Yot va zararli g’oyalarning ko’rinishlari va ularni oldini olishda milliy g’oyaning o’rni



Download 89,78 Kb.
bet5/7
Sana26.02.2022
Hajmi89,78 Kb.
#471156
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yot va zararli g’oyalarning ko’rinishlari va ularni oldini olishda milliy g’oyaning o’rni

Ommaviy axborot vositalari va g‘oyaviy ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari (OAV). OAV - eng asosiy, qudratli va ta’sirchan mafkura vositasidir. Ommaviy axborot vositalari - axborotni keng jamoatchilikka etkazib beruvchi matbuot, radio, televidenie kabi vositalarga nisbatan ishlatuvchi tushuncha. Ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayoti, fuqarolar faoliyatiga ta’siri nihoyatda kuchliligidan ularga nisbatan «to‘rtinchi hokimiyat» atamasi ham qo‘llanadi.
Ommaviy axborot vositalari ommaning o‘ziga xos tarbiyachisi, muhim tadbirlarning tashkilotchisi, dolzarb muammolarni hal qilishning ta’sirchan quroli bo‘lib xizmat qiladi. Aynan ommaviy axborot vositalari orqali milliy qadriyatlarimiz va umuminsoniy qadriyatlar, milliy g‘oya va demokratik tamoyillar targ‘ib-tashviq qilinadi. Ommaviy axborot vositalari doimo demokratiya va so‘z erkinligining o‘ziga xos o‘lchovi, ko‘rsatkichi bo‘lib kelgan. Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari demokratik taraqqiyotni rag‘batlantiradi va mustahkamlaydi.
OAVlarning ta’sir kuchi unda beriladigan materiallarning xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. SHu nuqtai nazardan qaraganda, berilayotgan materiallarning tezkorligiga, tahliliylik darajasiga alohida e’tibor beriladi.
Ommaviy axborot vositalarida materiallar ayni paytda qanday auditoriyaga mo‘ljallangani bilan ham ajralib turadi hamda iste’molchining yoshi, jinsi, bilim darajasi, dunyoqarashi, milliy diniy mansubligi kabi omillarini hisobga olgan holda tuziladi.
Q.Nazarovning fikricha, tarqalganlik doirasi, qamrov darajasiga qarab mahalliy, umummilliy, mintaqaviy ommaviy axborot vositalarini farqlash lozim bo‘ladi. Ayni paytda bugungi kunda global miqyosda faoliyat ko‘rsatayotgan va ta’sir doirasi katta bo‘lgan telekanallar va axborot agentliklari borligini ham ta’kidlash zarur7.
Ijtimoiy hayotga ta’siri haqida gap ketganda, ommaviy axborot vositalari kuchi jamiyat hayotidagi dolzarb masalalarni ko‘tarib chiqishida, uning samarali echimlarini topishga urinishida, mavjud muammolarga jamiyat a’zolari diqqatini jalb qilishida, davlat organlari faoliyatini nazorat qilib borishida ko‘rinadi. SHu ma’noda u xalqni hokimiyat bilan bog‘lovchi vosita, mexanizm sifatida chiqadi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida zamonaviy texnik uskunalar, keng va chuqur fikrlovchi kadrlarga ega bo‘lgan, yangicha mazmun-mohiyat kasb etadigan ommaviy axborot vositalari faoliyati uchun hamma sharoitlar yaratildi. O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarining huquqiy poydevori barpo etildi. O‘zbekiston Konstitutsiyasida ommaviy axborot vositalarining erkinligi, qonunga muvofiq ish yuritishi, senzuraga yo‘l qo‘ymasligi (67-modda) belgilab qo‘yildi. Bugungi kunda mamlakatimizda xususiy ommaviy axborot vositalari faoliyat yurita boshladi. Dunyoning turli mamlakat-laridan mustaqil ravishda axborotlar olish imkoniyati yuzaga keldi. OAV faoliyatini tartibga soluvchi bir qator qonunlar qabul qilindi.
1996 yil 26 avgustda Oliy Majlis tomonidan «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida», «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida» qonunlar qabul qilindi. 1997 yil 24 aprelda «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida», 1997 yil 26 dekabrda «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida» qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarining demokratik jamiyatga xos huquqiy asoslarini belgilab berdi. Bugungi kunda mamlakatimizda 490 ta gazeta va 138 ta jurnal ro‘yxatga olingan. 1996 yil may oyida O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg‘armasi ham tashkil qilindi.
1996 yilning may oyidan boshlab respublikamizda AQSHda joylashgan jahondagi yirik kompyuter tizimi «Internet» bilan aloqa o‘rnatib, undan eng muhim yangiliklarni qabul qilib olishning yo‘lga qo‘yilgani O‘zbekiston axborot vositalari tarixida ulkan yangilik bo‘ldi. «Internet»ning 50 million abonenti bo‘lib, jahondagi eng yirik axborot markazlari unga a’zo bo‘lishgan. U butun dunyo bo‘yicha turli sohalardagi yangiliklar qabul qilib oladi hamda ana shu yangiliklarni o‘z abonentlariga tez va aniq etkazib beradi... 1996 yil 7 mayda «O‘zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotida televidenie va radioning rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmon qabul qilindi.
Unda O‘zbekiston Davlat televidenie va radioeshittirish Qo‘mitasi O‘zteleradiokompaniyaga aylantirildi. Umuman, OAV mustaqillikni mustah-kamlash, xalqqa tezkor va ob’ektiv xarakterdagi axborotlarni etkazib berish minbariga aylandi.
Ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikrini shakllantirish, milliy istiqlol mafkurasini xalqimiz, avvalo yosh avlod ongiga singdirishda alohida o‘rin tutadi. Ular Ma’naviy-ma’rifiy islohotlar jarayoni, bu boradagi muammolarni, jamiyat hayotining turli qirralarini tezkorlik bilan aks ettiradigan eng samarali vositadir. «To‘rtinchi hokimiyat» hisoblangan OAVlari turli xil fikrlar, rang-barang qarash va yondashuvlarga keng yo‘l ochib berishi, hayotimizda yuz berayotgan yangilanish va o‘zgarishlarga odamlarning ongli munosabatini uyg‘otishi, xolislik va haqqoniyat tamoyillariga tayanib faoliyat yuritishi lozim.
O’zbekistonning birinchiPrezident Islom Karimov 2002 yil 29 avgustda Oliy Majlis 9-sessiyasidagi «O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlari yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari» ma’ruzasida belgilab berilgan 7 ta ustuvor yo‘nalishlardan biri, to‘rtinchi yo‘nalishda bevosita inson huquqlari va erkinliklarini, so‘z va matbuot erkinligini, shuningdek, oshkoralikni, jamiyatda o‘tkazilayotgan islohotlar-ning ochiqligini ta’minlaydigan demokratik tamoyillarni so‘zda yoki qog‘ozda emas, amaliy hayotda joriy qilish zarurligini belgilab berdi.
Bunda axborot sohasini jadal rivojlantirish, ommaviy axborot vositalari - matbuot, radio - televidenie faoliyatini erkinlashtirish fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish jarayonining uzviy tarkibiy qismiga aylanishi zarurligi aytib o‘tildi. Bunda Prezidentimiz tomonidan «Ommaviy axborot vositalari sohasida iqtisodiy munosabatlarning asoslari to‘g‘risida», «Teleradio faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlarni qabul qilish zaruriyati haqida ham fikr yuritdi.1
1.3 Tahdidlarning ichki va tashqi yo‘nalishlari, ijtimoiy ildizlari
Ommaviy axborot vositalari jamiyatda yuz berayotgan voqea-hodisa-larni haqqoniy yoritish talab etiladi. Negaki, bordiyu berilayotgan xabarlar, ayniqsa xorijiy mamlakat xususiy teleradiokompaniyalari tomonidan uzatilayotgan noxolis ko‘rsatuv va eshittirishlar fuqarolar siyosiy ongiga boshqacha ta’sir etishi mumkin. SHu boisdan ham Prezidentimiz Islom Karimov 2005 yil 12-13 may kunlari Andijon shahrida ro‘y bergan voqealar munosabati bilan 14 may kuni Oqsaroy qarorgohida, 17 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida mamlakatimiz va chet el jurnalistlari hamda diplomatik korpus vakillari uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanlaridagi bayonotlar va muxbirlarning savollariga javoblari har qanday insonni befarq qoldirmaydi8. SHuningdek, davlatimiz rahbari 2005 yil 25 may kuni Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi bilan jo‘nab ketish oldidan Toshkent aeroportida ommaviy axborot vositalari uchun bergan intervyusi Andijondagi bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalarga ob’ektiv baho berdi. Albatta buni talaba-yoshlar siyosiy ongiga etkazish bugungi kunning talabidir.

Hayotiylik - bugungi kunda ommaviy axborot vositalarining faoliya-tiga qo‘yilayotgan asosiy talab. Berilayotgan axborotlarning asosan yutuq-larni ko‘rsatish, maqtovlardan iborat bo‘lishi targ‘ibotga qanchalik foydali yoki zararli ekanini chamalab ko‘rish lozim. Hayot bor ekan, muammolar, kamchiliklar, nuqsonlar bo‘laverishi tabiiy. Bu - isbot talab qilmaydigan aksioma. SHunday ekan, muammolarning mavjudligiga fojea sifatida emas, odatdagi narsa deb qarashga o‘rganish kerak. Ularning borligini ko‘rib, o‘zini ko‘rmaganlikka olish bilan faqat zarar keltirishi mumkin. Demak, muammolarni o‘z vaqtida tan olish, ularni hal qilishga kirishish lozim9.


Targ‘ibotning negizida faqatgina g‘oyaga ishonch emas, g‘oyani targ‘ib qilayotgan insonga ishonch ham yotadi. SHu bois, maqtash targ‘ibotning yagona va hatto eng to‘g‘ri usuli ham emas. Demak, mafkuraviy hayotni faqat maqtash, uni benuqson tasvirlash orqali targ‘ib qilish mumkin emas.
Masalan, bir vaqtlar AQSH fuqarolarida demokratik tamoyillar-ning bir oz qadrsizlanishi kuzatilgan edi. Mutaxassislar tomnidan bu muammoning turli echimlari taklif qilindi, lekin targ‘ibotning bir oz noan’anaviy usuli tanlab olindi: demokratiya kamchiliklari oshkora aytildi, uning ba’zan «ishlamayotgani» ochiq tanqid qilindi va unga muqobillar sifatida kommunizm va monarxiya targ‘ib etildi. Targ‘ibotning bu usuli kutilgan samarani berdi: odamlar «yomon bo‘lsa ham, demokratiyadan qo‘ymasin» degan fikrga keldilar va demokratiyaning ashaddiy himoyachilariga aylandilar.
Bugungi kunda O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarini haqiqiy «to‘rtinchi hokimiyat»ga aylantirish muammosi o‘ta dolzarb bo‘lib turmoqda. Ularni mustaqil ijtimoiy kuchga, siyosiy tizimning to‘laqonli bo‘g‘iniga va jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi ta’sirchan vositaga aylantirish vazifasi shuni talab etmoqda. Ommaviy axborot vositalarining erkin va mustaqil faoliyat yuritishlari uchun mustahkam huquqiy asos yaratilgan, jurnalistlarni tayyorlash masalasiga davlat darajasida e’tibor berilmoqda, jurnalist-kadrlarni o‘zimizda tayyorlash bilan qanoatlanmay, bu soha mutaxassislarining xorijda ta’lim olishlaridan mablag‘ ayalmayotir.
Etuk demokratik davlatlarda OAVlar jamiyatning «ko‘zlari», «quloqlari» vazifasini bajaradilar. Ogohlantiruvchi tizim sifatida ular jamiyatdagi illatlardan xabar beruvchi, muammolarni dadil ko‘tarib chiqib, ularning turli echimlarini taklif qiluvchi qudratli kuchga aylangan.
Ommaviy axborot vositalari faoliyatining plyuralizm tamoyili asosiga qurilishi demokratiyaning taraqqiyotiga xizmat qiladi.
Ommaviy axborot vositalari orqali milliy istiqlol g‘oyasini singdirishning yana bir muhim jihati mavjud. Bu jihat - axborot terroriga, mafkuraviy tahdidlarga munosib javob berish, ma’naviy-mafkuraviy jihatdan xalqimizni tobe etishga intilishlarning payini kesish va O‘zbekiston fuqarolarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish bilan bog‘liq. Ommaviy axborot vositalarining ta’sir kuchini ko‘rsatadigan shunday bir gap bor: «Har qanday puch g‘oya, uydirma haftasiga uch martadan to‘rt yil davomida takrorlansa - «haqiqat» tayyor bo‘ladi, odamlar unga chippa-chin ishonadilar».
Oxirgi paytlarda informatsion xurujlarning tez-tez uyushtirilayot-gani aslida urushga munosabatning o‘zgarganligidan, qurolning yangi turi kashf qilinganidan darak beradi. Bu qurol - axborotdir. Bunday qurol yordamida olib boriladigan informatsion urushlarda insonning ongi va qalbi nishonga olinadi.
Aslida, axborot maqsadga erishishning eng arzon vositasi ham sanaladi. Haqiqatan ham, informatsion hurujlar uyushtirish uchun u qadar ko‘p mehnat, u qadar ko‘p harakat, u qadar ko‘p xarajat talab etilmaydi. Garchi bunday mafkuraviy ekspansiya otishmalar va qon to‘kishlarni keltirib chiqarmasa-da, milliy o‘zlikni anglashni zaiflashtirish evaziga tanazzulga olib keladi.
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, bunday informatsion qo‘po-ruvchilikdan maqsad - mamlakatimiz aholisiga axborot orqali va mafkuraviy yo‘l bilan tazyiq o‘tkazish, jahon afkor ommasida O‘zbekiston haqida noto‘g‘ri tasavvur tug‘dirishga intilishdan iborat. «Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasidagi ba’zi fikrlar ham bugungi xurujlarning maqsadini oydinlashtiradi.
Yirik siyosatchilardan biri Buyuk Britaniya sobiq Bosh vaziri Margaret Tetcher: «Ommaviy axborot vositalari - terrorchilar uchun kislorod vazifasini o‘taydi», degan. Bu gapning mag‘zini chaqqan odam «ommaviy axborot vositalari terrorchilar uchun havodek zarur ekan», degan xulosaga keladi.
Demak, ularning maqsadlari - o‘ldirish emas, jamoatchilikka kuchli ta’sir qilishdir. Taassufki, ba’zi ommaviy axborot vositalari o‘zlari bilmagan holda terrorizmning buzg‘unchilik, ko‘poruvchilik ta’sirini yanada oshirishga «xizmat» qilib qo‘yadilar. Ularning terror oqibatlari haqidagi vahimali axborotlari insonlardagi qo‘rquvni, dahshatni, himoyasizlik hissini yanada kuchaytirib yuboradi. Bu kabi axborotlarga qarshi aksiltarg‘ibotni uyushtirish zarurati tug‘iladi.



Download 89,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish