Yot va zararli g’oyalarning ko’rinishlari va ularni oldini olishda milliy g’oyaning o’rni



Download 89,78 Kb.
bet6/7
Sana26.02.2022
Hajmi89,78 Kb.
#471156
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yot va zararli g’oyalarning ko’rinishlari va ularni oldini olishda milliy g’oyaning o’rni

Aksiltarg‘ibot «g‘oyaga qarshi g‘oya bilan kurashish» tamoyiliga mos ravishda olib borilishi kerak. Bunda davlatimiz siyosatiga qarshi kuchlarning g‘oyaviy hujumlarini qaytarish talab etiladi. Xususan:
1) xorijiy xurnalistlarning hukumat siyosatini buzib talqin qiluv-chi chiqishlariga;
2) diniy aqidaparastlarning tanlagan yo‘limizga qarshi mafkuraviy qo‘poruvchilik harakatlariga;
3) rivojlangan davlatlarning o‘z mafkurasi hukmronligini o‘rnatish yo‘lidagi urinishlariga;
4) axborot xilma-xilligi sharoitidagi informatsion tajovuzlarga;
5) odamlar ongida saqlanib qolgan kommunistik mafkuraning asorat-lariga qarshi faol kurashish zarur.
Aksiltarg‘ibotni tashkil etishda tezkorlik, qat’iyatlilik, hujum-korlik, murosasizlik talab qilinadi. Bu borada tayyorlangan materiallar dalillar bilan isbotlangan, haqqoniy, ommabop va barcha uchun tushunarli bo‘lishi shart.
Aksiltarg‘ibot salbiy ta’sirning oldini oluvchi va fosh etuvchi shakllarda amalga oshiriladi. Oldini oluvchi yo‘nalish asosan tarbiyaviy xarakterga ega bo‘ladi. Bunda:
1) fuqarolarning pozitsiyalarini shakllantirishda g‘oyaviy raqiblar-dan o‘zib ketish;
2) insonlarni begona g‘oyalarning noto‘g‘riligini fosh etishga va ularning dalillarini rad etishga o‘rgatish;
3) pinhona ko‘rinishdagi mafkuraviy tazyiqlarga nisbatan xushyor-likni oshirish;
4) yot mafkuraviy ta’sirlarga qarshi immunitetni shakllantirish asosiy maqsad qilib qo‘yiladi.

Aksiltarg‘ibotning fosh etuvchi yo‘nalishida:
1) g‘oyaviy dushmanlar tomonidan e’lon qilingan fikrlar va baho-larni rad etish;
2) «mafkuraviy urush» olib borayotgan taraf tashviqotining mohiya-tini ochib berish;
3) mafkuraviy tazyiq ko‘rsatuvchi guruh etakchilarini obro‘sizlan-tirish;
4) raqiblarning ruhini susaytirish orqali ularning harakatlarini kuchsizlantirish asosiy maqsad qilib qo‘yiladi.
Aksiltarg‘ibotning har ikkala ko‘rinishi o‘zaro bog‘liqlikda olib boriladi. Insonning ongi va qalbi uchun shiddatli kurash ketayotgan hozirgi paytda aksiltarg‘ibot bilan maxsus shug‘ullanish zarurligi, shak-shubhasizdir. SHu boisdan ham Prezidentimiz Islom Karimov 2005 yil 28 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida bu masalaga alohida etibor bergan edi. «Xalqimiz ommaviy axborot vositalaridan mamlakatimiz va xorijda sodir bo‘layotgan voqealar to‘g‘risida xolis va tezkor axborotlar olishni, shu bilan birga, birinchi navbatda, hokimiyat organlari va boshqaruv tuzulmalari faoliyati haqidagi tanqidiy fikrlarni, islohotlar va yangilanishlar yo‘lidagi ilgari borishimizga to‘siq bo‘lib turgan nuqsonlar, hayotdagi dolzarb muammolar hususida oshkora, professional tahliliy materiallarni kutadi»10.

Mafkuraviy tarbiya samarali tashkil etish imkoniyatlari. Bugungi voqelik milliy istiqlol g‘oyasi targ‘iboti masalasiga alohida e’tibor berishni talab qilmoqda. CHunki «Endilikda yadro maydonlarida emas, - degan edi I.A.Karimov, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi». Hozirgi vaqtda qudratli davlatlar va muayyan siyosiy markazlar o‘z maqsadlariga erishish uchun avvalo zabt etmoqchi, o‘z ta’sir doirasiga olmoqchi bo‘lgan mamlakatlarning aholisi ongini o‘ziga qaram qilishga intilayotganligini ham unutmaslik kerak. SHu boisdan mafkura dunyosida bo‘shliqqa yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini, shunday holat yuz bergan taqdirda bo‘sh qolgan mafkura maydonida bizga begona, orzu-intilishlarimizga mutlaqo yot g‘oyalar o‘rin egallashga urinishi shubhasiz. Negaki hozirgi paytda ro‘y berayotgan ayrim salbiy holatlar, nojo‘ya xatti-harakatlar, yovuz ishlar, avvalo, mafkuraviy bo‘shliq tufayli sodir bo‘lmoqda.
SHu boisdan ham mafkuraviy tarbiyaning maqsadi haqida 1999 yil iyun oyida «Hushyorlikka da’vat» mavzuidagi O‘zbekiston milliy axborot agentligi muxbirining savollariga javoblarida, YUrtboshimiz I.A.Karimov: «Hozirgi eng muhim, eng dolzarb vazifamiz - jamiyatimiz a’zolarini, avvalambor, voyaga etib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish, ularning qalbida milliy g‘oya, milliy mafkura, o‘z Vataniga mehr-sadoqat tuyg‘usini uyg‘otish, o‘zligini anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iboratdir»1, degan edi.
Har qanday yangi g‘oya singari mafkura ham ommaning ongiga chuqur singsa, hayotda chuqur ildiz otsa, amaliyotda o‘zini to‘la oqlasagina real voqelikka, katta ijtimoiy kuchga aylanadi.
Milliy mafkuramizni hayotga tez va keng yoyish uchun, dastavval uning mohiyatini chuqur o‘rganish, maqsadlari, asosiy yo‘nalishlari, o‘ziga xos xususiyatlarini bilib, o‘zlashtirib olish, xalq o‘rtasida keng targ‘ib-tashviq etish, turli vosita va shakllardan foydalanish talab etiladi.
Endi ijtimoiy soha olimlari, mutaxassislar, ilg‘or fikrli ziyoli-lar bu boradagi izlanishlarni chuqurlashtirib, umumlashgan nazariy xulosa-larni ishlab chiqishlari, qisqacha aytganda, mafkuramizning asosiy maqsad-larini xalqqa sodda, haqqoniy, tushunarli tarzda ifodalab berishlari lozim2.
Bizning milliy xususiyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘lanib ketgan. Asrlar davomida xalqimiz umumbashariy, umuminsoniy qadriyatlar takomiliga ulkan hissa qo‘shgan. Turli millat vakillariga hurmat, ular bilan bahamjihat yashash, diniy bag‘rikenglik, dunyoviy bilimlarga intilish, o‘zga xalqlarning ilg‘or tajribalari va madaniyatini o‘rganish kabi xususiyatlar ham xalqimizda azaldan mujassam11. SHu bilan birga, milliy tabiatimizga xos bo‘lgan mehr-oqibat, muruvvat, andisha, or-nomus, sharmu hayo, ibo-iffat kabi betakror fazilatlar va xalqimizni ko‘p jihatdan ajratib turadigan bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik, oqko‘ngillik xususiyatlari haqida ham uzoq gapirish mumkin.
Mana shu yuqoridagi holatlarni nazarda tutish, mamlakatimizdagi mafkuraviy jarayonlarga ham shu nuqtai nazardan yondashish, milliy istiqlol g‘oyasi va milliy mafkuramizni targ‘ib qilishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish zarurligini ko‘rsatadi. Milliy istiqlol g‘oyasini yosh avlod ongiga singdirish muayyan uslublar asosida olib borilgandagina yaxshi natija berishi mumkin.
Bu texnologik uslub tadbirlarning ketma-ketligi, miqyosi va me’yori, davomiyligi va tamoyillari singari jihatlarini qamrab oladi. Bu masalaning muhimligi yana shunda ko‘rinadiki, targ‘ibotda me’yorning buzilishi, miliy mafkura to‘g‘risida hadeb va noo‘rin gapiraverish teskari samara berishi mumkin. Targ‘ibot texnologiyasi milliy g‘oya va milliy mafkura mazmun-mohiyatiga mos bo‘lgan taqdirdagina kutilgan natijaga erishish mumkin.
O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot strategiyasini, o‘zbek xalqining buyuk davlat barpo etish borasidagi maqsad-muddaolarini, milliy istiqlol mafkurasining mohiyatini keng jamoatchilikka har tomonlama tushuntirish dolzarb vazifalardan biridir.
Mafkura targ‘ibotining bizda keng rasm bo‘lgan turi voizlarning faoliyati bilan bog‘liq. Targ‘ibotning bu shakli samaradorligini oshirish alohida e’tibor talab qiladi. CHunki birinchi, voizlar nutq so‘zlaydigan auditoriyalarga odamlarni to‘plash ba’zida majburiy tus oladi. Auditoriyaga ixtiyoridan qarshi boshlab kelingan insonda esa hali va’zni eshitmayoq, ichki qarshilik paydo bo‘ladi. Demak, hali targ‘ibot boshlanmasidanoq u teskari samara berishi ehtimoli kuchayadi. Ikkinchidan, bunday norozi auditoriyani o‘zi tomoniga og‘dirish, unga ta’sir ko‘rsatish, uni ilhomlantirish voizdan juda katta mahorat talab etadi.
Milliy g‘oya targ‘ibotining ta’sirchanligini oshirishdagi eng asosiy shartlardan biri - zimdan targ‘ibot qilishdir. Inson unga ta’sir o‘tkazilayotganini sezmasligi lozim. Aslida, targ‘ibot davomida mafkura so‘zining ishlatilishi ham shart emas. Umuman, targ‘ibot-tashviqot ishlarida masalaning quyidagi jihatlariga e’tibor qaratish lozim:
  1. oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishishdan har birimiz shaxsan manfaatdor ekanligimizga kishilarni ishontirish;


  2. kelajagimizni ko‘z oldimizga keltirish imkonini beradigan, ertangi kunimiz qanday bo‘lishini ko‘rsatadigan materiallar tayyorlash;


  3. dolzarb qadriyatlarni singdirish maqsadida jamoatchilik fikriga shu qadriyatlarni jozibali qilib etkazish;


  4. ommaviy axborot vositalaridan maorif tarqatish tizimidan insonlarni aqliy jihatdan boyitish quroli sifatida mohirona foydalanish;


  5. insonlarning erkin fikrlashini rag‘batlantirish, ularni o‘z fikrlarini himoya qilishga o‘rgatish orqali mustaqil fikrlovchi insonni tarbiyalash;


  6. taraqqiyotimiz yo‘lida g‘ov bo‘layotgan illatlarni fosh etish va tanqid qilish yo‘li bilan ularni samarali «davolash»;


  7. ommaviy axborot vositalaridan haqiqat ko‘zgusi sifatida foydalanish orqali insonlarning ularga ishonchini kuchaytirish;


  8. yaqin o‘tmishimizda sodir bo‘lgan yorqin voqealarga bag‘ishlangan xronikal filmlarni yaratish yo‘li bilan yaxshi va yomon kunlarimizni bot-bot eslatib turish;


  9. insonlarda chuqur taassurot qoldirish maqsadida badiiy obrazlar orqali milliy mafkurani singdirish.


Mafkuraning targ‘ibotiga aynan shunday yondashish ko‘proq samara beradi. SHundagina insonlarning salohiyati, mehnati, vaqti, mulki va mablag‘larini tanlangan maqsad sari yo‘naltirish mumkin. Bu esa mafkuraviy siyosatning natijasini moddiy narsalarda - yuqori sifatli mahsulotlarda, badavlat turmushimizda, bunyodkorlik ishlarida, erkin va farovon hayotda, iqtisodiy o‘sishda «o‘lchash» imkonini beradi.




Download 89,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish