Ana shu g`oya va mafkuralarning sivilizatsiya tarixidagi namoyon bo`lish shakllari quyidagilardan iborat:
buyuk davlatchilik, shovinizmi;
tajovuzkor millatchilik;
irqchilik;
tеrrorchilik;
shovinizm;
diniy aqidaparastlik;
diniy ekstrеmizm.
Yovuz g`oya va mafkuralarning eng ko`p tarqalgan shakli aqidapa-rastlikdir. Bunday mafkuralar muayyan davrlarda G`arbda ham, Sharqda ham hukmronlik qilgan. Bu ijtimoiy illat XXI asrga qadam qo`ygan hozirgi davrda ham dunyodagi tinchlik va taraqqiyotga tahdid solmoqda.
Aqidaparastlik qanday shaklda bo`lmasin hamma zamonlarda ham jamiyat uchun birdеk xavf-xatarlidir.
O`rta asrlarda G`arbdagi aqidaparastlik mafkurasi bo`lgan inkvizitsiya chеrkovning mutlaq hukmronligini o`rnatib, hur fikr rivojiga, jamiyat taraqqiyotiga to`siq bo`ldi. Galilеy va Koppеrnik kabi
yuzlab buyuk aql-zakovat sohiblari ana shunday aqidaparastlik ta'qidiga uchraganlar. Jordono Bruno ilmiy qarashlari uchun jaholat qurboni bo`lgan.
Sharqda esa Imom Buxoriy, Ibn Sino singari buyuk allomalar ham turli tazyiqlarga duchor bo`lganlar. Mansur Halloj, Nasimiy, Boborahim Mashrab singari hur fikrli zotlar esa qatl etilgan.
Toki dunyoda taraqqiyotga intilish, bunyodkorlik hissi bor ekan, jamiyatda ilg`or g`oyalar tug`ilavеradi. Buzg`unchi g`oyalarning vujudga kеlishiga esa vayronkor intilishlar sabab bo`ladi. Shunday ekan, ularga qarshi kurashga tayyor turish, ya'ni doimo huryosh va ogoh bo`lib yashamoq hayotning asosiy zaruratiga aylanmoqda.
Buzg`unchi g`oyalarga misol. Abulqosim Firdavsiy (tax. 940-941 yili Xurosonda, Eron va Afg`onistonning shimoli, Turkmanistonning janubiy qismlari, Tus shahri yaqinida Toboron qishlog`ida tug`ilgan). Uning buyuk asari «Shohnoma» 4 ming yillik voqеalarni o`z ichiga olgan. Yosh Abulqosimning oilasi: u Toboron qishlog`ida kambag`allashib qolgan dеhqon oilasida dunyoga kеlgan. «Sеn kambag`al bo`lsangda, - dеgan edi Firdavsiyning otasi, - qadim avlod-ajdodlaring buyuk kishilar edilar. Agar o`tmishda еrlarimizni o`zga yurtlik bosqinlar egallab olmaganlarida bizlarni avlodlarimiz kami-ko`stsiz yashardi, hayotimiz yanada farovon bo`lardi».
Firdavsiyning «Shoxnoma» asari, rivoyatlarda aytilishicha o`sha davr hukmdori Sulton Mahmud G`aznaviy uni еtarli darajada baholamaydi. Asarda olijanoblikni, sеvgi va birodarlikni kuylagan satrlar Mahmud G`aznaviyning talonchilik siyosatiga qarshi fosh qiluvchi kuchga ega bo`lgan. Shuning uchun ham Mahmud u asarni qalam bilan emas, alam bilan kutib oldi».
Shuning uchun bo`lsa kеrak, Firdavsiyga Sulton Mahmud go`yo va'da qilingan 120 dona oltin tanga o`rniga 120 dona kumush tangalar bеrgan emish. Ulug` shoir o`z umrining 30-35 yilini sarflab yozgan shoh asarining bunchalik past baholanishidan qattiq iztirof chеkadi. Sulton Mahmudga javoban u bеrgan kumush tangalarni uncha bo`lib, bir bo`lagini hammomchiga, bir bo`lagini sharbat sotuvchiga, yana bir bo`lagini tangalarni olib kеlgan kishilarga topshirgan. Yana bir rivoyatda aytilishicha, Firdavsiy Mahmud haqida o`tkir hajv yozadi va unda Sulton Mahmudni o`takеtgan xasislikda, pastkashlikda ayblab, shoh bo`lishiga noloyiq dеb ko`rsatadi. Bundan xabardor bo`lgan Sulton Mahmud Firdavsiyni ushlab fil oyog`i ostiga tashlash haqida farmon bеrgan. Shohning bunday farmonidan so`ng Firdavsiy boshqa o`lkalarga kеtib, yurtidan olisda, uzoq yillar qiyinchilikda, kambag`allikda, ona yurtning sog`inchida yashaydi. Darbadarlikda yashagan Firdavsiy yoshi 80 dan ortib qolganda Bag`dodda «Yusuf va Zulayho» dostonini yozadi. Ancha qarib qolgan Firdavsiy umrining oxirida o`z Vatani Tusga qaytadi va shu еrda vafot etadi. Manbalarda yozilishicha, uning jasadini mutaassib (dinga qattiq bеrilgan) kishilar musulmonlar qabiristonidan davf etishga joy bеrmaganlar. Shundan kеyin Firdavsiyning jasadi otasidan qolgan bog`ning bir chеkkasiga ko`milgan.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning ―...Aql-zakovatli, yuksak ma‘naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakgina, oldimizga qoygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot kamol topadi‖ degan so‘zlari ayni shu ma‘noni anglatadi. Bu esa har birimizning farzandlarimiz, yosh avlodning ma‘naviy-axloqiy kamoloti, g‘oyaviy chiniqishiga, har hil buzg‘unchi g‘oya va mafkuralarga qarshi murosasiz kurashchi ruhida tarbiyalashga mas‘uliyat bilan yondashishga undaydi. Aynan farzandlarning kamoloti – ertangi kunda barchamizning tinch hayotimizni ta‘minlaydi. Buning uchun ularni milliy g‘oya ruhida tarbiyalash, ularga hurlik, ozodlik, demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyat barpo etish, erkin fuqarolik jamiyat asoslari haqida tushuncha berish barchamizning burchimizdir. Turli millatlar ma‘naviyatining o‘ziga xosligi kamalakdagi turli ranglar tovlanishiga monand bo‘lib, ular bir-birini to‘ldiradi, boyitadi, ammo inkor etmaydi, bir so‘z bilan aytganda, ma‘naviyat ellarni zidlashtirmaydi, balki birlashtiradi. Aslida umuminsoniy qadriyatlarni biror-bir alohida xalq yaratmaydi, bu qadriyatlarni har bir xalq, har bir elat o‘z tarixiy tajribasi bilan asta-sekin shakllantirib boradi va o‘zaro turlicha munosabatlar jarayonida elatlar, millatlar bir-birini tushunib, o‘zaro ma‘naviyatlaridagi umumiy jihatlarni tadrijiy anglab boradi. Ming yillar davomida yer yuzidagi turli mintaqalarda yashagan xalqlarning o‘zaro siyosiy, madaniy, ijtimoiy aloqalari hozirdagidek yaqin bo‘lgan emas. Asrlar mobaynida yer yuzida turli madaniy mintaqalar shakllangan. Yevropa xalqlarining umummintaqa madaniyati, janubi-sharqiy Osiyo xalqlari mintaqa madaniyati, Hindiston yarimoroli va unga qo‘shni hududlarda yaratilgan umumiy madaniyat va boshqa bir qator mintaqalar madaniyati - bularning har biri o‘zgasidan farq qiluvchi qator diniy e‘tiqod, falsafiy maktablar, san‘at va adabiyot, urf-odat va an‘analarning o‘ziga xos uyg‘un bir tizimlarini vujudga keltirgan-ki, ahli basharning bunday bebaho mulkini, ma‘naviy xazinalarini befarqlik bilan birbiriga qorishtirib yuborish mutlaqo ijobiy natijalar bermaydi. Butun dunyo xalqlari bir-birini tushunib yashashga intilmog‘i lozim. Dushmanlik, g‘ayr ko‘zi bilan qarash emas, mehr bashariyatni birlashtiradi. Bu ulug‘ haqiqatni bizning ajdodlarimiz allaqachon anglab yetganlar. Ammo o‘zgani tushunish uchun, o‘zgaga mehr ko‘zi bilan boqish uchun, avvalo, inson o‘zligini anglab yetmog‘i kerak. O‘zligini anglamagan zot hech qachon o‘zgani tushunmaydi, uni xolis qabul qilmaydi. Asli milliy ma‘naviyatimizga bugungi ayricha e‘tibor ham ushbu o‘zligimizni anglab yetishga bo‘lgan kuchli ehtiyoj natijasidir. Axborot globallashuvi muammolar muammosi darajasiga ko‘tarildi. Buning o‘ziga xos ob‘ektiv sabablari, omillari bor. Chunonchi: - dunyoda eng insoniy jamiyat barpo etishning birdan-bir oqilona yo‘li huquqiy-demokratik davlat qurish ekanligini tushunish har qachongidan kuchaydi; - huquqiy-demokratik jamiyatning bosh belgisi va shartlaridan biri ommaviy axborot vositalarining erkinligi ekanligini inkor etish mumkin bo‘lmay qoldi; - taraqqiyot etgan yetakchi mamlakatlar matbuotini erkinlashtirish sohasida erishilgan ilg‘or tajribalarni uzoq-yaqin davlatlarga tarqatish imkoniyatlari osonlashdi va ko‘paydi; - dunyo mamlakatlaridagi matbuot erkinligi ahvoli va darajasini xalqaro miqyoslarda kuzatish, bahosini beri shva shu asosda muayyan mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy ahvol haqida dunyo jamoatchiligi fikrini shakllantirish odat tusiga kirdi.
1.2 O‘zbekiston hayoti va taraqqiyotiga g‘oyaviy tahdidlar, ularning ko‘rinishlari va namoyon bo‘lish xususiyatlari.
Tarixiy qonuniyat: bir ijtimoiy tuzumdan ikkinchisiga o‘tish dav-rida g‘oyaviy-mafkuraviy sohada ham muayyan muammolarni hal etish zaruriyati yuzaga keladi.
Buni chizma shaklida quyidagicha izohlash mumkin.
Mamlakatimizdagi barqarorlik va mustaqillikni mustahkamlashga halaqit beruvchilarning niyati istiqlol yo‘lidan borayotgan O‘zbekistondagi g‘oyaviy bo‘shliqni o‘z g‘oyalari bilan to‘ldirib, mamlakatimiz hududidagi beqiyos boyliklarga egalik qilish, xalqimizni o‘z siyosati, o‘z hukmronligiga bo‘ysundirishni, eng yomoni, mana shu muhim geopolitik maydonni o‘z ta’sir doirasiga olishdan iboratdir.
Mustaqillikka erishganidan so‘ng mamlakatimizda eski mafkura asoratlariga, quruq safsatabozlikka, xalqimiz manfaatlariga zid bo‘lgan sobiq siyosiy va mafkuraviy tuzilmalarga barham berildi. Ijtimoiy adolat, xavfsizlik, ijtimoiy muhofaza, millati, dini va e’tiqodidan qat’iy nazar, fuqarolarning huquq va erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini, qonunning ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan zarur chora-tadbirlar ko‘rildi. Jamiyatdagi sog‘lom ijtimoiy-siyosiy muhitni buzadigan, odamlar fikrini chalg‘itadigan noxush holatlarga barham berildi. Mamlakat va xalq manfaatlari yo‘lida birlashish, hamjihat bo‘lish, barcha imkoniyatlardan ehtiroslarga berilmay, aql-idrok bilan foydalanish yo‘li tutildi.
Aslida «fundamentalizm» va «ekstremizm» g‘oyalarining Markaziy Osiyoga kirib kelishidan ko‘zlangan maqsad - dinning qadriyatlarini qaytadan tiklash emas, balki ana shu g‘oyalardan vosita sifatida foydalanish orqali mintaqada beqarorlikni, diniy va millatlararo nizolarni vujudga keltirish, oxir - oqibat esa hokimiyatni qo‘lga kiritishdir. Bu urinishlarda tuzatib bo‘lmas fojialarga olib kelishi mumkin bo‘lgan, tarix sahifasida qolib ketgan xalifalikni tiklash g‘oyasiga ham zo‘r berilishi bilan bog‘liq. Bugun diniy ekstremizm va fundamentalizm oqimlari tomonidan Markaziy Osiyoda olib borilayotgan qo‘poruvchilik va terroristik harakatlar ham ana shunday maqsad, yo‘l va uslublarga tayanmoqda.
O‘zlarini islom dinining «himoyachilari» deb ko‘rsatishga urinayotgan terroristlarning asl niyati chinakam islomiy qadriyatlarni tiklash emas, balki hokimiyatni qo‘lga kiritish, Markaziy Osiyodagi mamlakatlarni o‘zlari tanlagan yo‘ldan qaytarish va butun mintaqada o‘z hukmronligini o‘rnatishdir.
Umuman, XXI asr boshidagi mafkuraviy kurashlarni targ‘ibotlar kurashi davri, deb tavsiflash mumkin. Bizga tahdid solayotgan mafkuralar «maftunkor», «ommabop» bo‘lib ko‘rinsada, puxta, ilmiy texnologik asosga qurilganligi sir emas. CHunki ularning targ‘iboti oldingi va hozirgi zamonaviy mafkuraviy kurash usullariga ega. Faqat g‘oya, maqsad shakli o‘zgargan. Masalan, ana shunday g‘oyalardan biri «Xalifalik davlatini tuzish» g‘oyasidir. «Xalifa» so‘zining lug‘aviy ma’nosi - «o‘rinbosar», terminologik ma’nosi «musulmon jamoasi va musulmon davlatining diniy hamda dunyoviy boshlig‘i» deb talqin etiladi. Xalifalik davlati mutlaq monarxiya tipidagi davlat bo‘lib, davlatni xalifa boshqaradi. Xalifalik davlatining boshqaruv tizimi islom-shariat qonunlari bilan belgilanadi. «Hizbut-tahrir» da’vo qilgan xalifalik davlati esa «Islom Nizomi» nomli kitobida bayon qilingan qonunlarga asosan boshqariladi. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)dan rivoyat qilingan ushbu Hadisi sharifda aniq aytilgan: «Xalifalik mendan so‘ng, ummatim ichida 30 yildir, undan keyin podshohlik bo‘ladi». Hozirda «Hizbut-tahrir» tarafdorlari minglab begunoh kishilarning nohaq qoni to‘kilsa-da, xalifalik barpo etilishini majburiy, deb da’vat etmoqdalar.
«Hizbut-tahrir» - sunniylik doirasidagi diniy-siyosiy partiya bo‘lib, 1952 yilda Quddus shahrida tashkil etilgan. Bu partiya falastinlik Taqiyiddin Naboxoniy (1909-1978) tomonidan, «Al-Ixvon al musliman» rahbari Sayid Qutb bilan kelisha olmay qolganlaridan keyin tashkil etilgan. «Hizbut-tahrir» (Ozodlik) partiyasi g‘oyasiga ko‘ra musulmon davlatlarida mavjud bo‘lgan tuzumni o‘zgartirib, «xalifalik» davlatini tuzishlik va bu maqsadni amalga oshirishlik uchun «Islom dini» niqobi ostida «Ozodlik» partiyasiga asos solinib, bu «Hizbut-tahrir» partiya-sining idoraviy to‘plamlari va boshqa qonunlari ishlab chiqilgan5...
Mustaqillikning dastlabki va eng oliy ne’mati o‘zligimizni anglab etish bo‘ldi. O‘zligini anglab etgan tafakkurning birinchi belgisi milliy g‘oya, milliy mafkuradan bahramand bo‘lishdir. Mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlik milliy mafkura doirasida uchrashi mumkin bo‘lgan ichki ixtiloflarning oldini oldi va uni keng miqyosda yoshlar qalbiga kirib borishiga imkon yaratdi. YOshlar ongi va tafakkurida o‘zgarish kuchayar ekan, ular o‘z hayoti va istiqbolini millat hamda mamlakat istiqboli bilan bog‘liq ekanligini chuqur his qila boshlaganini anglatadi. «Dunyoda yoshlar ongi va qalbini egallashga» urinishlar saqlanib qolmoqda. Ayniqsa, yoshlar tafakkuri, dunyoqarashini shakllantirish masalalariga befarq bo‘lmaslik kerak. Demak, mafkuraviy tahdidning saqlanib qolishi yoshlarni ham o‘ylashga undaydi.
Foyaviy tahdid yuzaki qaraganda birdan va bevosita ko‘zga tashlan-masligi mumkin. CHunki g‘oya inson ongi, tafakkurida shakllanadi. SHunga binoan, ongni, tafakkurni tahlikaga soluvchi har qanday tahdidlarning oldini olish, ularga yo‘l qo‘ymaslik zarur.
Dunyoviy fuqarolik jamiyatida har kim o‘z ishini qilishi, shug‘ul-lanishi, shuningdek, «din dinning ishini, davlat davlatning ishini qilishi kerak. Davlat diniy masalalarga aralashmaganidek, din ham davlat ishlariga, siyosiy jarayonlarga aralashmasligi kerak. Agar yoshlarimiz orasida o‘z mamlakatida diniy qadriyatlarning rivoji, ma’naviy yuksalishning jamolini ko‘rishga xayrixohlar bo‘lar ekan, ular, birinchi navbatda, zamon farzandi, milliy g‘oya va milliy mafkura egasi bo‘lgan bilimdon va ma’rifatli inson bo‘lmog‘i lozim. Ular azaliy va abadiy ma’naviy qadriyatlarimizdan uzilmagan holda zamonaviy tafakkur darajasidagi bilim va idrokka ega bo‘lishlari kerak».
Milliy g‘oya, milliy tafakkur va milliy mafkura yo‘lida yoshlar qanchalik birlashsa, jipslashsa jahon xalqlari ko‘z o‘ngida kuchimiz, mavqeimiz va o‘rnimiz shunchalik baland ko‘tariladi. Biz boshqa davlatlarga suyanib, boshqa davlatlarni panoh tutib, ularning etagidan ushlab yuradigan davlat, xalq emasmiz, mustaqil siyosat, mustaqil tafakkur va mustaqil harakatlargina doimo boshqalarda hurmat va e’tibor uyg‘otgan. Mutelik, tobelik mevasi har qanday sharoitda millatning rivojlanishiga yo‘l bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |