirasiga о’tkazish uchun yana boshqa bir qator mamlakatlar ham harakatni boshlab yubordilar. Ularning kо’pchiligi tashqaridan beg’araz yordam kо‗rsatayotganday bо‗lib kо‗rinsalar-da, aslida har bir kо’rsatayotgan ―yordamlari‖ evaziga mintaqada о‗z mav-qeini mustahkamlashga harakat qildilar. Aslida bunday harakat-larning bо’lishi tabiiy holdek kо’rinsada, ammo ularda ham min-taqa davlatlari va xalqlarini bir–biriga qarama – qarshi qо’yishga intilishlar yо’q emas. Uchinchidan, mintaqada yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga xizmat qiluvchi yangi ma‘naviy – mafkuraviy muhitni shakllantirish ehtiyoji ham oshib bordi. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov ta‘kidlagani kabi: SSSR parchalanib ketgandan keyin bizning irodamiz yoki intilishimizga bog‗liq bо‗lmagan holda О’zbekiston amalda front yaqinidagi davlatga aylanib qoldi. Uning tashqi chegaralarida – Afg’oniston va Tojikistonda sо’nggi yillarda yuz minglab insonlar hayotiga zomin bо’lgan ikkita tanglik о’chog’i alanga olib turibdi. Afg’onistonda urush alangasi о’chmagani faqat bizning mamlakatimiz uchungina emas, balki butun mintaqadagi barcha mamlakatlar uchun ham katta xavf – xatarni vujudga keltirdi. Tо’rtinchidan, О’zbekiston о’zining iqtisodiy salohiyati, xom ashyo resurslarga boyligi, ishchi kuchi va demokratik imkoniyatlari, kо‗p jihatdan geopolitik joylashuviga kо’ra ham, mintaqada yetakchi о’rinda turganligi bilan ajralib turadi. Binobarin, О’zbekistonga nisbatan bо’ladigan har qanday xavf – xatar, albatta, butun mintaqa-ga ta‘sir qiladi. Shu ma‘noda ham turli siyosiy kuchlar va harakatlar Afg’onistondagi urush olovini kuchaytirish va mintaqadagi vaziyatni murakkablashtirish hamda mintaqa davlatlarini unga jalb qilishning turli yо’llarini va uslublarini ishga solmoqda. Buning esa mafkuraviy usullar bilan amalga oshirishga e‘tibor ortib bormoqda. Shu sabab ushbu ―О’quvchi – yoshlarda dunyo mafkuraviy manzarasining murakkablashib borishi‖ mavzusining о‗qitilishining ahamiyati‖ mavzusi bо’yicha olingan bitiruv malakaviy ishda akademik litseylarda dars va darsdan tashqarida olib borilayotgan ishlar haqidagi muammolarni tadqiq etish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur: - avvalo g’oya va mafkuralarni yoshlar tarbiyasida muhim omil ekanligini; - milliy mafkuramiz milliy, mintaqaviy hamda umuminsoniy tamoyillarga asoslanganligini; - dunyo haritasida mafkuraviy о’zgarishlarni keltirib chiqaruvchi omillarni; -dunyo mafkuraviy manzarasidagi murakkabliklarni; - turli mazmun va mohiyatga ega bо’lgan g’oyaviy tahdidlarga qarshi kurashda tarixiy-ma‘naviy qadriyatlarning о‗rnini ochib berish; - Mafkura va uning insoniyat tarixida totgan о’rnini, -ta‘lim muassasalarida bu mavzuga oid masalalarni yanada kengroq yoritilishi uchun fikr va tavsiyalar berish; -yoshlarni turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish immunitetini shakllantirish kabilarni ochib berishdan iborat. О’zbekiston respublikasi Prezidenti ma‘naviyatga qarshi turli xurujlar haqida gapirar ekan, ta‘kidlab о’tadiki: ―Bu haqda gapirganda, faqat bitta millat yoki xalq haqida fikr yuritish masalani о’ta tor tushunish bо’lur edi, ya‘ni, bu о’rinda sо’z faqat bizning ma‘naviyatimizga qarshi qaratilgan tajovuzlar haqida, azaliy fazilatlarimiz, milliy qadriyatlarimizni ana shunday hujumlardan asrash xususidagina borayotgani yо’q. Muhim ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bо‗lgan ushbu muammoni keng miqyosda, dunyoning barcha mamlakatlari va xalqlari hayotiga daxldor masala sifatida о’rganish, tahlil qilish va baholash maqsadga muvofiqdir‖. Masalaga bunday keng qamrovli yondoshuv kecha yoki bugun paydo bо’lgani yо’q.
2.2. Ma‘naviy tahdid, g‘oyaviy ta‘zyiq va tajovuz tushunchalari, ularning mazmun-mohiyati va yuzaga kelish shart-sharoitlari.
Insonning qalbi va ongiga jo bо’lgan milliy ma‘naviy-axloqiy negizlar uni butun umri davomida halol, pok, bilimli, xalq xizmatida bо’lishga, Vatan ravnaqi hamda taraqqiyotiga hissa qо’shishga, о’zining ongli va erkin mushohada qiluvchi shaxs sifatida kamol topishiga muttasil ravishda undaydi. Prezidentimiz I.A.Karimov doimo ta‘kidlab kelganidek: ―...Farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlarimiz asosida, о’z fikru tafakkuri va zamonaviy bilimga ega bо’lgan vatanparvar etib voyaga yetkazish – barchamizning otalik va onalik burchimizdir‖ Aynan farzandlarning kamoloti – ertangi kunda barchamizning tinch hayotimizni ta‘minlaydi. Buning uchun ularni milliy g’oya ruhida tarbiyalash, ularga hurlik, ozodlik, demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyat barpo etish, erkin fuqarolik jamiyat asoslari haqida tushuncha berish barchamizning burchimizdir1 . Turli millatlar ma‘naviyatining о’ziga xosligi kamalakdagi turli ranglar tovlanishiga monand bо’lib, ular bir-birini tо’ldiradi, boyitadi, ammo inkor etmaydi, bir sо’z bilan aytganda, ma‘naviyat ellarni zidlashtirmaydi, balki birlashtiradi. Aslida umuminsoniy qadriyatlarni biror-bir alohida xalq yaratmaydi, bu qadriyatlarni har bir xalq, har bir elat о’z tarixiy tajribasi bilan asta-sekin shakllantirib boradi va о’zaro turlicha munosabatlar jarayonida elatlar, millatlar bir-birini tushunib, о’zaro ma‘naviyatlaridagi umumiy jihatlarni tadrijiy anglab boradi. Ming yillar davomida yer yuzidagi turli mintaqalarda yashagan xalqlarning о‗zaro siyosiy, madaniy, ijtimoiy aloqalari hozirdagidek yaqin bо’lgan emas. Asrlar mobaynida yer yuzida turli madaniy mintaqalar shakllangan. Yevropa xalqlarining umummintaqa madaniyati, janubi-sharqiy Osiyo xalqlari mintaqa madaniyati, Hindiston yarimoroli va unga qо’shni hududlarda yaratilgan umumiy madaniyat va boshqa bir qator mintaqalar madaniyati - bularning har biri о’zgasidan farq qiluvchi qator diniy e‘tiqod, falsafiy maktablar, san‘at va adabiyot, urf-odat va an‘analarning о’ziga xos uyg’un bir tizimlarini vujudga keltirgan-ki, ahli basharning bunday bebaho mulkini, ma‘naviy xazinalarini befarqlik bilan bir-biriga qorishtirib yuborish mutlaqo ijobiy natijalar bermaydi. Butun dunyo xalqlari bir-birini tushunib yashashga intilmog’i lozim. Dushmanlik, g’ayr kо’zi bilan qarash emas, mehr bashariyatni birlashtiradi. Bu ulug’ haqiqatni bizning ajdodlarimiz allaqachon anglab yetganlar. Ammo о’zgani tushunish uchun, о’zgaga mehr kо’zi bilan boqish uchun, avvalo, inson о’zligini anglab yetmog’i kerak. О’zligini anglamagan zot hech qachon о’zgani tushunmaydi, uni xolis qabul qilmaydi. Asli milliy ma‘naviyatimizga bugungi ayricha e‘tibor ham ushbu о’zligimizni anglab yetishga bо‗lgan kuchli ehtiyoj natijasidir. Biz milliy urf-odatlarimiz, marosimlarimizga baho bermoqchi bо’lsak, butun insoniyat manfaatlari nuqtai nazarini, alohida shaxs erkinligi, Vatan va millat manfaatlarini, milliy qadriyatlarimiz majmuini yaxlit uyg‗unlikda olib qaramog’imiz talab etiladi. Agar shu uyg’unlikka mohiyatan muvofiq bо’lsa, yoxud loaqal unga zid bо’lmasa, demak, maqbul, ammo insonlararo ziddiyat tug’dirsa, nifoq solsa, yoki о’zga shaxs erkini bо’g’sa, Vatan va millat manfaatlariga zid bо’lsa, demak, maqbul emas. Ammo milliy ma‘naviyatimizni qadrlashimiz, uni rivojlantirishga urinishimiz, kimlardir talqin qilmoqchi bо’layotganidek, о’zga xalqlar madaniyatini mensimaslik yoki milliy xudbinlikka berilishni anglatmaydi, balki uzoq yillik qaramlik asoratidan qutulib о’zligimizga qaytish, о’zligimizni anglab yetishga urinishni bildiradi. Chunki har qaysi millat yoki xalqning ma‘naviyati uning bugungi hayoti va taqdirini, о’sib kelayotgan farzandlarining kelajagini belgilashda shak-shubhasiz hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi‖ Shu о’rinda savol tug’iladi: befarqlik, loqaydlik bilan yovuzlik orasidagi munosabat qanday? Tan olish kerakki, dunyoda son jihatidan olinsa, mutlaq yovuz odamlar juda kamchilikni tashkil qiladi. Ular aslida odam ham emas, sunami, tо‗fon yoki zilzila kabi ―xudoning bir balosi‖. Shunday ekan, qanday qilib juda ozchilik bо‗lgan bu toifa ba‘zan millionlab insonlar ustidan о’z hukmini yurgiza boshlaydi? Ayni yuqorida aytilgan hayotning ma‘no-mazmuni haqida bosh qotirishni oshiqcha ish deb biladigan, Alloh va bashariyat oldidagi о’z burchini eslashni ham istamaydigan, faqat nafs qayg‗usi va о’tkinchi hoyu havasga berilib kun kechiradigan odamlarning befarq va loqaydligi tufayli bunday yovuz kuchlar о’z makru hiylalarini bemalol amalga oshirishga muvaffaq bо’ladilar. Chunki bunday kimsalar kо‗pincha о’zlari sezmagan holda yovuzlik kuchlariga xizmat qiluvchi dahshatli qurolga aylanib qoladilar. Shu sababli Prezidentning yangi «Yuksak ma‘naviyat - yengilmas kuch» asaridaida befarqlik va loqaydlik asl insoniylikka zid turuvchi qusur sifatida qattiq qoralanadi. Aytilganlarga eng yorqin misol sifatida bugungi kunda butun dunyodagi fikrlovchi insonlarni borgan sari qattiqroq tashvishga solayotgan ―ommaviy madaniyat‖ hodisasining kelib chiqishiga e‘tibor qarataylik. Bu hodisa bugun butun dunyoga kо’proq Yevropa va Shimoliy Amerikaning rivojlangan mamlakatlaridan tarqalayotganini hisobga olib, ushbu mintaqalardagi hozirgi ma‘naviy-axloqiy muhitning shakllanish tarixiga qisqa (eng umumiy bir tarzda) tо’xtab о’tish kerak bо’ladi.
III.Xulosa
Dunyoning ba`zi mamlakatlarida bugungi kunda ham mavjud hukmlar dindan boshqa dinni targ`ib qilganlar jazolanadi. Jumladan, Afg`onistonda «Tolibon» harakati hukmronligi davrida ularning boshlig`i Mulla Muhammad Umarning ko`rsatmasiga binoan Afg`onistondagi buddizm diniga mansub madaniy yodgorliklar ham yo`q qilinishiga fatvo berildi. Natijada 15 asr ilgari bunyod etilgan Bamiyon shahrida dunyodagi eng yirik va balandligi 53 metrlik 2 ta budda yodgorliklari o`qqa tutilib buzib tashlandi. Bu hatti-harakatlar islom dinining boshqa dinlarga bag`rikenglik asosidagi munosabatlariga zid bo`lganligi uchun barcha taraqqiyparvar kuchlar tomonidan qoralandi. U insonni bir mute, qul,taqdirning o`yinchog`i deb qaraydi, inson qalbi, ma`naviy ehtiyojlari bilan mutlaqo hisoblashmaydi.
Islom dinining tasavuf ta`limoti ahli tarixda hayotga, jamiyat va inson masalalariga keng qaraganlar. Bu chin ma`nosi bilan insonparvarlik ta`limotidir. Chunki sufiylar, garchi chin musulmon sifatida shuhrat qozonib, islom dini tozaligi uchun kurashgan bo`lsalarda, ammo hech qachon o`zga dinlarni kamsitmaganlar. Shu sababli tasavvufni diniy bag`rikenglik ta`limoti, inson kamolotiga yo`l qidirgan hamda jaholatga qarshi kurashib kelgan ma`rifiy ta`limot, deb tushunamiz.
Hozirgi kunda bizning turmush tarzimizga, ruhiyatimizga nisbatan qilinayotgan ma`naviy-ma`rifiy hurujlarning usullari tobora noziklashib borayapti. Zararli g`oyalar turli kinofilmlar, televedenie ko`rsatuvlari va radio eshittirishlari shaklida, gazeta-juurnallar, internet tarmog`i va boshqa yo`nalishlarda uzluksiz ravishda tiqishtirilib, bizning milliy tushunchalarimizni barbod etishga, mafkuraviy immunitetimizni susaytirishga, yoshlarimizni durugaylashtirishga muntazam harakatlari sezilib turibdi. Bugungi kunda inson qalbini egallash uchun butun dunyoda to`xtovsiz kurash ketayapti. Bu zararli g`oyalarga qarshi xalqimizning or-nomusi, diniy va dunyoviy e`tiqodi, ma`naviy qadriyati, mafkuraviy immunitet vazifasini o`tashi zarur.Alohida bir odamning ruhiyati jamoa ruhiyatiga teng emas, albatta. eng qizig`i shundaki, jamoa ruhiyatida ongsizlik darajasi balandroq. Ommaviy taassurotda Ommaviy Axborot Vositalari tomonidan aytilgan gaplarga birdan ishonish, vahimaga tushish, salbiy informatsiyaga ko`proq berilish kayfiyatlari ancha kuchli. Buni Karl Yung «jamoaviy ongsizlik» deb ta`riflagan va bugungi kunda ushbu psixologik kategoriyani topib, uni isbotlab berilgani Yungning buyuk kashfiyoti deb hisoblanadi. Karl Yung ta`limotining ahamiyati shundaki, mazkur «jamoaviy ongsizlik» holatining jamiyatda paydo bo`lishi mafkuraviy immunitetni shakllantirish ishiga salbiy ta`sir qiladi.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Rasmiy hujjatlar
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.-T.: O‘zbekiston, 2015.
3. Respublika “Ma’naviyat va Ma’rifat” jamoatchilik markazini tashkil etish
to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. // «O‘zbekiston
ovozi», 1994 yil, 26 aprel
4. Inson huquqlari: Universal xalqaro hujjatlar to‘plami. –T.: 1996 yil.
5. Ta’lim to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining qonuni. O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997 yil. 9–son.
6. «Xalqlarning tinchlikka bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi deklaratsiyani ma’qullash
haqida» O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qarori. O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997 yil, 9–son.
7. «O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni. O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997 yil, 11-12–son.
8. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida (Yangi tahriri). O‘zbekiston
Respublikasining qonuni.- T.: Adolat, 1998 yil.
9. Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasining qonuni.//
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 2004 yil. 5–son.
10. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni
moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida.O‘zbekiston Respublikasining
qonuni.// O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 2004 yil. 9–son
Do'stlaringiz bilan baham: |