Marshansiyalar turkumiga mansub bu tur Yer sharining turli regionlarida tarqalgan. U ko`prok zax yerlarda, urmonlarda o`sadi. Yaproqsimon tallomining uzunligi 10 sm gacha yetadi. Dixotomik shoxlangan, tuk-yashil rangli. Tallomining ostki qismida oddiy va tilsimon rizoidlari va yaxshi taraqqiy etmagan barglari-amfigastriya joylashgan.
Marshansiya vegetativ, jinsiy va jinssiz yo`llar bilan ko`payadi. Vegetativ ko`payishi plastinkasining ustki tomonida xosil bo`ladigan savatchalarning ichidagi ajraluvchi ko`rtaklar yordamida boradi. Ajraluvchi ko`rtaklar shamol yoki yomgir ta`sirida savatchadan ajralib yerga tushadi va undan yangi marshansiya o`sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |